(immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimli sohalaridagi o‘zgarishlarni nazorat
qiluvchi dasturlar), doktor revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo‘ljallangan rezident
dasturlar). Ularning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Revizor dasturlar— dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma'lumotlarni xotiraga
oladi, so‘ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma'lum qiladi.
Masalan, CRCLIST va CRCTEST dasturlar.
Doktor revizorlar— revizor va doktorning aralashmasi, boshqacha aytganda, fayl va diskning tizimli
sohasidagi o‘zgarishlarni nafaqat aniqlaydigan, balki o‘zgargan holda ularni dastlabki holatga qaytarishi
mumkin bo‘lgan dasturlardir.
Filtr dasturlaryoki rezident dasturlarkompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylanadi
va viruslar tomonidan zararni ko‘paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga
qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchiga ma'lum qiladi. Foydalanuvchi
ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko‘rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antirus dasturlari.
Shaxsiy kompyuterlarda aytarli kamroq dasturlar zararlansa, viruslar borligi amalda
bilinishi juda qiyin. Lekin vaqt o‘tishi mobaynida kompyuterda foydalanuvchini xavotirga
soladigan tushunib bo‘lmas quyidagi misolga o‘xshash jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin:
- ba‘zi bir dasturlar ish faoliyati to‘xtab qoladi yoki noto‘g‘ri ishlashi mumkin;
- ekranda kerakmas simvol yoki xabarlar paydo bo‘lib turadi;
- komp’yuter ish jarayoni sekinlashib boradi;
- ba‘zi bir fayllar buzilib ketgan bo‘ladi.
Agar viruslarga qarshi himoyalash ishlari olib borilmasa oqibatda kompyuterni avvalgi ish
holatiga qaytarib sozlash juda ham qimmatga tushishi mumkin yoki umuman sozlab
bo‘lmaydigan darajada nosozliklar kelib chiqishi mumkin. Viruslardan kompyterlarni
himoyalash uchun virusga qarshi maxsus dasturlari qo‘llaniladi. Bu dasturlarga misol qilib
Norton, Drweb, Kasperskiy dasturlarini olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |