bajarilish tezligi sekinlashishi, diskdagi ma'lumotlarning to‘liq yoki qisman yo‘qolib
qolishlari
va boshqa oddiy bo‘lmagan holatlar hisoblanadi.
Viruslar bir-biridan qaysi ob'ektni zararlashga mo‘ljallanganligi bilan farqlanadi. Ular
asosan buyruqli fayllarga (kengaytmasi .BAT), tizim bilan birga yuklanuvchi drayver dasturlarga
(.SYS, .BIN) va bajariluvchi ikkili kodlardagi dasturlarga (.EXE, .COM) zarar yetkazish uchun
mo‘ljallangan bo‘ladi. Berilganlar saqlanadigan fayllarga, masalan matnli fayllarga viruslar kam
zarar keltiradi.
Viruslarni yozilish algoritmiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.
Yuklanuvchi (bitli) viruslar - floppi disklarni, vinchesterlarni yuklanish (BOOT
yoki Master Boot) sektorlariga joylashib oladi. Keyin virus o‘zini kodini boshlangich
yuklanishda saqlanayotgan tizimga, hamda va ularni yuklanuvchi sektorga yozadi.
2.
Ko‘rinmas viruslar (Stealth) - amaliy dasturlar tarkibiga kirib qoladi va DOSga
murojat qilganda zararlangan fayllarni zararlanmagan qismini ko‘rsatadi.
Shuning uchun DOS
orqali ularni topish mumkin bo‘lmay qoladi.
3.
Polimorf viruslar - ularni qidirib topish ancha mushkul ish hisoblanadi. Chunki
ular doimiy kodga ega bo‘lmaydi.
4.
Yo‘ldosh viruslar - bu turli viruslar bo‘lib fayllarni o‘zgartirmaydi. Ishlash
algoritmiga ko‘ra, ular EXE fayllar uchun yo‘ldosh fayllar tashkil etadi. Yo‘ldosh faylning nomi
asosiy fayl nomi bila bir xil bo‘lib kengaytmasi COM bo‘ladi. Bunga misol kilib WinFile
virusini keltirish mumkin.
5.
"
Virusi-chervi" - bu turdagi viruslar kompyuter tarmog‘i orqali tarqaluvchi viruslar
hisoblanadi. Ular tarmoq orqali kompyuter
xotirasiga kirib olib, boshqa kompyuterlar tarmoq
adresini aniqlaydi va bu adres bo‘yicha boshqa kopyuterga o‘zining nusxasini jo‘natadi. Bu
turdagi virusga misol tariqasida "Corner" nomli virusni keltirish mumkin. Bu virus elektron
pochta orqali tarqaydi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: