5-laboratoriya ishi Mavzu: Valikli jinlarning konstruksiyasi, tuzilishi va ishlashi Ishdan maqsad
Jinlash jarayoniga qoyiladigan talablar
Download 28.76 Kb. Pdf ko'rish
|
5-laboratoriya
Jinlash jarayoniga qoyiladigan talablar:
- tolani chigitidan maksimal ajratib olish; - jinning asosiy ishchi qismlarining paxta, tola va chigit sifatiga ta’sirini yo’qotish; - jinlash jarayonidan so’ng tola miqdorida chigit va nuqsonlar bo’lmasligi; - jinlash texnologik jarayonida sifatni nazorat qilish tizimi ishlashi kerak. DV rusumli valikli jinining ishlash jarayoni va konstruktsion tuzilishi Taqsimlovchi transportyor yordamida chigitli paxta jinlar batareyasiga taqsimlanib, qar bir jin ustiga o’rnatilgan shaxtaga tushiriladi (20-rasm). Ta'minlovchi valik (1) chigitli paxtani shaxtadan olib ignali barabanga (8) uzatadi. Baraban (8) ignalari bilan chigitli paxtani mashinaning asosiy organlariga- ishchi barabanga (6) qo’zqalmas pichoq (5) uruvchi barabaniga (4) uzatadi. Qaytarish barabani (2) ignali baraban sirtidagi chigitli paxta qatlamini tekislab ortiqchasini qaytarib turish uchun xizmat qiladi. Shunda paxta bir me'yorda uzatilib, jinlash jarayonining normal bajarilishini ta'minlaydi. Tezlatuvchi baraban (2) ignali barabandan chigitli paxtani ilib olib urish barabani (3) ga uzatadi. Uruvchi baraban bu paxtani plastinka orasiga olib, jinlash zonasiga uzatadi. Ishchi barabani (5) o’zining sirtiga tolalarni ilashtirib olib, qo’zqalmas pichoq ostidan tortib o’tadi. Uruvchi baraban (3) sillliq plastinkalarning yon sirti bilan chigitlarni urib tolalarni ajratadi va ignali barabanga oshirib beradi. Bunda qamma tolalardan ajragan chigitlar to’r (9) teshiklaridan tushib, chigit shnegiga uzatiladi, tolalari to’liq ajratilmagan chigitlar yana jinlash jarayoniga qaytariladi. Ishchi barabanining ustidagi tolalar zichlashtirilgan lenta ko’rinishida tarnov (7) orqali tasmali trnsportyorga va undan so’ng tola tozalagichga uzatiladi. Jin ta'minlagichlari orqali ajratilgan iflosliklar pnevmatik tizim yordamida olib ketiladi (20-rasm). 3 1-ta’minlagich valiklari; 2- qoziqchali baraban; 3- to‘rli yuza; 4- ifloslikni yo‘naltiruvchi tarnov; 5, 15–tarnovlar; 6 - ignali baraban; 7- kolosnikli panjara; 8 - tekislovchi valik; 9 - tezlashtiruvchi valik; 10 - ishchi baraban; 11- uruvchi baraban; 12- to‘rli yuza; 13- qo‘zg‘almas pichoq dekasi bilan; 14 - old kozeryok; 15- tola tarnovi; 16- elektrodvigatel; 17- ajralgan chigit tarnovi. Download 28.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling