5-laboratoriya ishi Mavzu: Valikli jinlarning konstruksiyasi, tuzilishi va ishlashi Ishdan maqsad


Jinlash jarayoniga qoyiladigan talablar


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi28.76 Kb.
#1837108
1   2   3   4
Bog'liq
5-laboratoriya

 Jinlash jarayoniga qoyiladigan talablar: 
- tolani chigitidan maksimal ajratib olish
- jinning asosiy ishchi qismlarining paxta, tola va chigit sifatiga ta’sirini 
yo’qotish; 
- jinlash jarayonidan so’ng tola miqdorida chigit va nuqsonlar bo’lmasligi; 
- jinlash texnologik jarayonida sifatni nazorat qilish tizimi ishlashi kerak. 
 
DV rusumli valikli jinining ishlash jarayoni 
va konstruktsion tuzilishi 
 
Taqsimlovchi transportyor yordamida chigitli paxta jinlar batareyasiga 
taqsimlanib, qar bir jin ustiga o’rnatilgan shaxtaga tushiriladi (20-rasm). 
Ta'minlovchi valik (1) chigitli paxtani shaxtadan olib ignali barabanga (8) uzatadi. 
Baraban (8) ignalari bilan chigitli paxtani mashinaning asosiy organlariga- ishchi 
barabanga (6) qo’zqalmas pichoq (5) uruvchi barabaniga (4) uzatadi. Qaytarish 
barabani (2) ignali baraban sirtidagi chigitli paxta qatlamini tekislab ortiqchasini 
qaytarib turish uchun xizmat qiladi.
Shunda paxta bir me'yorda uzatilib, jinlash jarayonining normal bajarilishini 
ta'minlaydi. Tezlatuvchi baraban (2) ignali barabandan chigitli paxtani ilib olib 
urish barabani (3) ga uzatadi. Uruvchi baraban bu paxtani plastinka orasiga olib, 
jinlash zonasiga uzatadi. Ishchi barabani (5) o’zining sirtiga tolalarni ilashtirib olib
qo’zqalmas pichoq ostidan tortib o’tadi. Uruvchi baraban (3) sillliq 
plastinkalarning yon sirti bilan chigitlarni urib tolalarni ajratadi va ignali barabanga 
oshirib beradi. Bunda qamma tolalardan ajragan chigitlar to’r (9) teshiklaridan 
tushib, chigit shnegiga uzatiladi, tolalari to’liq ajratilmagan chigitlar yana jinlash 
jarayoniga qaytariladi. Ishchi barabanining ustidagi tolalar zichlashtirilgan lenta 
ko’rinishida tarnov (7) orqali tasmali trnsportyorga va undan so’ng tola 
tozalagichga uzatiladi. Jin ta'minlagichlari orqali ajratilgan iflosliklar pnevmatik 
tizim yordamida olib ketiladi (20-rasm). 



1-ta’minlagich valiklari; 2- qoziqchali baraban; 3- to‘rli yuza; 4- ifloslikni 
yo‘naltiruvchi tarnov; 5, 15–tarnovlar; 6 - ignali baraban; 7- kolosnikli 
panjara;
8 - tekislovchi valik; 9 - tezlashtiruvchi valik; 10 - ishchi baraban; 11- 
uruvchi baraban; 12- to‘rli yuza; 13- qo‘zg‘almas pichoq dekasi bilan; 14 - 
old kozeryok; 15- tola tarnovi; 16- elektrodvigatel; 17- ajralgan chigit 
tarnovi. 

Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling