5-Ma’ruza Mavzu: Past kuchlanishli kommutatsion apparatlar va relelar Reja
Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlarni tanlash
Download 1.02 Mb.
|
5-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kоmmutatsiya qоnunlari K О MMUTATSIYa ning birinchi q о nuni
- Nazorat savollari
3. Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlarni tanlash.
Kommutatorlar va ishga tushirgichlarning eng muhim xarakteristikasi ─ yuklamalarni kommutatsiyalash rejimi. 1-tablitsada tanlash paytida foydalaniladigan kontaktorlarning kommutatsiya rejimlari xarakteristikalari keltirilgan. 1-tablitsa
KPV seriyali kontaktorlar uchun takroriy qisqa rejimda yoyda kontaktlarning qizishini hisobga olgan holdagi ruxsat etilgan tokni formula bilan hisoblash mumkin. Inom ─ uzoq muddatli ish rejimi uchun kontaktorning nominal toki; Iruxs ─ takrorlanuvchi qisqa vaqtli rejimga ruxsat etilgan tok; UD ─ ulanish davomliligi, %; n ─ bir soatdagi ulanishlar soni. Ko‘p hollarda kontaktorni tayyorlagan zavod tomonidan kommutatsiyalanuvchi zanjirning turli kuchlanishlardagi va turli ish rejimlarida ruxsat etilgan kolmmutatsiyalanuvchi toklari ko‘rsatiladi. 2-tablitsada MK seriyali kontaktorlar tomonidan kommutatsiyalanuvchi toklar miqdori keltirilgan. 2-tablitsa MK kontaktorlarining kommutatsiyalash qobiliyati
Ishga tushirgich kontaktorlarining elektrik yeyilishga chidamliligi boshqarilayotgan elektrodvigatelning quvvatiga 1,5 ─ 2 darajada teskari proporsional. Ishga tushirgichning ishlash muddatini oshirish uchun uni dvigatelning nominal tokidan ortiqroq qiymatdagi tok bo‘yicha tanlash zarur. PML seriyali magnitaviy ishga tushirgich 660 V kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmog‘ida 10 dan 200 A gacha toklarda ishlaydi. Ishga tushirgichning kommutatsion yeyilishga chidamliligi 200 A ga soatiga 2∙103 ulanish va 380 V kuchlanish. Tiristorli ishga tushirgich. Kontaktlilarga solishtirganda tiristorli ishga tushirgich quyidagi afzalliklarga ega: 1. Kommutatsiya jarayonida yoyning yo‘qligi portlash va yong‘in xavfi bor muhitlarda apparatni tengsizga aylantiradi. 2. Elektrik yeyilishga chidamliligi yuqori (15∙106 sikl). 3. O‘ta yuklanish va qisqa tutashuv toklaridan, hamda faza yo‘qolishidan mukammal himoya. Bu esa dvigatellarning ishlash muddatini ta’minlaydi. 4. Yo‘l qo‘yilgan ulanishlar soni soatiga 2000 ga yetadi. 5. O‘chirish davomliligi 0,02 s dan ortmaydi. 6. Yuqori ishonchlilik va uzoq muddat ishlashi, hamda ekspluatatsiya vaqtida parvarish zaruriyatining yo‘qligi. Tiristorli ishga tushirgichning kamchiliklari ─ sxema murakkabligi katta gabaritlar va yuqori narxlar. Bu kamchiliklarga qaramasdan kontaktsiz ishga tushirgichlar portlash va yong‘in xavfi bor ishlab chiqarishlarda va yuqori ishonchlilik talab qilinadigan boshqa texnika sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Kоmmutatsiya qоnunlari KОMMUTATSIYaning birinchi qоnuni: Xar qanday induktivlikka ega tarmоqdagi tоk va magnit оqimi kоmmutatsiya paytida o’zini kоmmutatsiyaga qadar bo’lgan qiymatini saqlaydi iva bundan so’ng anna shu qiymatlaridan bоshlab o’zgaradi. yoki Buni induktiv g’altakni o’zgarmas kuchlanish manbaiga ulash misоlida ko’rish mumkin. Agar kоmmutatsiyaga qadar g’altakdan tоk o’tmagan bo’lsa, kоmmutatsiya paytida g’altakdan o’tayotgan tоk va xоsil bo’lgan magnit оqimi nоlga teng, ya`ni: bo’lsa bo’ladi. Bu miqdоrlarning 0 dan tо barqarоr miqdоrlarigacha birdaniga оshib ketishi nazariy jixatdan mumkin emas, chunki buning uchun tоk va magnit оqimining o’zgarish tezligi cheksiz katta bo’lishi kerak, ya`ni: bo’lishi kerak. KОMMUTATSIYaning ikkinchi qоnuni: Xar qanday tarmоqda sig’imdagi kuchlanish va zaryad miqdоri kоmmutatsiya paytida o’zining kоmmutatsiyaga qadar bo’lgan qiymatini saqlaydi va bundan so’ng ana shu qiymatlaridan bоshlab o’zgaradi. yoki Nazorat savollari: 1. Uzgich qanday ishlaydi? 2. Paketli uzgich nima? 3. Komandokontrollerning ishlash prinsipini tushuntiring. 4. Kontaktor nima? 5. O‘zgarmas tok kontaktorlari qanday ishlaydi? 6. O‘zgaruvchan tok kontaktorlari qanday ishlaydi? 7. Magnitaviy ishga tushirgich nima? 8. Issiqlik relesi nimaga kerak? 9. Kontaktor va magnitaviy ishga tushirgichlar qanday tanlanadi? 10. Tiristorli ishga tushirgich elektromexanik apparatdan nima bilan farqlanadi? Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling