5-bob. Mavjud biznesni (korxonani) xarid qilish
Download 61.79 Kb.
|
5-mavzu (1)
5-bob. MAVJUD BIZNESNI (KORXONANI) XARID QILISHTayyor biznesni xarid qilishning ustunligi va kamchiligi. Tayyor biznesni baholash. Gudvil va bedvil (Goodwill vs Bad will) Agar siz biznesni tashkil qilmoqchi bo’lsangiz, uni noldan tashkil qilish o’rniga mavjud biznesni xarid qilishingiz ham mumkin. Tayyor biznesni xarid qilishdan oldin o’zingizga bir nechta savollarni bering: Siz faoliyat yuritmoqchi bo’lgan soha yoki faoliyat turiga mos biznes sotuvdami yoki yo’q? Sizda mazkur biznes soha yoki faoliyat turi bo’yicha ish-tajriba, bilim va ko’nikmangiz bormi? Qanchalik shu sohaga oid tajriba va bilimning bo’lishi sizning muvaffaqiyatingiz uchun muhim omil hisoblanadi? Kompaniyaning potensiali qanchalik katta? Biznesning to’liq potensialini ochish uchun shu biznesni qanchalik o’zgartirish kerak va rejalashtirilgan darajada o’zgartirish imkoniyatiga egamisiz? Qanday xarid sharti va narxi siz uchun hamda sotuvchi uchun qulay? Kompaniya yaqin/o’rta kelajakda o’zini-o’zi oqlab, sizga yetarli darajada foyda bilan investitsiyangizni qaytaradimi? Balki noldan boshlab o’zingiz tashkil qilishingiz siz uchun manfaatliroqdir? Tayyor biznesni baholashda 5 ta narsaga alohida e’tibor qaratish lozim: Biznesni sotuvchining motivatsiyasiga, ya’ni nega u o’z biznesini sotmoqda? Aktivlarning qiymati/holati qanday? Masalan: zavodning holati, debitorlik qarzi, kreditorlik qarzi, biznes va buxgalteriya hisobotlarining yuritilganlik sifati, nomoddiy kapital, joylashgan joyi va hozirgi holati. Bozor va biznesning potensiali qanday? Ishlab chiqarish quvvatlarining potensiali, yangilik darajasi, xaridorlarning xarakteristikasi, raqobatchilar tahlili o’rganilishi lozim Huquqiy asoslar qanday holat, ya’ni huquqiy tomondan nimalarga tayyor turishingiz lozim? Moliyaviy holat qanday holatda? Biznes moliyaviy tomondan o’zini oqlaydimi? Download 61.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling