5-ma’ruza mashg’uloti mavzu. Aynan o’xshash zarrachalar sistemasi uchun to’lqin funksiyalari reja
Download 50 Kb.
|
1 2
Bog'liq№5
Ushbu holatlar n bosh kvant sonining qiymatini ko‘rsatuvchi raqam va undan keyin yoziluvchi l orbital kvant sonining kichik harfi orqali belgilanadi. Har bir qobiqchani ko’rsatuvchi simvol atomning elektron konfiguratsiyasi deyiladi. Bosh kvant soni n ning berilgan qiymatida qobiqdagi elektronlarning maksimal soni barcha l qobiqchalardagi elektronlar yig’indisi orqali aniqlanadi, ya’ni (1) Atom nomerining ortib borishi tartibida qatorga joylashgan elektronlar xossalarining davriy ravishda o‘zgarishi kuzatilgan va ulaming tabiatini tushuntirish atom elektron qobiqlarining ketma-ket to‘lib borish xususiyatlarini qarab chiqishni talab qiladi. Bir atomdan ikkinchisiga o‘tganda zaryad bittaga oshadi va qobiqqa bitta elektron qo’shiladi. Elektronlarning davriy sistemasini tuzilishi n=l dan boshlanadi. n=1 qobiq bitta qobiqchadan iborat, ya’ni s qobiqchadan, chunki l=0. Vodorod atomning bu qobiqchasida (1 s holatida) faqat bitta elektron bor. Keyingi element - geliy atomida yana bitta elektron shu holatga qo‘shiladi va shu yangi qo’shilgan elektron spinining yo‘nalishi oldingisiga nisbatan qarama-qarshi yo’nalgan bo‘ladi. Lekin, geliy atomida har bir elektronning bog’lanish energiyasi vodorod atomidagi elektronning bog’lanish energiyasidan ancha katta. Bu holni geliy yadrosining zaryadi vodorod yadrosining zaryadidan ikki marta katta bo‘lgani bilan tushuntirish mumkin. Ikki element - vodorod va geliy davriy sistemaning birinchi davrini tashkil etadi. Davriy sistemaning bosh qismida elektron qobiqlar to‘la to’ldirilgan bo‘ldi va shuning uchun davrdagi elementlar soni oxirgi element elektronlarining to‘la soniga teng bo’ladi. Lekin uchinchi davrdan boshlab bu tartib buziladi va keyingi davrlarda qobiqlarning to‘ldirilish jarayoni yanada murakkablashadi. Ishqoriy metall atomlarida murakkab atom elektronining energiyasi n bosh kvant soni bilan bir qatorda l orbital kvant soniga bog’liqligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shuning uchun elementlar elektron tuzilishi qonuniyatlarini tasvirlashda n bo‘yicha qobiqlarning to‘ldirilish tartibinigina emas, balki l bo‘yicha qobiqchalarning to‘ldirish tartibi ham sezilarli darajada katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Nazorat savollari 1. Bosh kvant soni haqida ma’lumot bering. 2. To’lqin funksiyasi nima ? 3. Orbital kvant soni nima ? Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling