5-laboratoriya Mavzu: Qarash trubasini tuzilishi


Download 115.02 Kb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi115.02 Kb.
#1355921
1   2   3
Bog'liq
Qarash trubasini tuzilishi

niveliri yuksak aniqlikdagi nivelirdir; u shtrixli invar reykadan sanoq olish usulida har 1 km masofani ±0.5 mm aniqlikda nivelirlashga imkon beradi. N1 niveliri tuzilishi jihatdan NA-1 niveliriga o`xshaydi; uning qarash trubasi va silindrik adilagi termoizolyatsiyali g`ilof ichiga olingan.

  • niveliri ham yuksak aniqlikdagi nivelirdir; u bilan 1 km masofani ±1 mm gacha aniqlikda nivelirlash mumkin. Bu nivelirning ham aniq adilagi, elevatsion vinti va tekis parallel plastinkasi bor. Qarash trubasi 40x marta

    kattalashtirib ko`rsatadi; trubaga o`rnatilgan adilak bo`limining qiymati 2 mm ga 10”.


    Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar


    Reyka- uzunligi 3-4 m, kengligi 8-10 sm va qalinligi 2-2.5 sm keladigan taxtachadir. Taxtacha uchun
    qattiq yog`och tanlanadi. Reyka boshidan oxirigacha oq rang moyli bo`yoq bilan bo`yaladi, ikkala uchiga tunuka qoqiladi. Reyka maxsus mashina yoki shablon yordamida chiziqlar tortib santimetrlarga bo`linadi. Santimetrli bo`laklar bir santimetr oralatib qora yoki qizil rangga bo`yaladi. Reykadan sanoq olishni osonlashtirish maqsadida har
    bir detsimetr ikkita 5 sm lib o`laklarga ajratiladi. Masalan, rasmda har bir detsimetr 5 sm dan qilib ikkiga bo`lingan, har bir detsimetrning birinchi besh bo`laigi E harfiga o`xshaydi. Reykadagi detsimetrlar teskari yo`nalishda, ya`ni 0 dan boshlab reyka uchiga tomon raqamlar bilan belgilanadi (01, 02, 03…).
    Nivelirlashda ishlatiladigan reykalar yaxlit, surilma va buklama bo`ladi.
    Yaxlit reykalarning ( a,b,c) uzunligi 3 m bo`lib, santimetrli bo`limlar ikkala tomonida ham bor. Reykalarning santimetrli bo`limlari qora rangga bo`yalgan tomoni-reykaning qora tomoni, santimetrli bo`limlari qizil rangga bo`yalgan tomoni esa reykaning qizil tomoni deb ataladi. Qora tomonidagi raqamlar 0 dan, qizil tomonidagi raqamlar 4887 yoki 4787 sondan boshlab belgilanadi. Yaxlit reykalar uzun bo`lmaganligidan ularni olib yurish va saqlash bir muncha noqulaydir.
    Surilma reykalar ( d) uzunligi 2.1-2.2. m keladigan ikkita taxtadan iborat bo`lib, taxtalar bir-biriga temir band bilan biriktirilgan. Reykadam 2 m dan katta sanoq olishda uning orqadagi taxtasi surilib balandga ko`tariladi va oldindagi taxta eng oxirgi bo`lagiga aniq to`g`rilab vint bilan mahkamlanadi.
    Buklama reykalar (rasm, e) uzunligi 1.5-2.0 m keladigan ikkita taxtadan iborat bo`lib, taxtalar bir-biriga sharnir yordamida birlashtirilgan. Reykadan 2 m dan katta sanoq olishda orqa tomondagi reyka balandga ko`tarilib, vint bilan mahkamlab qo`yiladi.

    Download 115.02 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling