5-ma’ruza
Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Elektron tijorat
tizimlari va elektron raqamli imzo. Virtual laboratoriyalar va ular bilan ishlash
Tayanch tushunchalar: virus, polimorf virusl ar, troyan, parazit viruslar, student
viruslar, troyan otlari, doktor revizorlar, chuvalchang virusi, antivirus dasturlar.
Hozirgi
kunda
kompyuterdan
foydalanuvchilar oldida katta muammo -
viruslardan himoyalanish muammosi turadi.
Hozirda
fanga 30000 dan
ortik kompyuter viruslari
ma'lum.
Kompyuter virusi termini birinchi bo‘lib 1984
yilda
AKSh Lexays universiteti xodimi F.Kouen
tomonidan kiritildi.
Lekin virus dasturlarining paydo bo‘lishi
70
yillardan boshlangan. Birinchi virus dasturi 1970 yili amerikada IBM-360/370 kompyuterlarida
qayd etilgan va bu virus
Christmas tree deb nomlangan.
Keyinroq kompyuter texnikasi va uning dasturiy ta'minoti rivojlanib
borgani sari viruslar
ham rivojlanib o‘zlarining kodlarini berkitish holatlariga o‘tgan. Bunday viruslar
ko‘rinmas
(stealth) viruslar deb nom olgan.
1990 yilga kelib shunday viruslar paydo bo‘ldiki, ular o‘z
kodlarini doimiy ravishda
o‘zgartira olish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Bunday viruslar
"polimorf virus"lar deb nom oldi.
Kompyuter viruslarini dunyo bo‘ylab tarqashiga internet tarmog‘i katta hissa qo‘shdi.
Buning
natijasida butun boshli internet viruslar sinfi poydo bo‘ldi. Bu viruslar sinfi
"Troyan" deb nom
oldi. Ular kompyuterlarga uncha zarar keltirmasada internet tarmogiga ulanish login va
parollarini, maxfiy axborotlar parollarini o‘g‘irlay boshladi.
1998-1999
yillarga kelib Melissa, Win95.CIH kabi viruslar dunyo bo‘yicha milliondan
ortiq kompyuterni ishdan chiqardi. Bu viruslar kattik disklarni va bosh platalarni ishdan chiqardi.
Kompyuter virusi - bu hajm jihatdan uncha katta bo‘lmagan dastur bo‘lib, u o‘zidan boshqa
dasturlarga nusxa ko‘chiradi va shu tariqa ko‘payib, kompyuterda saqlanayotgan axborotlarning
yo‘qolishiga, ba'zi hollarda kompyuterlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Barcha viruslar
quyidagi uchta umumiy xossaga ega bo‘ladi:
1.
O‘z-o‘zidan ko‘payib ketish;
2.
Ko‘rinmaslik;
3.
Rejalashtirilmagan holda harakat qilish.
Virus dasturlari professional dasturchilar tomonidan ba'zan oxirini o‘ylamagan holda,
ba'zan ataylab qaysidir kompaniyaga zarar yetkazish maqsadida yoziladi.
Viruslar xavfli va