5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli


Download 1.28 Mb.
bet12/15
Sana08.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#236699
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Маълумотлар базаси 5-лекция узб

Familiya

Bo`lim

Staj

5742

Ivanov

SAPR

12

6931

Petrov

№5

25

2345

Sidorov

laboratoriya

21

Бирламчи калит


Xodimlar


Xodim kod

Familiya

boshliq

Lavozim

4781

Ivanov



M.n.s

5325

Petrov

6931

S.p.s

3120

Sidorov



P.s

1230

Yashin

2345

Inj

2138

Yudin

6931

Bosh inj

Иккиламчи калит




7.2-rasm. Munosabat kalitlariga namuna

Aloqalar bo`yicha butunlik talabi – bu MBdagi munosabatlar bir-biri bilan aloqalar orqali bog`langanligi oqibatida vujudga keladigan hamda relyatsion MBga qo`yiladigan cheklovdan iborat.

Aloqalar bo`yicha butunlik talabining mohiyati quyidagicha. Aloqadagi munosabatda yuzaga keladigan tashqi kalitning har bir qiymati uchun aloqa ko`rsatkichi olib boradigan munosabatda xuddi shunday qiymatli birlamchi kalitga ega kortej mavjud bo`lishi shart.

Ma`lumotlarning aloqalari butunligini ta`minlash uchun ko`pgina MBBTlarda tashqi kalitlar deb nomlanuvchi mexanizm mavjud. Bu mexanizmning mohiyati shundan iboratki, biror munosabatning bir atributiga (yoki atributlari guruhiga) boshqa munosabatning birlamchi kaliti bilan bog`liqlik (ko`rsatkich) belgilab qo`yiladi hamda bu holat ushbu munosabatlar orasida tobelik aloqalarini vujudga keltiradi. Bunda, birlamchi kalitiga boshqa munosabatning tashqi kalitidan ko`rsatkich keladigan munosabatga asosiy yoki master-munosabat, ko`rsatkich chiqib ketadigan munosabatga tobe yoki detail-munosabat deyiladi. Bunday ko`rsatkich belgilab qo`yilgandan so`ng MBBT aloqalarning «buzilmasligi»ni avtomatik tarzda nazorat qilish imkoniga ega bo`ladi. Bunda quyidagi amallar nazorat qilinadi:


  • tobe jadvalga asosiy jadvalda mavjud bo`lmagan birlamchi kalit qiymatiga mos keluvchi yozuvni kiritishga urinish;

  • asosiy jadvaldagi, tobe jadvalning hech bo`lmaganda bitta yozuvidan ko`rsatkich mavjud bo`lgan yozuvini yo`qotishga harakat qilish;

  • asosiy jadvaldagi, tobe jadvalning hech bo`lmaganda bitta yozuvidan ko`rsatkich mavjud bo`lgan yozuvi birlamchi kaliti qiymatini o`zgartirishga urinish.

Amalda asosiy jadval yozuvlarini yo`qotish va o`zgartirish uchun quyidagi ikki yondashuvning biridan foydalaniladi:

  • asosiy jadvaldagi, tobe jadvalning hech bo`lmaganda bitta yozuvidan ko`rsatkich mavjud bo`lgan barcha yozuvlarini yo`qotilishi hamda asosiy jadval birlamchi kaliti qiymatlarini o`zgartirilishini ma`n qilish;

  • asosiy jadval birlamchi kaliti qiymatidagi barcha o`zgarishlarni tobe jadval yozuvlariga ham joriy etish, ya`ni:

    • agarda asosiy jadvaldagi biror yozuv yo`qotiladigan bo`lsa, tobe jadvaldagi ushbu yozuvga ko`rsatkich hosil qilgan barcha yozuvlar ham yo`qotilishi lozim;

    • agarda asosiy jadvaldagi yozuvning birlamchi kaliti qiymati o`zgartiriladigan bo`lsa, tobe jadvaldagi ushbu yozuvga ko`rsatkich hosil qilgan barcha yozuvlarning tashqi kalitlari ham mos tarzda o`zgartirilishi lozim.

Jadvalli munosabatni ba`zan sxematik ravishda ko`rsatiladi. Bunda munosabat nomi yokiga qavs ichida atributlarni nomi yoziladi.:


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling