5-ma’ruza mavzu: nutqning fonetik bo’linishi reja
Download 24.54 Kb.
|
5-ma\'ruza On (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) yopiq bo‘g‘in
- 4) berkitilmagan bo‘g‘in
5. Bo‘g‘in-o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan fonemalar yoki ayrim bir fonemadir. Fonologiyada bo`g`in sillabema (ingl. sillable – bo`g`in degani1) deb ataladai. Unli bo‘g‘in hosil qiluvchi fonema sanaladi. Shuning uchun ham so‘z tarkibida nechta unli bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan: adolat so‘zida (a-do-lat) uch bo‘g‘in bo‘lib, birinchi bo‘g‘in bir fonemadan, ikkinchi bo‘g‘in ikki fonemadan, uchinchi bo‘g‘in uch fonemadan iborat. Shuning uchun bo‘g‘inlar bir fonemali, ikki fonemali va ko‘p fonemali bo‘lishi mumkin. Bir fonemali bo‘g‘inlar unlidan iborat bo‘lsa, ikki fonemali va ko‘p fonemali bo‘g‘inlar unli va undoshlardan tuziladi.
Bo‘g‘inlar qanday tugashiga yoki boshlanishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) ochiq bo‘g‘in – bir fonemali yoki oxiri unli bilan tugagan bo‘ladi: o – na, o – ta, a – ka, bo – la, ja – zi – ra – ma, Ma – li – ka; 2) yopiq bo‘g‘in undosh bilan tugagan bo‘g‘in: mak – tab, kap – tar, daf – tar, shuh – rat, gul – zor, Tosh – kent. 3) berkitilgan bo‘g‘in – undosh bilan boshlanadigan bo‘g‘in: mak-tub, poch-ta, te-leg-ram-ma, sez-gir, ziy-rak, ja-sur; 4) berkitilmagan bo‘g‘in – unli bilan boshlanadigan bo‘g‘in: o-i-(la), ol-, il-, ot-, o‘t. Hozirgi o`zbek tilida tarkibiy jihatdan quyidagi bo`g`inlar uchraydi (bunda V (vokal) – unli fonema, C (consonsnt) – undosh fonema belgisi hisoblanadi): V – u, a; VC – ish, oq, ek…; CV – shu, ma, be…; VCC – aft, ishq, ilm…; CVC – bor, gul, dog`…; VCCC – Orsk, Omsk, …; CCCV – Brno, …; CVCC – barg, vazn, gard…; CCVC – kran, stol, xrom…; CCVCC – kross, sport, spirt…; VCCCC – Ernst,…; CCVCCC – Dnestr, spektr…; CCCCCCVC – Mkrtchyan,…; So‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi: 1) yozuvda so‘zning bir qatorga sig‘may qolgan qismi ikkinchi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi; 2) birinchi sinf o‘quvchilarini savodga o‘rgatish davrida asosiy diqqat so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qish va yozishga qaratiladi. 3) barmoq vaznida yoziladigan she’r misralari bo‘g‘in sonining teng bo‘lishiga asoslanadi. Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling