5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


Download 1.06 Mb.
bet2/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

16.1-rasm. Qolip shitlar
1.2.3 – vertikal. gorizontal va diogonal ushlagichlar; 4 - qolip sirti
( ishchi yuzasi ); 5 – mahkamlagichlar; 6.7 – ankerlar; 8 – betonlashtiriladigan blok; 9 – oldingi betonlashtirilgan blok.

elementi bo‘lgan ishchi yuzasi (shitlari) tashqi tomondan yoki ichki, blokning betonlashtiriladigan qismidan mahkamlanishi mumkin.























Barcha turdagi qoliplar quyidagi asosiy qismlarga ega: ishchi yuzasi (paluba), betonlashtiriladigan blok sirti shakliga mos kelishi kerak; ishchi yuza qattiqligini ta’minlovchi–qattiqlik tirgaklari; qolip konstruksiyasining yaxlit qattiqligini ta’minlovchi gorizontal va dioganal ushlagichlar; qolip konstruksiyasini ushlab turuvchi ustunlar, koziklar; qoliplarning barcha qismlarini o‘zaro birlashtiruvchi metall detallar.

Qoliplar qismlari yoki elementlarini tayyorlashda brus, taxta, fanera (qalinligi 8…10 mm dan katta bo‘lgan) va boshqa turdagi yog‘och, turli xil o‘lchamdagi va ko‘rinishdagi metall materiallari, shuningdek ma’lum darajada qalinlikdagi temirbeton yoki yig‘ma temirbeton detallaridan keng foydalaniladi. Qoliplarning ushlovchi qismlari ham mustahkam yog‘och materiallaridan yoki qora metall prokatidan tayyorlanishi mumkin. Qolipning ishchi yuzasiga beton yopishib qolishi oldini olish uchun plastmassa materiallardan foydalanish maqsadga muvofikdir. Buning uchun, ishchi yuzaga steklotekstolit, stekloplastik, getinaks, viniplast kabi qalinligi 0,5…15 mm gacha bo‘lgan materiallar qoplanishi tavsiya qilinadi.


Agar, qoliplar ishchi yuzalari yog‘och materiallardan yasaladigan bo‘lsa, ularning namlik darajasi 15% dan oshmasligini inobatga olish lozim. YOg‘och doskalar qalinligi 40 mm gacha bo‘lganda ular yon tomonlari bir biriga moslab tekislanishi kerak va birlashtirilganda orasida hech qanday yoriq qolmasligi lozim. Qalinligi 40 mm ortiq bo‘lgan doskalar bir-biriga mustahkam birlashishi uchun yon tomonlarida shpunt pazlari yasaladi.
Qolip konstruksiyasini tayyorlash jarayonida yog‘och materiallari o‘zaro mixlar yordamida, metallar payvandlash yoki boltli bog‘lash usulida, fanera va plastmassalar suvga chidamli kleylar yordamida birlashtiriladi.
Tashqi tomondan mahkamlash juda sodda va qulay usul bo‘lib, balandligi 3 m gacha bo‘lgan bloklarda qo‘llanishi maqsadga muvofiqdir. Agar, betonlashtiriladigan bloklar balandligi 3 m dan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, qoliplarning ishchi yuzalarining mustahkamligini, qo‘zg‘almasligini va qattiqligini ta’minlash uchun murakkab tayanch tizimini tashkil qilish talab qilinadi. SHu sababli qalinligi (balandligi) 3 m dan yuqori bo‘lgan bloklarda vertikal bo‘yicha o‘rnatilgan shitlar soniga bog‘liq ravishda ichki tomondan maxsus ushlagichlar o‘rnatiladi. Bunday ushlagichlar bir yoki bir necha yarusli metall konstruksiyalar bo‘lib, bir tomoni qolip shitlariga ikkinchi, tomoni blokdagi armatura konstruksiyalariga biriktirilgan bo‘ladi va natijada ular beton tarkibida qolib ketadi.
SHitlarni qayta o‘rnatish va qoliplarni mahamlash jarayonlari katta mehnat sarflarini va vaqtni talab qiladi. SHu sababli, ba’zi sharoitlarda sirg‘aluvchan (ko‘chuvchi) qoliplarni qo‘llash natijasida ancha miqdorda materiall resurslarni tejash imkoniyatiga erishilishi mumkin. Bunday turdagi qoliplarning farqli tomoni shundaki, ularni yangi ish frontiga, barcha tayanch–ushlovchi elementlarini echmasdan ko‘chirish mumkinligidadir. Sirg‘aluvchan qoliplarning portal, tunnel va bir tomonli turlari keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan uzunligi bo‘yicha betonlashtirishda texnik-iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Bunday turdagi qoliplarning ichki va tashki tayanch ramalari temir yo‘llarda harakatlanadigan ishchi organi bo‘lgan shitlarni aniq o‘rnatish va qotgan betondan ajratish uchun burama qurulmalardan yoki domkratlardan foydalaniladi. Beton kerakli mustahkamlikka erishgandan so‘ng, barcha tayanch tizimi bo‘shatiladi va keyingi zonaga qo‘chirilib belgilangan holatda mahkamlanadi.
Echilmaydigan qoliplar sifatida asosan yopqa devorli temirbeton plitalar qo‘llaniladi. Ularning qalinligi 8…10 sm uzunligi 4…5 m va eni 23 m ni tashkil qilib inshoot konstruksiyasi tashqi sirtiga mos ravishda o‘rnatilib, keyinchalik inshoot tarkibida qolib ketadi. Bunday turdagi qoliplar betonlashtiriladigan konstruksiyaning tayanch metall konstruksiyalariga mahkamlanadi.
Qurilish amaliyotida qo‘llaniladigan maxsus qoliplar asosan beton koplamasining sirtqi qismlarining yuqori darajada zich va mustahkam bo‘lishini ta’minlashda qo‘llaniladi. Bunday qoliplar turkumiga kiruvchi vakuum-qoliplar to‘g‘risida yuqoridagi paragrafda batafsil ma’lumotlar berilgan edi. Tuzilishi, o‘rnatilishi va qo‘llanish sharoitlari vakuum-qoliplarga yaqin bo‘lgan suv shimuvchan qoliplar ham mavjud. Asosiy farqli tomoni, bunday qoliplarning ishchi organi bo‘lgan shitlari yuzasi suv shimadigan materiallar bilan qoplanadi. Qolip yuzasidagi bunday koplamalar beton qorishmasining tarkibidagi ortiqcha suvlarni shimib oladi va natijada beton sirtqi qismining 10 - 15 sm qalinligida yuqori darajada zichlik va mustahkamlikka erishiladi. Maxsus qoliplar turkumiga, shuningdek kish davrida betonlashtirish jarayonida ko‘p qo‘llaniladigan issiqlikni to‘suvchi qoliplar ham kiradi. Bunday qoliplar sifatida echilib-yig‘iladigan, asosiy ishchi organi–ikki katlam shitli qoliplardan foydalaniladi. Ikki qatlam shaklida o‘rnatiladigan shitlar orasida ma’lum miqdorda bo‘shliq bo‘lib, u yog‘och qipiqlari bilan to‘ldirilishi mumkin. Har ikkala shit yuzalari voylok yoki tol bilan qoplansa qolipning issiqlikni to‘sish qobiliyati yanada oshadi. Ba’zi sharoitlarda (havo harorati ancha past bo‘lganda) hatto mutaxassislar tomonidan qoliplarni sun’iy ravishda elektr qizdirgichlar yoki issiq bug‘lar yordamida maxsus qurilma va tizimlar orqali issitish kabi tadbirlar ham taklif qilingan.
Vertikal o‘rnatilgan qoliplar ishchi yuzasiga (shitlariga) quyidagi gorizontal kuchlar ta’sir qiladi:
R = R1 + R2 + R3 + R4 ; kg/m2 (3.20 )
Bu erda: R1 - beton qorishmasining yon tomonlama bosim kuchi, kg/m2
R2 -beton qorishmasini qoliplangan blok ichiga to‘kishda yuzaga
keladigan siltanish kuchi, kg/m2
R3 - beton qorishmasini zichlash jarayonida yuzaga keladigan
titratish kuchi, kg/m2
R4 - qolipga bo‘ladigan shamol ta’sir kuchi, me’yoriy
hujjatlardan olinadi, kg/m2
Beton qorishmasining yon tomonlama bosim kuchini, gidrostatik bosim kuchini aniqlash formulasi bo‘yicha hisoblash mumkin:
R1 = b.k. Hmaks ; kg/m2 (3.21)
Bu erda: b.k.- bir metr kub (1m3) beton qorishmasining hajmiy og‘irligi, kg/m3
Hmaks- qolip oldidagi beton qorishmasining maksimal chuqurligi, m
Qoliplar tayyorlanadigan yog‘och materiallariga dastlabki ishlovlar berish (yog‘ochni quritish, pustlog‘ini yo‘nish, arralash, silliqlash va hakozolar) qurilishning yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida amalga oshiriladi. SHundan so‘ng, qoliplar maxsus qolip tayyorlash sexlarida tayyorlanadi. Agar, qurilishda yog‘ochni qayta ishlash korxonasi bo‘lmasa, dastlabki ishlov berish jarayoni qolip tayyorlash sexining hovlisida ham amalga oshirilishi mumkin.
Qolip tayyorlash sexi tarkibiga quyidagilar kiradi: materiallar ombori; tayyorlov bo‘limi; yig‘ish va ta’mirlash bo‘limi; tayyor mahsulotlar ombori.
Tayyorlov bo‘limida qoliplarning barcha elementlari yasaladi keyingi bo‘limga yig‘ish uchun o‘tkaziladi. Tayyorlangan qoliplar va tayanch konstruksiyalari omborlarda belgilangan qoidalar bo‘yicha saqlanadi.
Temirbeton plita-qoliplar, temirbeton buyumlari tayyorlash zavodlari yoki poligonlarida tayyorlanadi. Ularni tayyorlash texnologiyasi, yig‘ma temirbeton mahsulotlarini tayyorlash jarayonlaridan deyarli farq qilmaydi.
Qoliplarni belgilangan joyiga o‘rnatish kranlar eki ko‘tarma qurilmalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. SHuningdek, bunday mexanizmlardan armatura konstruksiyalarini o‘rnatishda va beton qorishmasini qurilish bloklariga uzatishda ham foydalaniladi.
Beton minimal darajadagi mustahkamligiga erishishi bilan qoliplar echib olinishi tavsiya qilinadi. Bunda, qolipning betondan ajralishi oson kechadi va natijada ularning shikastlanishi oldi olinib, qayta ishlatish imkoniyati oshadi. Qoliplarni echib olishda mix sug‘irgich, lomlar va richaglardan foydalaniladi.
Agar betonlashtiriladigan konstruksiyalar egilishga (bukilishga) ishlasa, qorishma qotish jarayonida qoliplar ham ma’lum darajada tayanch vazifasini bajaradi. Bunday sharoitlarda beton o‘zining 70-100% hisobiy mustahkamligiga erishguncha qoliplar echilmasligi kerak. YOz davrlarida beton 70% hisobiy mustahkamlikka erishishi uchun taxminan 10…15 sutka, 100% uchun esa 28-30 sutka talab qilinadi.
Qoliplarning ishchi yuzasiga betonning yopishishini kamaytirish maqsadida ham bir qator tadbirlar o‘tkazish mumkin. YA’ni, ishchi yuzaga suv, gil tuproq, mashina moyi, sement-suv-moy aralashmalarini, avtol, nigrol va boshqa turdagi neft mahsulotlarini suv, sodalar bilan aralashtirib surish tavsiya etiladi. Agar ishchi yuzalar shishaplastik materiallardan bo‘lsa, ularga polivinil spirtlar, suv-glitserin aralashmasi suriladi. Aralashmalar ishchi yuzalarga buyoq purkagichlarda yupqa qatlam qilib sepiladi. Ushbu tadbirlar betonning qolip yuzasiga yopishishini 3-4 martaga kamaytiradi.




  1. Download 1.06 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling