5-ma’ruza. Lokomotivlarning asosiy mexanik qismlari va ularning vazifalari


Ekipaj qismi quyidagi talablarga javob berishi kerak


Download 1.37 Mb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1004319
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma\'ruza

Ekipaj qismi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Ekipaj qismi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • - foydalanishdagi mustahkamlik va ishonchlilik;

    - statik, dinamik va zarb xarakterli yuklamalarga chidamlilik;

    - lokomotivlarning ma’lum ilmiy asoslangan dinamik sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash;

    - elementlari bilan bir qatorda yo‘lning ustki qurilmalari bo‘yicha o‘rnatilgan xizmat muddatini ta’minlash;

    - alohida elementlarning foydalanish va ta’mirlashdagi qulayligini ta’minlash;

    - konstruksiyasi o‘ta murakkab va qimmat bo‘lmasligini ta’minlash.

2. G‘ildirak juftligi, bandaj

  • 2. G‘ildirak juftligi, bandaj
  • G‘ildirak juftliklari kuzov, aravachalar va barcha jihozlar, shuningdek bevosita g‘ildirak juftliklariga o‘rnatilgan detallarning og‘irliklarini qabul qiladi va relsga uzatadi. Elektrovoz harakatlanishida g‘ildirak juftliklari relsli iz bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, yo‘l notekisliklaridan yuzaga keladigan zarblar (vertikal va gorizontal) va yo‘naltiruvchi kuchlarni qabul qiladi, o‘z navbatida g‘ildirak juftligi yo‘lga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. G‘ildirak juftligi orqali TEM ning aylanish momenti uzatiladi, tortuv va tormoz rejimlarida esa g‘ildiraklarni rels bilan kontakti joylarida ilashish kuchlari yuzaga keladi.

G‘ildirak markazi konstruksiyasiga ko‘ra g‘ildirak juftliklarining quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan:

  • G‘ildirak markazi konstruksiyasiga ko‘ra g‘ildirak juftliklarining quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan:
  • -Spitsali ;
  • -Diskli quyma – (VL60, VL80 elektrovozlari)
  • -Diskli katankali;
  • -Yaxlit katankali.
  • Aravacha ramasi turiga ko‘ra g‘ildirak juftliklari tashqi va ichki sheykali bo‘lishi mumkin. Xususiy yuritmali elektrovozlarda tashqi ramalar va tashqi sheykali g‘ildirak juftliklari qo‘llaniladi. Ichki sheykali g‘ildirak juftliklari o‘tgan asrning 20-30 yillarida ishlab chiqarilgan guruhli yuritmali elektrovozlarda qo‘llanilgan.

Aylanish yuzasi bo‘yicha g‘ildiraklarning diametri: teplovozlarda – 1050 mm; yo‘lovchi elek­trovozlarda – 1200 mm; yuk elektrovozlarida – 1250 mm. Bandaj va tishli g‘ildirak bilan g‘ildirak markazi o‘rnatish yuzasi yakuniy ishlov berilganidan so‘ng o‘qqa 1080 - 1470 kN kuch bilan presslab o‘rnatiladi
G‘ildirak juftliklari o‘qi dumaloq ko‘ndalang kesimli brusdan iborat (3.2-rasm). O‘qning diametri butun uzunligi bo‘yicha bir xil emas: o‘qning eng katta diametri g‘ildirak gupchagi presslab o‘rnatiladigan gupchak osti qismidir. O‘qning bu qismi eng katta yuklanishlar ta’sirida bo‘ladi, va shu qismda o‘qning darz ketish (sinish) xollari ko‘p uchraydi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling