5-ma’ruza. Lokomotivlarning asosiy mexanik qismlari va ularning vazifalari


Download 1.37 Mb.
bet1/6
Sana18.11.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1783465
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma’ruza. Lokomotivlarning asosiy mexanik qismlari va ularning

5-ma’ruza. LOKOMOTIVLARNING ASOSIY MEXANIK QISMLARI VA ULARNING VAZIFALARI

Reja: 1. Ekipaj qismi mo‘ljallanishi va uskunalari 2. G‘ildirak juftligi, bandaj 3. Buksa uzeli 4. Lokomotivlar aravachalari 5. Ressor osmasi tizimi  

Foydalanilgan adabiyotlar

 

  • 1. O.R. Xamidov, N.V. Julenev, O.T. Kasimov, “Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari” .-Complex Print T.:2019.-138 b.
  • 2. A.Sh. Shorustamov, R.Ya. Abdullaev, S.X. Xusanov Temir yo‘llar umumiy kursi, Temir yo‘l oily o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Cho‘lpon.T.-2007.212 bet.
  • 3. Railway Transportation Systems: Design, Construction and Operation. Christos N. Pyrgidis. (ISBN 978-1-4822-6216-2) 6000 Broken Sound Parkway, NW, Suite 300. Boca Ration, FL 33487-2742. United States, 2016. 475 Pages.
  • 4. Dempsey G Drysdale. “The practical Railway Engineer”. London, 2011–223 pp

Tayanch so’z va iboralar: lokomotiv, paravoz, teplovoz, elektrovoz, gazoturbovoz, motor vagon harakat tarkibi, o‘q formulasi, yurish qismi

1. Ekipaj qismi mo‘ljallanishi va uskunalari

  • Tortuv harakat tarkibining tortuv elektr motori yoki avtonom energiya manbaidan (dizel, turbina) olinayotgan energiyani poyezdni relsli yo‘l bo‘ylab harakatlantirishi uchun kerakli mexanik energiyaga qayta o‘zgartirish, tortuv harakat tarkibi og‘irlik kuchini yo‘lga uzatish, shuningdek yo‘l bo‘ylab erkin harakatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan mexanik qismi ekipaj qismi deb ataladi. Ekipaj qismi boshqarish kabinalari va jihozlarni joylashtirish uchun hizmat qiladi. Elektr va dizel poyezdlari, shuningdek metropoliten vagonlarida yo‘lovchilar uchun salonlar ko‘zda tutiladi.
  • Lokomotivlarning ekipaj qismiga g‘ildirak juftliklari (buksa uzellari bilan birgalikda), buksali ressor osmasi tizimi, aravacha ramalari, tortuv yuritmasi, aravachalarni kuzov bilan biriktirish tizimi va kuzov kiradi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling