5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja
Quruq va issiq iqlim sharoitida beton qorishmasiga qarov usullari, materiallari, jihozlari va texnologik jarayonlarni loyixalash
Download 1.06 Mb.
|
5-ma\'ruza
Quruq va issiq iqlim sharoitida beton qorishmasiga qarov usullari, materiallari, jihozlari va texnologik jarayonlarni loyixalash.
Er kurrasining 60% dan ortik quruqlik zonasida bir yil ichida 100-120 kundan ortiq davrda quruq issiq havo xukmronlik qiladi. O‘zbekiston respublikasida, ayniqsa tekislik zonalardagi va janubiy viloyatlarda yoz davrida havoning kunduzgi o‘rtacha harorati +200S…+300S va undan xam yuqori bo‘lib, nisbiy namlik 50% kam bo‘ladi. Bundan tashqari, cho‘l-taqirlik xududlarda kuchli issiq garmsel shamollarning tez-tez takrorlanishi kuzatiladi. SHuningdek sutka davomida, kecha va kunduz almashinishida havo harorati va nisbiy namligining keskin o‘zgarishi yuzaga keladi. Bunday ob-havo sharoitlari bir qator murakkab omillarni yuzaga keltiradi va ular o‘z navbatida beton ishlarini olib borish jarayonlarini jiddiy ravishda qiyinlashtiradi. Beton qorishmasi harorati yuqori bo‘lishi, qo‘shiladigan suv mikdorini oshirishni talab qiladi va bunda betonni belgilangan mustahkamlikka erishishi uchun sement mikdori ko‘paytirilishi kerak. Qorishmani tashish jarayonida, uning qovushqoqligi pasayishi, quruqlashishi, betonni yotqizish, zichlash va parvarishlash jarayonlari texnologiyasi buzilishiga olib keladi. SHuningdek, issiqda qovjiragan beton o‘zining 30 sutkalik yoshida 50% gacha mustahkamligini va bir qator fizik-mexaniq xossalarini yo‘qotishi mumkin. Beton qorishmasi tarkibidagi suvning bug‘lanish tezligi tashqi muxit harorat-namlik harakteristikalariga yuqori darajada bog‘liqdir. Masalan, tashqi muhit havo harorati +200S, namligi 70% va shamol tezligi 5 m/s bo‘lsa, qorishma yuzasidagi suv bug‘lanish jadalligi 0,3 kg/m2 tashkil etadi. Xuddi shunday shamol tezligida havo harorati +350S va namligi 30% bo‘lsa bug‘lanish ko‘rsatkichi to‘rt marta yuqori, ya’ni 1,2 kg/m2 bo‘lishi mumkin. SHunday sharoitda shamol tezligi 10 m/s dan oshsa bug‘lanish jadalligi yana ikki martaga ko‘tariladi. Jazirama issiq iqlim sharoitida betonlashtirishdagi eng nozik masalalardan biri – bu qorishmani yotqizilgandan so‘ng, dastlabki bir necha soatlar ichida davom etadigan plastik torayish jadalligini nazorat qilishdan iboratdir. Jadal ravishda yuzaga keladigan plastik torayishlar betonning umumiy deformatsiya torayishiga keskin ta’sir qilib, xatto uning shaklini uzgarishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek betonning sirtki qatlamlarida tortishish kuchlanishlar yuzaga keladi va agar ular beton erishgan mustahkamlikdan yuqori bo‘lsa, turli o‘lchamdagi yoriqlar paydo bo‘ladi. YOriqlar uzunligi 1…1,5 m, chukurligi 100…200 mm, kengligi 3…5 mm va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Plastik torayishlar ayniqsa temir-beton konstruksiyalar uchun ancha zararli hisoblanadi. Quruq issiq iqlim sharoitli xududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri kunduzgi va tundagi havo haroratlari o‘rtasida katta farq bo‘lishidir. Bunday farq ba’zi xollarda +450S gacha bo‘lishi mumkin. Ayniksa, erta bahor va kuz oylarida kechkurun (tunda) suv muzlash va kunduz kunlari +100…+150 S gacha havo isishi mumkin. Bunday iqlim sharoiti parvarishlanayotgan betonlar uchun ancha noqulayliklarni yuzaga keltiradi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqkan xolda, issiq quruq iqlim sharoitlari xususiyatlarini, beton tayyorlash jarayonlaridan boshlab inobatga olish zarur. Bunday sharoitlarda beton qorishmasini tayyorlashda asosan yuqori markali tez qotuvchan portlandsementlar qo‘llanilishi tavsiya qilinadi va ularning markasi beton markasidan kamida 1,5 marta yuqori bo‘lishi kerak. Tez kotuvchan portlandsementlardan tayyorlangan beton qorishmasi kotish jarayoni ancha tez kechadi, shuningdek qorishmadan namlik chiqish darajasi ham kam bo‘ladi. Ammo bunday turdagi sementlar tanqis va qimmatligi tufayli keng ko‘lamda foydalanish imkoniyati chegaralangan. SHu sababli, boshqa turdagi sementlar qo‘llanilayotganda, beton qorishmasining qovushqoqligini (qo‘g‘aluvchanligini) oshirish, yotqizilishini yaxshilash va kotish jarayonini tezlashtirish uchun maxsus kimyoviy qo‘shimchalardan xam foydalanish tavsiya qilinadi. Qorishmaning qovushqoqligini oshirishda sulfat achitqisidan; qotish jarayonini tezlashtirish uchun nitrat kalsiy Ca(NO3)2 yoki nitrit-nitrat xloridkalsiy Ca(NO2)2 + CaCl2 qo‘llanilishi mumkin va ularning miqdori sement massasining 0,1…0,3%dan oshmasligi kerak. Beton qorishmasini tayyorlash jarayonida shunga e’tibor berish kerakki, betonqorgichdan chiqadigan tayyor mahsulotning harorati +20…+250S dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Beton qorishmasi harorati +300S yuqori bo‘lsa uni transport vositasida tashish va yotqizish taqiqlanadi. CHunki, qorishma bunday holatda nixoyatda quyuqlashadi va uni bloklarda talab darajasida joylashtirish imkoniyati bo‘lmaydi. Beton qorishmasi haroratini pasaytirish uchun suv va to‘ldiruvchilarni sovitish bo‘yicha tadbirlar qo‘llanilishi mumkin. Suvni sovutish uchun maxsus havzalarga maydalangan muz bo‘laklari tashlanadi. To‘ldiruvchilarni sovutishning oson usuli, ularni namlab, qadoxlashdan oldin sovuq bosimli havo ta’sirida shamollatiladi. Beton qorishmasini tashish jarayonida esa imkoni boricha tezligi yuqori bo‘lgan transport vositalari tanlanib, ularning yuk holatda tuxtovsiz harakatlanishi bo‘yicha barcha choralar qurilishi kerak. Tashish davomiyligi qorishma harorati +250S bo‘lganda –30…50 min., +300S bo‘lganda –15…25 min. va +300S dan yuqori bo‘lganda –10…15 min. oshmasligi kerak. Beton qorishmasini yotqizishdan oldin, birinchi navbatda uning qovushqoqligi (qo‘g‘aluvchanligi) tekshirib qurilishi kerak va sezilarli darajada kamchiliklar yuzaga kelgan bo‘lsa qorishmani tayyorlash va tashish jarayonlariga tegishli uzgartirishlar kiritilishi lozim. SHuningdek, beton qorishmasi yotqizilishi oldidan, betonlashtiri-ladigan blok quyosh nurlari ta’siridan himoyalanishi, qolip va metall konstruksiyalar sovuq suv bilan namlanib, shamollatib sovutilishi kerak. O‘ziga suv shimib oladigan qoliplardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Parvarishlashning dastlabki davrlarida (beton qorishmasi yotqizilgandan so‘ng 6…10 soat ichida), ya’ni beton minimum 0,5 Mpa mustahkamlikka erishmaguncha, uning suv bilan muloqatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. CHunki, qizigan beton qorishmasiga sovuq suv tegishi bilan beton sirtida harorat kuchlanishi yuzaga kelib, yoriklar paydo bo‘lishi mumkin. Demak, asosiy tadbirlardan biri – yangi yotqizilgan beton qorishmasini kuyosh nurlaridan, shamoldan himoyalash yo‘li bilan uning kovjirashi va suvsizlanishi oldini olish kerak. Umuman olganda, tashki muhit sharoitlari, betonlashtirish konstruksiyalari o‘lchamlari va boshqa bir qator omillarni inobatga olgan xolda parvarishlashning boshlang‘ich davri davomiyligini qurilish laboratoriyasi tomonidan belgilanadi. YAngi yotqizilgan beton qorishmasining namligini saqlash uchun uning sirtini namlikni ushlovchi materiallar bilan qoplash uslublari ham keng qo‘llaniladigan oddiy tadbirlardan hisoblanadi. Bunday tadbirlarda turli xil materiallar (qumlar, matolar, yog‘och qipiqlari va hakozolar) qo‘llanilishi mumkin. Keyingi paytlarda bunday tadbirlarning yuqori samaradorligiga erishish uchun, namlikni ushlovchi materiallar sifatida och rangli polietilen plenkalar xam keng qo‘llanilmokda. SHuningdek beton sirtini qoplashda lak-etinol, bitum-emulsiyasi va boshqa turdagi materiallar qo‘llanilishi mumkin. Beton yuzasini bunday materiallar bilan koplashda asosan maxsus purkagichlar qo‘llaniladi va agar ish fronti ancha katta bo‘lsa (ya’ni betonlashtirilgan yuza katta bo‘lsa) maxsus purkagich qurilmali mashinalar qo‘llanilishi ham mumkin. Betonni parvarishlashning boshlang‘ich davri tugagandan so‘ng (qorishma yotqizilib 6…10 soat utgach), nazorat qilishning asosiy davri boshlanadi. Issik quruq iqlim sharoitida parvarishning bu davrida beton konstruksiyasi yuzasi gorizontal bo‘lsa, uni 30…50 mm qalinlikdagi suv qatlami ostida saqlash tavsiya qilinadi. Suvni beton yuzasida saqlash uchun konstruksiya atrofidagi qoliplar zahira qismidan foydalaniladi yoki maxsus chegaralovchi devorchalar ham o‘rnatilishi mumkin. SHuni qayd qilish kerakki, bunday tadbirlar uchun qo‘llaniladigan suv harorati beton tanasidagi harorat bilan bir xil bo‘lishi, albatta shart. Aks xolda, beton sirtida harorat zurikishi yuzaga keladi. Quruq issiq iqlim sharoitlarda betonning qotish jarayonini tezlashtirish uslublarini qo‘llash ham samarali hisoblanadi va bunda keyingi parvarishlash davrlarida, ko‘p mehnat sarflari talab qiladigan tadbirlarni o‘tkazishga xojat qolmasligi mumkin. CHunki tez orada belgilangan mustahkamlikka erishgan beton tashki muhit salbiy ta’sirlariga ancha chidamli bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, quruq issiq iqlim sharoitlari beton ishlarini bajarishdagi barcha jarayonlar uchun bir qator noqulayliklar yuzaga keltiradi. Asosiy maqsad – betonning va undan tiklanadigan konstruksiya va inshootlarning loyihaviy belgilangan mustahkamligini va ularning uzoq davr ekspluatatsiya jarayonida barqaror ish faoliyatini ta’minlash bo‘lsa, bunga erishish uchun turli xil murakkab, ko‘p mehnat sarflari talab qiladigan texnologik tadbirlar o‘tkazilishi shart bo‘ladi. Ammo, shuni qayd qilish kerakki quruq issiq iqlim sharoitlarda beton ishlarini bajarish, asosiy qurilish jarayonlarini mahalliy ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlardan kelib chiqib tashkil qilish ham texnik-iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Bunda, birinchi navbatda tashqi muhit haroratini inobatga olib, asosiy ish jarayonlari bo‘yicha ish smenalarini belgilash, kunning harorati maksimal darajaga ko‘tarilganda, betonlashtirish ishlarini butunlay tuxtatish, imkoni boricha kechkurungi ish smenalarini va ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling