5.1-rasm. Nima uchun tadbirkorlar o’zlarining bizneslarini sotishadi18?
Xarid qilinayotgan biznesning potensiali yuqori bo’lsa, reputatsiyasi, imiji, ayniqsa, nomoddiy kapital qiymat baland bo’lsa, unda bunday bizneslarning gudvili yuqori bo’ladi.
Gudvil potensiali, reputatsiyasi, imidji yuqori bo’lgan korxonaga nisbatan qo’llaniladi. Bunday korxonalarning bozor qiymati juda yuqori bo’ladi.
Bedvil esa aksincha potensiali, reputatsiyasi, imidji past bo’lgan korxonaga nisbatan qo’llaniladi. Bunday korxonalarning bozor qiymati past baholaniladi, hatto ayrim hollarda korxonani bo’laklab (binosini alohida, qurilmalarini alohida, boshqa aktivlarini ham alohida) sotilgandagi qiymatidan ham arzon bo’lishi mumkin.
Baholash usullari. Riskni baholash. Moliyaviy ko’rsatkichlarni baholash. Biznesning potensialini baholash
18 Remy Magneir-Watanabe, Entrepreneurship & Small Business Development, 2018, University of Tsukuba.
Biznes moliyaviy jihatdan foydalimi? Buni aniqlash uchun kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini oxirgi 3-5 yillik ko’rsatkichlarini o’rganish, uni sanoat/bozordagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan hamda sanoat/bozor lideri bilan taqqoslash lozim. Shuningdek, uning kiruvchi pul oqimi miqdori (kirim) va chiquvchi pul oqimi (chiqim) bilan saldosi qanchalik ijobiyligi alohida ahamiyatga ega. Agar kirim har oyda yetarli darajada bo’lmasa, joriy qarzlar va xarajatlarni qoplay olmasa, kompaniya tang ahvolga tushadi. Sof foyda va marja darajasi qanchalik katta? Qanchalik qisqa vaqtda sarmoya o’zini qoplaydi? Boshqa alternativ investitsiya loyihalaridan qanchalik jozibador? kabi savollarga javob topish zarur.
Kompaniyaning moliyaviy balansini baholash19
5.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |