5-ma’ruza ishlash obyekti va usuli
Download 419.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.1-jadval Geologik-fizik xossalar Qatlam
- Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari.
- Uglevodorolarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi.
- Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti.
- Ishlatish quduqlarini ishlatish texnikasi va texnologiyasi.
III.1-rasm. Ishlash obyektini ajratish 1-birinchi mahsuldor qatlam; 2-ikkinchi mahsuldor qatlam; 3-uchinchi mahsuldor qatlam; I-birinchi obyekt; II-ikkinchi obyekt; A-I obyekt quduqlari; B-II obyekt quduqlari III.1-jadvaldakon maydonida yotuvchi 1, 2 va 3-qatlamlarni asosiy xossalari keltirilgan. Ko‘rilayotgan konda ikkita ishlash obyektini ajratish maqsadga muvofiq, 1 va 2 qatlamlarni bitta ishlash obyektiga birlashtirish (obyekt 1), 3 - qatlamni esa alohida ishlash obyekti sifatida ishlash (obyekt II). III.1-jadval Geologik-fizik xossalar Qatlam 1 2 3 Olinadigan neft zahiralari, mln.t 200,0 50,0 70,0 Qatlamning samarali qalinligi, m 10,0 5,0 15,0 O‘tkazuvchanlik, mkm 2 0,100 0,150 0,500 Neftning qovushqoqligi, mPa*s 50,0 60,0 3,0 1 va 2 qatlamlarni bir ishlash obyektiga kiritish uchun ularning o‘tkazuvchanlik va neft qovushqoqligi kattaliklarni yaqinligi va vertikal yo‘nalish bo‘ylab bir-biridan kichik masofada joylashganligi asos bo‘ladi. Bundan tashqari 2 qatlamdagi olinadigan neft zahiralari nisbatan oz. 3 – qatlamning 1 – qatlamga nisbatan olinadigan zahiralari kam, ammo neftni kam qovushqoqli va yuqori o‘tkazuvchan. Demak, bu qatlamni ochgan ishlatish quduqlari nisbatan yuqori mahsuldorlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, kam qovushqoq neftli 3 – qatlamni oddiy suv bostirish usulini qo‘llab ishlash mumkin bo‘lsa, yuqori qovushqoq neftli 1 va 2 qatlamlarni ishlashni boshlang‘ich bosqichidan boshlab boshqa texnologiyalarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Masalan, neftni bug‘, poliakrilamid aralashmasi (suvni quyuqlashtiruvchi) yoki qatlam ichra yonish usullari yordamida siqib chiqarish. 1, 2 va 3 – qatlamlar ko‘rsatkichlarini jiddiy farq qilishga qaramasdan, ishlash obyektlarini ajratish haqidagi yakuniy qaror qatlamlarni ishlash obyektlariga turli variantlarda birlashtirishni texnologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlili asosida qabul qilinadi. Ishlash obyektlarini ayrim hollarda quyidagi turlarga bo‘ladilar: mustaqil, ya’ni hozirgi vaqtda ishlashdagi va qaytish, ya’ni u kelajakda hozirgi vaqtda boshqa obyektda ishlayotgan ishlatish quduqlari bilan ishlatilishi mumkin. Neft konini ishlash tizimideb, ishlash obyektini, ularni burg‘ilash va jihozlash sur’ati tartibini, qatlamlardan neft va gaz olish maqsadida ta’sir etish zarurligini, haydash va olish burg‘i quduqlari sonini, nisbatini va joylashtirishni, rezerv ishlatish quduqlari sonini, konni ishlashni boshqarishni, yer ostini va atrof- muhitni himoya qilishni aniqlovchi bir-biri bilan bog‘liq muhandislik qarorlari majmuasiga aytiladi. Konni ishlash tizimini tuzish yuqorida ko‘rsatilgan muhandislik qarorlari majmuasini aniqlash va amalga oshirishni bildiradi. Bunday tizimni tuzishni muhim tarkibiy qismi – ishlash obyektlarini ajratish. Shuning uchun ushbu savolni mufassal ko‘rib chiqamiz. Oldindan aytish mumkinki, birinchi qarashda hamma vaqt bir ishlash obyektiga iloji boricha ko‘p qatlamlarni birlashtirish foydali ko‘rinadi, chunki bunday birlashtirishda konni to‘liq ishlash uchun kam ishlatish quduqlari kerak bo‘ladi. Biroq, bir obyektga haddan ziyod qatlamlarni birlashtirish neft bera olishlikda jiddiy yo‘qotishlarga va yakuniy hisobda ishlashni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yomonlashuviga olib keladi. Ishlash obyektlarini ajratishga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’sir etadi. Neft va gaz kollektorlari– jinslarining geologik-fizik xossalari. O‘tkazuvchanligi, umumiy va samarali qalinligi, hamda har xilligi bilan keskin farq qiluvchi qatlamlarni ko‘p hollarda bir obyekt sifatida ishlash maqsadga muvofiq emas, chunki ular mahsuldorligi, ishlash jarayonidagi qatlam bosimi bo‘yicha va natijada quduqlarni ishlatish usuli, neft zahiralarini olish sur’ati mahsulot suvlanganligini o‘zgarishi bo‘yicha jiddiy farq qilishi mumkin. Qatlamlarni maydonli har xilligida turli ishlatish quduqlari to‘ri samarali bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday qatlamlarni bir ishlash obyektiga qo‘shilish maqsadga muvofiq emas. Alohida kam o‘tkazuvchan va yuqori o‘tkazuvchan qatlamchalar bilan bog‘liq bo‘lgan, vertikal yo‘nalish bo‘yicha katta har xil qatlamlarda gorizontni tik yo‘nalishida qoniqarli qamrab olish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda faol ishlashda faqat yuqori o‘tkazuvchan qatlamchalar ishtirok etib, kam o‘tkazuvchan qatlamchalarga qatlamga haydalayotgan omil (suv, gaz) ta’sir etmaydi. Bunday qatlamlarni ishlash bilan qamrab olinganligini oshirish maqsadida ularni bir necha obyektlarga bo‘lishga harakat qilinadi. 1. Neft va gazni fizik-kimyoviy xossalari. Ishlash obyektlarini ajratishda neftlarning xossalari muhim ahamiyatga ega. Neftning qovushqoqligi jiddiy farq qiluvchi qatlamlarni bir ishlash obyektiga qo‘shish maqsadga muvofiq emas, chunki ularni burg‘i quduqlarini turli sxemada va zichlikda joylashtirilgan, hamda yer ostidan neft olishni turli texnologiyalaridan foydalanib ishlash mumkin. Parafin, oltingugurt suvchil, qimmatbaho uglevodorod komponentlari va sanoat miqyosidagi boshqa foydali qazilmalar miqdorini keskin farq qilishi ham qatlamlarni bir obyekt sifatida ishlashga jalb qilib bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga sabab qatlamlardagi neftni va boshqa foydali qazilmalarni olishda turli texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin. 2. Uglevodorolarni fazaviy holati va qatlamlar rejimi.Vertikal yo‘nalish bo‘yicha bir-biriga nisbatan yaqin masofada yotgan va o‘xshash geologik-fizik xossali turli qatlamlarni ayrim hollarda, qatlam uglevodorodlarini fazaviy holati va qatlam rejimlari turli bo‘lganligi natijasida bir ishlash obyektiga qo‘shib, bo‘lmaydi. Agar, bir qatlamda yirik gaz qalpog‘i bo‘lsa, boshqa qatlam tabiiy tarang suv tazyiqli rejimda ishlashda bo‘lsa, ularni bir ishlash obyektiga birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmasligi mumkin, chunki ularni ishlash uchun ishlatish quduqlarini turlicha joylashtirish sxemasi va soni, hamda neft va gaz olishni turli texnologiyasi kerak bo‘lishi mumkin. 3. Neft konlarini ishlash jarayonini boshqarish sharoiti.Bir ishlash obyektiga qancha ko‘p qatlam va qatlamchalar birlashtirilsa, ayrim qatlam va qatlamchalarda neft va siqib chiqaruvchi omil chegarasini (suv-neft va gaz-neft tutash yuzalarini) nazorat qilish, texnik va texnologik amalga oshirish, shuncha qiyinlashadi, qatlamchalarga taqsimlangan ta’sir etish va ulardan neft va gaz olish jarayoni murakkablashadi. Konni ishlash jarayonini boshqarish sharoitlarini yomonlashuvi esa, o‘z navbatida neft bera olishlikni kamayishiga olib keladi. Ishlatish quduqlarini ishlatish texnikasi va texnologiyasi.Obyektlarni ajratishni ayrim variantlarini qo‘llashni yoki qo‘llamaslikni maqsadga muvofiqligiga ko‘plab texnik va texnologik sabablar ta’sir etishi mumkin. Yuqorida ko‘rib chiqilgan har bir ko‘rsatkichlarni ishlash obyektlarini tanlashga ta’siri albatta texnologik va texnik-iqtisodiy tahlil etilishi va undan keyingina ishlash obyektlarini ajratish haqidagi qaror qabul qilinishi kerak. Download 419.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling