Mundarija Kirish Kurs loyihasi uchun berilgan topshiriq bayoni Arrali jinlar haqida ma’lumotlar Takomillashtirilayotgan arrali jin haqida ma’lumotlar Ishchi chizmalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Paxta tozalash sanoati
Download 135.06 Kb. Pdf ko'rish
|
Mla kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kirish Paxta tozalash sanoati
Mundarija 1. Kirish…………………………………………………2 2. Kurs loyihasi uchun berilgan topshiriq bayoni………4 3. Arrali jinlar haqida ma’lumotlar……………………...5 4. Takomillashtirilayotgan arrali jin haqida ma’lumotlar……25 5. Ishchi chizmalar………………………………………25 6. Xulosa…………………………………………………26 7. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………27 1 1. Kirish Paxta tozalash sanoati - yengil sanoatiing paxtaga dastlabki ishlov beruvchi yetakchi tarmogʻi hisoblanadi. Mazkur tarmoq toʻqimachilik, yogʻmoy, kimyo sanoati tarmoqdariga xom ashyo yetkazib beradi. Paxta tolasi, lint va chigit Paxta tozalash sanoatiye.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Oʻzbekistonda dastlabki paxta tozalash korxonasi Toshkentda 1874-yilda qurilgan. Rossiyada paxta xom ashyosiga boʻlgan talabning ortishi bilan Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati tez rivojlantirildi. 1885-yilda 9 ta, 1890-yilda 27 ta, 1914-yilda 208 ta paxta tozalash zavodi ishga tushirildi. Paxtachilik g’alla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Arrali jin mashinalarda tolani ajratib olish va qoʻlda harakatlantiradigan vintli presslarda tolani presslashdan tashqari barcha ogʻir ishlar qoʻlda bajarilgan. 1920-yillarda Toshkent mexanika korxonasida dastlabki jin mashinalari, linterlar ishlab chiqarila boshlandi, presslar esa Boltiq, zavodi (Leningrad)dan keltirildi. Urushgacha boʻlgan davrda jinlar, linterlar, presslar, ventilyatorlarning konstruksiyasi takomillashtirildi: paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlari elektrlashtirildi. Paxta tozalash korxonalarining oʻrtacha mavsumiy ishlash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzaytirildi. 1940-yilda Oʻzbekiston Paxta tozalash sanoatida 538 ming t tola, 15,3 ming t. lint va 982 ming t. chigit ishlab chiqarildi. Paxta terish maishnalaridan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Tayyorlash mas-kanlariga paxta topshirish surʼati oshdi, paxta tozalash zavodlarida esa 1955-yildan qurilish-tozalash sexlari kurila boshladi. 1960- yilgacha Oʻzbekistonda 226 quritish-tozalash sexi ishladi. 1960—65 yillarda Paxta tozalash sanoatis.da tayyorlanayotgan tola si-fatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qoʻllanildi. 1966—70 yillarda kuritish-tozalash sexlarining texnologik jihozlari takom№tlashtirildi. Tozalash samaradorligi 45% gacha boʻlgan kuchli 30 VP tola tozalagich, CHX-3M va 6A-12M rusumli takomillashgan taxta tozalagichlar yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qoʻllanildi. Barcha tayyorlangan paxtani oʻz vaqtida qayta ishlash uchun 1971—75 yillarda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezla- 2 tish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash choralari koʻrildi, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli kuritgichlar, tola tozalagichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press ustanovkalari ishlatildi. 80-yillarda samaradorligi yuqori boʻlgan "Mehnat" paxta tozalagichi, "Paxtakor" tola tozalagichi, RX paxta regenera-torlari yaratildi va ishga tushiriddi. 1980-yillar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri boʻldi. Paxtaning sifat koʻrsatkichlarini tezkorlik bilan aniqlaydigan ASX-1 nav aniklagich va VSX-1 nam aniklagichlar yaratildi hamda ishlab chiqarishga joriy qilindi. 1980-yilda 1735,6 ming t paxta tolasi, 217,6 ming t lint, 2387,2 ming t chigit ishlab chiqarildi. Paxta tozalash sanoatis. boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari 1990-yilgacha Toshkent shahrida joylashgan Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti (1959), Markaziy paxta tozalash sanoati ilmiy tadqiqot instituti (SNIIXprom; 1926)da olib borilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng respublika Paxta tozalash sanoatis.ning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni tamomila oʻzgardi. Paxta tozalash sanoatis. mahsulotlari respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biriga aylandi. Ilgari paxta tolasi eksporti Markaz tasarrufida boʻlib, uni "Eksportlyon" tashqi savdo birlashmasi va uning Toshkentdagi idorasi amalga oshirib kelgan. 90- yillar boshidan respublika paxta tolasi va Paxta tozalash sanoatis.ning boshqa mahsulotlarini mustaqil holda eksport qilishni boshladi va hozirgi davrda 50 dan ortiq xorijiy mamlakatlariga eksport qiladi. Sohaga yangi texnika, texnologiya jadal surʼatlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilgʻor texnologiyasini oʻrganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi boʻyicha jahon standartlariga oʻtish uchun AQSH, Shveysariya va boshqa mamlakatlardagi firmalarda ishlab chikarilgan priborlar va texnologiyani qoʻllash borasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Turkiya va boshqa xorijiy davlatlar il-miy-texnikaviy hamkorlikda Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda paxtani qayta ishlashdan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab oladigan kombinatlar qurilishi boshlandi. Oʻzbekiston Paxta 3 tozalash sanoatida 128 ta paxta tozalash korxonasi (zavodi), 511 ta paxta qabul qilish (tayyorlash) maskani bor (2003). Asosiy texnologik jarayonlarda 298 paxta quritgich, 1431 tozalash mashinalari, 372 tola ajratish (jin), 1397 lint ajratish mashinalari, 370 presslar oʻrnatilgan. 2000-2003-yillarda 5 ta yangi paxta tozalash korxonasi ishga tushirildi, 20 dan ortiq korxona rekonstruksiya qilindi. O‘zbekiston dunyoda paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida paxta sanoatini rivojlantirish, xom ashyo yetishtirish hajmini oshirish va sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash borasida oqilona siyosat olib borilayotgani mamlakatimiz paxta bozorida mustahkam o‘rin egallashida muhim omil bo‘ldi, albatta. Natijada O‘zbekiston ishonchli hamda barqaror ravishda paxta tolasi ishlab chiqaruvchi davlatga aylandi, jahon bozorida narx o‘zgarishlariga qaramasdan, o‘zining yuqori sifati bilan ajralib turuvchi paxtani yetkazib berish kafolatlangan hamkor mamlakat sifatida dunyoga tanildi.Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 6-o‘rinda, paxta tolasi eksporti bo‘yicha esa 5-o‘rinda turadi. Bu mamlakatda sohani tubdan isloh qilish, yangi texnologiyalarni jalb qilish, paxtaning yangi navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasi, deyish mumkin.Tizimda kadrlar tarkibini mustahkamlash va malakasini oshirishga ham katta e'tibor berilmoqda. Sohani barcha muhim yo‘nalishlari bo‘yicha «Paxtasanoat ilmiy markazi» aksiyadorlik jamiyatining maxsus dasturlari asosida mutaxassislarning malakasi muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Sohada kompleks tarzda qayta ishlashni kompyuterlashtirish, tayyor mahsulot olish, moliyaviy hisob-kitobni ta'minlash, ishlab chiqarish texnologik faoliyatini tezkor nazorat qilish va keng qamrovli integratsiyalashgan axborot tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida paxta xom- ashyosini qabul qilishdan boshlab, uni qayta ishlash, saqlash va sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi elektron hisobot va nazorat tizimi shakllantirilmoqda. 4 Download 135.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling