5-ma’ruza Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Elektron tijorat tizimlari va elektron raqamli imzo. Virtual laboratoriyalar va ular bilan ishlash


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana23.09.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1686445
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
5-Ma\'ruza

kommersiya 
tizimi 
uch 
sinfga 
bo’linadi:


• 
Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);
• 
Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);
• 
Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C);
Misol
sifatida:

virtual
auksion www.Ebay.com ni
keltirish 
mumkin
Elektron tijoratning o’ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:
• 
Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi;
• 
Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;
• 
Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish
xarajatlari kamayadi.
Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan ochiq
munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan
ta’minlash, sotuvning alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar ochish
va yaratish imkoni beradi.
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z
mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini
takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning
asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga
oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi
qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish”
tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov tizimini
takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron
tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda
amaliyotga joriy qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosida bir qancha ijobiy natijalarga
erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga sarflanadigan vaqtni kamaytirish
maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini
oshishida ko’rinadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling