5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja
Download 1.02 Mb.
|
5-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komandokontrollerlar .
Universal almashtirib ulagichlar. Elektr yuritmani, elektr apparatlarni va avtomatikaning turli qurilmalarini boshqarish sxemalari uchun universal almashtirib ulagichlar (UaU) keng qo‘llaniladi. Shunday UaUning bitta seksiyasi (4-rasm) qo‘zg‘almas kontakt 1 va ikkita qo‘zg‘aluvchan 2 va 3 kontaktga ega. Seksiyada kommutatsiyalanuvchi zanjirning ikkita ham yo bitta ham uziluvchi kontakt ishlatilishi mumkin. So‘nggi holda zanjir qo‘zg‘almas kontakt (1)ga va qo‘zg‘aluvchanlardan biri (4)ga qo‘shiladi. Val (5) burilganda kulachok burilib qo‘zg‘almas kontakt richagi (7)ga ta’sir etadi, keyin kontaktlarning o‘zaro ulanishi amalga oshadi. Bitta yo ikkita uziluvchi kontaktlardan foydalanish kommutatsiyalanuvchi zanjirning o‘chiriladigan toki yoki kuchlanishi qiymatlari bilan aniqlanadi. Eng og‘ir rejimlarda ikkita qo‘shni seksiyalarning kontaktlari ketma-ket ulanadi, bu esa to‘rtta uziluvchi kontaktni ta’minlaydi. Almashtirib ulagichning nominal toki 20 A. Kommutatsiyalanuvchi zanjirlar (seksiyalar) soni 2 dan 16 gacha o‘zgaradi. Yuqori darajadagi o‘chirish qobiliyati va katta miqdordagi kommutatsiyalanuvchi zanjirlar soni tufayli UaU tipidagi almashtirib ulagichlar 500 V kuchlanishda 5 kVt-gacha quvvatli dvigatellarni ishga tushirish va reverslash uchun foydalaniladi. Bu almashtirib ulagichlar chulg‘amlar qutblarini almashtirib ulash yo‘li bilan asinxron dvigatellarni reverslash va aylanishi chastotasini boshqarish uchun qulay.
Komandokontrollerlar. Boshqarilmaydigan kulachokli komandokontrollerlar keng tarqalgan (5-rasm). Ishlash prinsipi bo‘yicha kulachokli kontrollerga o‘xshaydi. Ko‘priksimon kontakt yordamida o‘chirilayotgan zanjirda ikkita uziluvchi kontakt yaratiladi, bu esa yoy o‘chirilishini yengillashtiradi. Kulachokli yuritma, richag (2)ning aylanish markazidan masofasi kattaligi va kontaktlararo oraliq kattaligi kontaktlar ajralishining katta tezligini ta’minlashga va knopkalikka nisbatan o‘chirilish tokini 4 baravar orttirishga imkon beradi. Komandokontrollerlar yordamida kuch kontaktorlari boshqariladi. Kuch kontaktorlari esa o‘z navbatida kuch zanjirlarini kommutatsiyalaydi. 2. Kontaktorlar va magnitaviy ishga tushirgichlar: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kontaktorlarining tuzilishi, asosiy ko‘rsatkichi va ish rejimi. Magnitaviy ishga tushirgich: tuzilishi, ulash sxemasi, issiqlik himoyasi. Hozirgi vaqtda elektr yuritma sxemalarida kommutatsiya chastotasi soatiga 3600-tagacha yetadi. Bunday ish rejimi eng og‘ir hisoblanadi. Har bir ulanish va uzilishda kontaktlar yeyilishi yuz beradi. Shuning uchun yoy yonishi davomiyligini kamaytirish va kontaktlar vibratsiyasini barotaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Kontaktor elektr kuch zanjirlarini kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan elektr apparati. Kontaktor kontaktlarini tutashtirish va ajratish elektromagnit yuritma ta’sirida amalga oshiriladi. O‘zgarmas tok kontaktorlari o‘zgarmas tok zanjirlarini kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan (6-rasm) va odatda o‘zgarmas tok elektromagniti bilan harakatlantiriladi. O‘zgaruvchan tok kontaktorlari o‘zgaruvchan tok zanjirlarini kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan. Bu kontaktorlarning elektromagnitlari o‘zgaruvchan tokda ham o‘zgarmas tokda ham ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling