5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja


O‘zgarmas tok kontaktori kontakt sistemasi


Download 1.02 Mb.
bet3/5
Sana24.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1717934
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza

O‘zgarmas tok kontaktori kontakt sistemasi. Yeyilishni kamaytirish maqsadida kontaktorlar uchun harakatlanuvchi kontakti qo‘zg‘almas kontaktda chiziqli g‘ildiraydigan kontakt uzeli qo‘llaniladi (7-rasm).
Kontaktlarning vibratsiyasi oldini olish uchun kontakt prujinasi oxirgi kontakt bosimidan taxminan 50 % dastlabki bosim beradi. Vibratsiya bo‘lmasligi uchun katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil ─ bu harakatsiz kontaktni qotirishdagi mustahkamlik va kontaktorning butunicha vibratsiyaga chidamliligi. 6-rasmda KPV-600 seriyali kontaktor konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Harakatsiz kontakt 1 skoba 2ga mahkamlangan. Skobaga yoy o‘chirish g‘altagining bitta simi ulangan.

Yoy o‘chirish g‘altagining ikkinchi simi 4 plastmassa asos 5 ga mahkamlangan. Asos 5 mustahkam po‘lat skoba 6 ga qotiriladi. Harakatlanuvchi kontakt 7 qalin plastina shaklida yasalgan, uning pastki qismi tayanch nuqtasi 8 ga nisbatan burilishi mumkin. Shu tufayli kontakt 7 harakatsiz kontakt 1 ustida g‘ildirashi va sirpanishi mumkin. 9 simi harakatlanuvchi kontakt 7 bilan egiluvchan bog‘lanish orqali ulanadi. Kontakt bosimi prujina 12 bilan hosil qilinadi.
O‘zgaruvchan tok kontaktori kontakt sistemasi. O‘zgaruvchan tok kontakt-orlari 100-dan 1000-gacha amper nominal toklarga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Asosiy kontaktlari birdan beshgacha. Eng ko‘p tarqalgani ─ bu uch qutbli yasalgan kontaktorlar. Kontaktlar sonining kattaligi kontaktorni ulashdagi elektromagnit kuchining va tegishli momentning ortishiga olib keladi.
O‘zgarmas tok kontaktorlari kabi o‘zgaruvchan tok kontaktorlari ham yordamchi kontaktlarga ega, ular ham asosiy kontaktlarni harakatlantiruvchi elektromagnitlar bilan harakatlantiriladi.
8 a) rasmda kontaktorning magnit sistemasi bo‘yicha kesim ko‘rsatilgan. 8 b) rasmda esa kontakt sistemasi bo‘yicha kesim va KT-6000 kontaktori qutbining umumiy ko‘rinishi. Harakatchan kontakt 1 prujina 2 bilan birga richag 3-ga mahkamlangan.
Harakatchan kontakt 1 va elektromagnit yakori 4 bir-biriga kontaktorning vali orqali bog‘langan. O‘zgarmas tok kontaktorlaridan farqli ravishda KT-6000 kontaktorida harakatchan kontakt yapaloq (tekis) g‘ildiramaydi. Apparatning o‘chirilishi kontakt prujinalari va harakatchan qismlar ta’sirida amalga oshiriladi.
Ekspluatatsiya qulayligi uchun harakatchan va harakatsiz kontaktlar oson almashadigan qilib tayyorlanadi. Kontakt prujinasi 2 o‘zgarmas tok kontaktorlaridagidek dastlabki bosimga ega, bosim kuchi oxirgi bosimning taxminan yarmini tashkil qiladi.
Kontaktorning barcha detallari izolyatsiyali reyka 5 ga mahkamlanadi.
Qo‘zg‘aluvchan kontakt 1 ning richagi 3 izolyatsiya materiali bilan qoplangan val 5 ga mahkamlangan. Val podshipnik 7 larda aylanadi. Yoy o‘chirish sistemasi ketma-ket g‘altak 8, o‘zak 9, qutb plastinalari 10 va keramik kamera 11-lardan tuzilgan. G‘altak 8 zanjirga qo‘zg‘almas kontakt 12 va qo‘zg‘aluvchan kontakt 1 bilan ketma-ket ulangan. Qo‘zg‘aluvchan kontakt 1 chiqish simi 13 bilan egiluvuchan bog‘lanish 15 yordamida ulanadi.

Yordamchi kontaktlar bloki 16 val 6 dan harakatlantiriladi. Barcha detallarning reykada mahkamlanishi kontaktorni reykali konstruksiyadagi stansiyalar jamlamalari (komplektlari)da foydalanish imkonini beradi va boshqaruv stansiyasi hajmi va massasini qisqartirish imkonini beradi. Yo‘l qo‘yiladigan ulanishlar soni soatiga 1200gacha yetadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling