5-ma’ruza mavzu: nutqning fonetik bo’linishi reja
Adab (boshqa narsa emas) aqlning tashqi suratidir. Adab aqlning
Download 24.54 Kb.
|
5-ma\'ruza On (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nutq melodikasi
- 2. Nutq ritmi
- 4. Nutq intensivligi
Adab (boshqa narsa emas) aqlning tashqi suratidir.
Adab aqlning (boshqa narsaning emas) tashqi suratidir. Adab aqlning tashqi (ichki emas) suratidir. Ohang Fonetik-fonologik tizimning ustsegment birliklaridan biri ohangdir. Ohang - bu nutq melodikasi, gap urg`usi, to`xtam(pauza), sur’at, ritm va tembr yig`indisidir. 1. Nutq melodikasi deganda og`zaki aytilgan gapda ovozning ko`tarilishi va pasayishini tushunish lozim. Masalan, darak, so`roq va buyruq gaplarning ohangi bir-biridan farq qiladi. Darak gap tinch ohang bilan, so`roq gap ko`tariluvchi ohang bilan, buyruq gap esa buyruq ohangi bilan aytiladi. 2. Nutq ritmi deganda badiiy matndagi vazndoshlikni, ohangdoshlikni tushunish kerak. Masalan, quyidagi misralarni tekshirib ko`ramiz: Vodiylarni G` yayov kezganda, Bir ajib his G` bor edi menda. (H.Olimjon) Birinchidan, har ikkala misra ham 9 ta bo`g`indan iborat. Ikkinchidan, har ikkala misradagi turoqlar bir xil miqdordagi bo`g`inlardan tashkil topgan: 4 Q 5 q 9. Uchinchidan, har ikkala misra ham o`zaro qofiyadosh so`zlarga ega: kezganda G` menda. Bularning barchasi nutq ritmini hosil qiladi. 3. Nutq tempi deganda gap tarkibidagi tovushlarni talaffuz qilishdagi sur’at, daraja va tezlikni tushunish kerak. Masalan, darak gaplarda gap boshida sekin, oxiriga borib tezlashadi, so`roq gaplarda teskarisi – gap boshida tez, oxirida sekinlashadi, buyruq gaplarda esa gap oxiriga qarab tezlashib boradi, lekin oxirgi so`z tezligi keskin pasayadi. 4. Nutq intensivligi talaffuzning kuchli va kuchsiz bo`lishidir. Masalan, uy ichidagi nutq ko`chadagiga nisbatan kuchsiz bo`ladi. 5. Nutq tembri nutqning bo`yoqdorligidir. Nutq quvnoq, shodon, ma’yus, g`amgin bo`lishi mumkin. 6. To`xtam (pauza) nutq paytida nafasni rostlash uchun yoki ma’lum bir so`zni ta’kidlash uchun qilingan to`xtashlardir. Ohangning tugallangan, tugallanmagan, darak, so`roq, undov chaqiruv, sanash ohangi kabi turlari mavjud. Ohang gapning yaxlitligini, gap turlarin farqlashda katta ahamiyatga ega. Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling