Test topshiriqlarining statistik tahlili testning sifatini oshirishda quyidagicha yordam beradi: Test topshiriqlarining statistik tahlili testning sifatini oshirishda quyidagicha yordam beradi: - tanlangan test uslubi qay darajada samarali ishlayotganini ko‘rsatib beradi; - test topshiriqlari test topshiruvchilarning ichidan o‘lchanayotgan domen va konstruktlarni egallaganlarni bu domen va konstruktlarni egallamaganlardan (bilimlilarni bilimsizlardan) qay darajada ajratayotganini aniqlab beradi; - har bir test topshirig‘i testning ichki barqarorligiga qay darajada hissa qo‘shayotganini aniqlab beradi. Statistik tahlil yordamida qaysi test topshiriqlari sifatli tuzilgan va testda ishlatsa bo‘ladi, qaysilarini qayta ishlash va qaysilaridan voz kechish kerakligi aniqlab olinadi. Statistik tahlil nafaqat test topshiriqlari aprobasiyasidan keyin, balki haqiqiy imtihondan keyin o‘tkazilishi lozim, chunki statistik tahlil orqali olingan ma’lumot test yordamida chiqariladigan xulosalarga ta’sir qilishi mumkin. Test topshiriqlarining sifat ko‘rsatkichlari. Test topshiriqlari statistik tahlilida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarga e’tibor berish lozim: Test topshiriqlarining sifat ko‘rsatkichlari. Test topshiriqlari statistik tahlilida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarga e’tibor berish lozim: - test topshiruvchilar javoblarining distraktorlar bo‘yicha taqsimoti; - test topshirig‘ining DIF ko‘rsatkichi. Statistik tahlilni maxsus dasturlar (masalan, Statistical Package for the Social Sciences – SPSS dasturi) yoki Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Excel dasturi yordamida amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |