Munosabat – sarlavha va unga mos ma`lumotlardan iborat bo`lgan ikki o`lchamli jadval.
Sarlavha – chekli sondagi atributlar to`plami bo`lib, har bir atribut biror bir domenda aniqlangan hamda atributlar va domenlar orasida qat`iy o`zaro moslik mavjud bo`ladi.
Keltirilgan nazariy tushunchalar relyatsion MBBTning til vositalari va dasturiy tizimlarini ishlab chiqishda qo`llaniladi. Amaliy ish jarayonida esa ular o`rniga ularning quyidagi noformal ekvivalentlari ishlatiladi:
munosabat – jadval;
atribut – kolonka, ustun yoki maydon;
kortej – yozuv, zapis yoki ma`lumotlar qatori (7.1-rasm).
Relyatsion yondashuv asoschilaridan biri Deytning ko`rsatishicha, relyatsion model uch qismdan iborat bo`ladi:
tuzilma qismi;
bajariladigan amallar (manipulyatsiya) qismi;
yaxlitlik qismi.
Modelning tuzilma qismida munosabatlar aniqlab olinadi. Relyatsion modelda mazkur munosabatlardan ma`lumotlarning yagona tuzilmasi sifatida foydalaniladi. Relyatsion MB barcha kerakli axborotni o`z ichiga olgan hamda turli aloqalar bilan birlashtirilgan munosabatlar jamlanmasidan iborat.
Atribut munosabat sxemasi
Xodimlar
Do'stlaringiz bilan baham: |