5-Laboratoriya: Oqova suvni organik moddalardan adsorbtsiya usuli bilan tozalash. Ishning maqsadi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Лабаратория 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajhizotlar
B- variyant. Faollashtirilgan ko‘mirga organik spirtlarning adsorbsiyalanishini
aniqlash. Reaktivlar va materiallar: tarkibida spirtlar saqlangan oqova suv namunalari, konsentratsiyasi aniq spirtli eritmalar, faollashtirilgan ko‘mir, filtirlanuvchi qog‘oz. Tajhizotlar: 100ml li konusli kolbalar, o‘lchov silindirlari, stalagmometr. Ishni bajarish tartibi. Kolbaga tarkibida organik qo‘shilmalar saqlangan oqova suvidan 20-50 ml olib, unga 1-2 g faollashtirilgan ko‘mir solib, yaxshilab aralashtiriladi va 20-30 daqiqada adsorbsiyalash uchun qo‘yiladi. Tadqiq etilayotgan dastlabki suvning yuza tarangligi va ko‘mirga adsorbsiya jarayoni oxiriga etgandan keyin, filtrlab olingan muvozanat eritmasining (filtratning) yuza tarangligi aniqlanadi. Oldindan kalibrlangan yuza tarangligi-suvdagi organik moddalarning konsentratsiyasi bog‘liqligi grafigidan foydalanib, yuza tarangligini qiymatlariga qarab, organik qo‘shilmalar konsentratsiyasini dastlabki va muvozanatdagi qiymatlari aniqlanadi. Suv tarkibidagi ko‘pgina organik moddalar suvning yuza tarangligini pasaytirish qobiltiga ega. Shuning uchun suvning yuza tarangligini aniqlash suvdagi organik qo‘shilmalarining miqdorini aniqlashga qo‘llaniladi. Yuza tarangligi ( ⁄ ⁄ ) –suyuqlik hajmidagi molekulalar va suyuqlik – havo chegarasidagi molekulalarga ta’sir etuvchi kuchlar hisobiga hosil bo‘ladigan va qatlam chegarasi birligiga mos keladigan qo‘shimcha erkin energiyadir. YUza tarangligini aniqlash usullaridan biri stalagometrik usuldir. Stalagmometr-shisha quvur bo‘lib, uning o‘rta qismi kengaytirilgan va tubida lapilyar joylashtirilgan. Stalagmometrning kengaytirilgan qismi pastdan va yuqoridan bo‘lakchalarga taqsimlangan. Suyuqlik yuza tarangligini aniqlash uchun Stalagmometrning pasitki qismi suyuqlikka tushuriladi va uning yuqoridagi belgidan balandroq qilib so‘riladi. Stalagmometrni vertikal tarzda joylashtirib, belgilar orasidagi suyuqlik hajmidan tomchilar miqdori aniqlanadi. Dastlabki tomchilar miqdori suv uchun so‘ngi tadqiq etilayotgan suyuqliklar uchun aniqlanadi. Tadqiq etilayotgan suyuqliklarning yuza tarangligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bu yerda -tadqiq etilayotgan suyuqlikning yuza tarangligi; -distillangan toza suvning yuza tarangligi; n- tadqiq etilayotgan suyuqlik tomchilar miqdori; n 0 - berilgan Stalagmometrda distillangan toza suv tomchilar miqdori. Quyidagi jadvalda suvning yuza tarangligi ning harorat oshishi kamayib borishi ko‘rsatilgan. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling