5– Ma’ruza Mavzu: Nuqta kinematikasi
Download 225.3 Kb.
|
5-MA\'RUZA
2-masala. Nuqtaning harakat qonuni
x=Rsinwt, y=Rcoswt, z=ut tenglamalar orqali berilgan bo‘lsin. Bu erda R, w va u -lar o‘zgarmas qiymatlardan iborat. Shu nuqta harakatining traektoriyasi, tezligi va tezlanishi aniqlansin. Echish. Birinchi va ikkinchi tenglamalarni ikkala tomonlarini kvadratga ko‘tarib, ularni qo‘shib yuborsak, 95-shakl hosil bo‘ladi. Uchinchi tenglamadan t - ni aniqlab birinchiga qo‘ysak x=Rsin(wz/u) kelib chiqadi. Demak nuqta Oz markaziy o‘q atrofidagi R radiusli tsilindrik sirt ustida (95- shakl) vintsimon traektoriya bo‘ylab harakat qilar ekan. Ya’ni nuqtaning traektoriyasi yasovchilari Oy o‘qiga parallel bo‘lgan sinusoidali yuza bilan, R -radiusli tsilindrik yuzaning kesishishidan tashkil bo‘lgan egri chiziqdan iborat ekan. Bunday egri chiziq mexanikada vint chizig‘i (yoki vintsimon chiziq) deb ataladi. Harakat qonunidan ko‘rinib turibdiki, nuqta shu vint chizig‘i bo‘ylab qilgan harakatidagi bitta o‘ramini t1 s vaqt ichida bajarar ekan, uning son qiymati wt1=2p tenglikdan aniqlanadi. Nuqta tsilindr atrofidagi bitta o‘ramni bajarish davrida, Oz o‘qi bo‘yicha h=ut1=2pu/w balandlikka ko‘tarilar ekan. Ushbu h - balandlik vintning qadami deb ataladi. Nuqtaning tezlik va tezlanishini aniqlaymiz. Berilgan harakat qonunlaridan vaqt bo‘yicha bir martadan hosila olamiz, =Rwcoswt, =-Rwsinwt, =u bundan, Ildiz ostidagi qiymat o‘zgarmas. Demak, nuqta bu traektoriya bo‘ylab o‘zgarmas qiymatli (moduli o‘zgarmas xolos) tezlik bilan, traektoriyaga har doim urinma bo‘ylab harakatlanar ekan. Endi (11.6) formula orqali tezlanishning o‘qlardagi proektsiyalarini aniqlaymiz, =-Rw2sinwt; =-Rw2coswt; =0 bundan, Demak, tezlanishning moduli ham o‘zgarmas ekan. Tezlanish vektorining yo‘nalishini aniqlash uchun (15a) formuladan foydalanamiz, bu erda a1, b1, g1 - tezlanish vektori bilan koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar va x/R=cosa, y/R=cosb bu erdagi a va b - Ox va Oy o‘qlarni tsilindrik sirtning radiusi bilan tashkil qilgan burchaklari (95- shakl). a1 va b1 burchaklarning kosinuslari, a va b burchaklarning kosinuslaridan faqat ishoralari bilan farqlanganligi sababli, nuqtaning tezlanish vektorining yo‘nalishi har doim radius bo‘ylab, tsilindrning markaziy o‘qi tomonga (botiq tomonga) yo‘nalgan bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, nuqta o‘zgarmas modulli tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, uning tezlanishi nolga teng emas. Chunki nuqtaning tezlik moduli o‘zgarmagan bilan uning vektor yo‘nalishi o‘zgarib turadi, shu sababli tezlanish ana shu o‘zgarishni belgilaydi xolos. 96- shakl Download 225.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling