5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


-rasm. Suv ostida betonni yotqizish usullari va sxemalari


Download 1.06 Mb.
bet7/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

17.1-rasm. Suv ostida betonni yotqizish usullari va sxemalari
a – quvurni vertikal haraaktlantirish; b – yirik to‘ldiruvchilarga qum – sement aralashmasini singdirish; v - o‘zicho‘kar oqimlar usuli; g- suv chuqurligi kata bo‘lmaganda qorishmani shibballash usuli; d – botirish varonkasi; e – titratgichli quvurlar; j – suv osti betonlashtirish jarayonlari umumiy ko‘rinishi; z – suv ostida betonlashtirish usuli bilan konstruksiyani ta’mirlash.
1 – quvur; 2 – shakl hosil qiluvchi chegara qolip; 3 – o‘zi cho‘kar yashik; 4 – suzuvchi kran; shibbalanadigan qorishma; 6 – voronka; 7 – titratgich; 8 – beton qorishmasini uzatish uchun quvur; 9- zatvor.

Suv ostida betonlashtirishning yana bir usuli qorishmani singdirish usuli bo‘lib, bunda betonlashtiriladigan joyga (blokka) tashlangan shagal yoki chaqiq tosh tukmasiga diametri 4,0…10 sm bo‘lgan quvurlar orkali sement yoki sement-qum aralashmasidan tayyorlangan qorishma yuboriladi. Quvurning pastki qismi shagal tukmasiga kamida 0,5 m chukurlikda botishi kerak va undan bosim ostida chiqadigan qorishma 2-3 m radius zonada yirik donador materiallar bo‘shliklarini to‘ldiradi. (17.1, b –rasm)


Agar, betonlashtiriladigan joyda suv chuqurligi 1,5 m dan oshmasa, suv ostida betonlashtirishning betonni shibbalash usuli qo‘llanilishi mumkin va unm amalga oshirish texnologik sxemasi (17.1,g – rasmda) ko‘rsatilgan. SHuningdek favqulotda holatlarda, avariya sodir bo‘lgan sharoitlarda beton qorishmasi zarur joylarga maxsus mustahkam qoliplarga joylanib yotqizilishi xam mumkin. (17.1 , v – rasm )



  1. Sovuq iqlim sharoitida beton ishlarini bajarish

Tashki muhit o‘rtacha havo harorati +50S dan va sutka davomidagi minimal harorat 00S dan past bo‘lgan sharoitlarda beton ishlari maxsus ishlab chiqilgan texnologik qoidalarga rioya qilingan holda olib boriladi. Havo harorati 0 +50S dan pastga tushsa, yotqizilgan beton mustahkamligi usish jarayoni keskin ravishda sekinlashadi. Agar, havo harorati 00S dan xam pasayib ketsa, beton qorishmasi tarkibidagi suv muzlashi natijasida, gidrotatsiya jarayoni batamom to‘xtashi kuzatiladi. Beton qorishmasi qotish jarayonida muzlasa, bir qator salbiy okibatlar yuzaga keladi, ya’ni to‘ldiruvchilar yirik donalari atrofida suv yig‘ilib muzlashi natijasida keyinchalik bo‘shliqlar paydo bo‘lib, betonning bir jinsliligi, yaxlitligi buzilib, zichligi keskin pasaydi, shuningdek, beton bilan armatura o‘rtasidagi bog‘lanish nihoyatda ojizlashadi. YUqorida aytilganlarni inobatga olgan holda, shuni qayd qilish kerakki, beton qorishmasini tayyorlashdan boshlab, belgilangan mustahkamlikdagi beton hosil bo‘lishigacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarda harorat 00S dan yuqori bo‘lishi jiddiy ravishda talab qilinadi. Qish davrida betonni parvarishlash jarayoni, beton o‘zagining loyihaviy (qish davri uchun) yoki «chegaraviy» mustahkamligiga erishguncha davom ettiriladi (17.1-jadval).


Agar konstruksiyalar ekspluatatsiya jarayonida siqilishga ishlasa va davriy ravishda muzlash erish sharoitida bo‘lsa, beton markasi kanday bo‘lishidan kat’iy nazar «chegaraviy» mustahkamligi 70% kam bo‘lmasligi shart. Xuddi shunday sharoitlarda va konstruksiyalarga alohida ravishda suv o‘tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik talablari quyilsa «chegaraviy» mustahkamligi loyixaviy mustahkamlikining 100% ga teng kabul qilinadi.
Agar beton «chegaraviy» mustahkamlikka erishgandan keyin muzlasa, u erigandan so‘ng gidratatsiya jarayoni tiklanishi va loyixaviy yakuniy mustahkamlikka etishi mumkin. «CHegaraviy» mustahkamlikka etmasdan muzlab-erigan betonlarda sezilarli darajada asosiy sifat xossalarini yo‘qotadilar.
Parvarishlanayotgan beton muzlash-erish davridagi yoshi kancha kichiq bo‘lsa, u uz mustahkamligini yo‘qotish darajasi katta bo‘ladi. Masalan, muayyan sharoitda 28 sutkada hisobiy mustahkamligiga (100%) erishadigan, portlandsementdan tayyorlangan beton bir sutkadan so‘ng muzlasa, oxir-okibat uzining 50% gacha mustahkamligini yo‘qotadi. SHuningdek beton «chegaraviy» mustahkamligiga erishmaguncha va agar, u muzlagan bo‘lsa zinxor qoliplarni echish mumkin emas.
17.1 - jadval

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling