5-laboratoriya ishi effuziv magmatik tog‘ jinslari laboratoriya ishining maqsadi
Download 486.82 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Traxit – ishqorli qatordagi
o‘rta tarkibli jins, sienitning effuziv muqobili hisoblanadi. Jins oq, kulrang, sariqsimon bo‘lib, aniq ifodalangan porfirli strukturaga ega. Jinsdagi nordon dala shpati va vulkanik shisha nisbati kuchli o‘zgaradi. Zich donali va ular bilan bir qatorda pemzani eslatuvchi yuqori g‘ovakli turlari uchraydi. Traxitlarning yuqori g‘ovakligi ularning tez nurab ketishiga olib keladi. Ulardan but, shag‘al, maydalangan va yo‘nilgan shashka tayyorlash uchun va kislotabardosh material sifatida ham foydalaniladi. Ortofirlarning chiroyli turlari bezak toshlar sifatida (oltoy ortofirlari) foydalaniladi. Bu jinslar yaxshi qayta ishlanadi, ammo silliqlanmaydi va tez ishqalanib ketadi. Bazalt - tarkibida 45-52 %. SiO 2 bo‘lgan asosiy jins, gabbroning otqindi muqobili hisoblanadi. Qora yoki to‘q kulrang. Strukturasi porfirli yoki afirli, teksturasi flyuidal, pufaksimon, g‘ovakli, bodomsimon. Qatlamli, ustunsimon, sharsimon, prizmatik alohidalikka ega. Mineral tarkibi plagioklaz (labrador, bitovnit), piroksen va temir- magnezial minerallarning (asosan avgit) aralashmasidan iborat. Ba’zan ancha miqdorda olivin mavjud bo‘ladi. Bazaltlar g‘ovakli; g‘ovaklari xalsedon, agat, xlorit, kalsit va ayniqsa seolitlar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bazaltlar makroskopik tomondan qora zich qotgan lavadan iborat bo‘lib, donali tuzilishli va turli o‘lchamdagi donalar orasini to‘ldirib turuvchi yashirin kristalli yoki amorf holatda bo‘ladi; shu bilan bir qatorda bu jinsning porfirli turlari ham kuzatiladi. Bazaltda qurilish materiali sifatini pasaytiruvchi turli qo‘shimchalar (ksenolitlar) ko‘p uchraydi. U qattiq va shu bilan bir qatorda mo‘rt, qiyin ishlov 5.4-rasm. Andezitning porfirli strukturasi. beriladigan jins hisoblanadi. SHisha va olivin uchramaydigan mayda donali yosh bazalt eng qimmatli hisoblanadi. Qoplamalar, oqmalar, nekklar, daykalar, sillar, gumbazlar, trapplar va b. hosil qiladi. Bazaltlar bilan qimmatli optik xom ashyo - island shpati, mis, nikel, platinaning konlari bog‘liq. Yuqori mustahkamlikdagi bazaltdan qurilish va bezash materiali sifatida; tosh (bazaltli) quyush uchun xom ashyo sifatida, shag‘al shaklida - temir yo‘l ballasti sifatida, yo‘l qurilishida shag‘al va bruschatkalar shaklida foydalanishga imkon beradi. Bazaltlar yaxshi kislotabardosh va elektroizolyasion material hisoblanadi va tosh quyush xom ashyosi sifatida yuqori baholanadi. Tosh quyush bazalti kislotabardoshligi, yuqori mustahkamligi va uzoq muddatligi bilan ajralib turuvchi bezak buyumlar, quvurlar, kimyo apparaturalari ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. To‘la kristall strukturali bazalt dolerit (yunoncha «doleros» - aldoqchi) deb ataladi. Mineral va kimyoviy tarkibi bo‘yicha bazaltlar orasida olivinli - kremnekislotaga to‘yinmagan va olivinga boy (jins massasining 40% gacha) va kremnekislotaning yuqori miqdoriga ega toleitli (yunoncha «tolos» - loy) bazaltlar farqlanadi. Toleitli bazaltlarning xarakterli xususiyati bo‘lib kvars va ishqorli dala shpati mavjudligi hisoblanadi. 3. Nazorat savollari 1. Riolitning strukturasi va mineral tarkibi qanaqa? 2. Obsidianning strukturasi va mineral tarkibi qanaqa? 3. Pemzaning kimyoviy tarkibi va strukturasi haqida nima bilasiz? 4. Andezit strukturasi va teksturasihaqida so`zlab bering. 5. Bazaltning strukturasi va mineral tarkibi to`g`risida gapirib bering. Download 486.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling