Misol uchun, 7 kishi test topshirdi va ularning ballari quyidagicha bo‘ldi: 10, 9, 9, 8, 7, 6, 5 O‘rta arifmetikni hisoblash uchun: - jami ballar yig‘indisini olamiz: 10+9+9+8+7+6+5=54; - natijani test topshiruvchilar soniga bo‘lamiz: 54/7=7,7. Demak, o‘rta arifmetik 7,7ga teng. Boshqa bir misol: 8 kishi test topshirdi va ularning ballari quyidagicha bo‘ldi: 8, 7, 7, 6, 5, 4, 4, 3 O‘rta arifmetikni hisoblash uchun: - jami ballar yig‘indisini olamiz: 8+7+7+6+5+4+4+3=44; - natijani test topshiruvchilar soniga bo‘lamiz: 44/8=5,5. Demak, o‘rta arifmetik 5,5ga teng. Mediana – test natijalarini kamayish ketma-ketligida joylashtirganimizda ketma-ketlikni teng ikkiga ajratuvchi son. Yuqoridagi birinchi misolimizda: 10, 9, 9, 8, 7, 6, 5 mediana 8ga teng, chunki 8 sonigacha 3ta raqam va 8 sonidan keyin ham 3ta raqam joylashgan. Yuqoridagi ikkinchi misolimizda: 8, 7, 7, 6, 5, 4, 4, 3 mediana 5,5ga teng, chunki o‘rtadagi 6 va 5 sonlarigacha 3ta raqam va bu sonlardan keyin ham 3ta raqam joylashgan, o‘rtada ikkita son bo‘lib qolganda esa ularning o‘rta arifmetik qiymati olinadi: (6+5)/2=5,5. Moda – raqamlar ketma-ketligida eng ko‘p uchraydigan raqam. Ayrim hollarda raqamlar ketma-ketligida bittadan ortiq moda bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi birinchi misolimizda: 10, 9, 9, 8, 7, 6, 5 moda 9ga teng, chunki 9 raqami ikki marta uchragan, qolgan raqamlar bir martadan uchragan. Yuqoridagi ikkinchi misolimizda: 8, 7, 7, 6, 5, 4, 4, 3 ikkita moda mavjud: 7 va 4. Bu har ikki raqam ikki martadan uchragan, qolgan raqamlar esa bir martadan uchragan. Agar test test topshiruvchilar guruhi uchun juda oson bo‘lsa, yuqori ballar ko‘p bo‘ladi hamda mediana va moda o‘rta arifmetikdan katta bo‘ladi. Bunday test natijalari grafigi manfiy qiyshaygan (chapga qiyshaygan) deyiladi. Agar test test topshiruvchilar guruhi uchun juda qiyin bo‘lsa, past ballar ko‘p bo‘ladi hamda moda va mediana o‘rta arifmetikdan kichik bo‘ladi. Bunday test natijalari grafigi musbat qiyshaygan (o‘ngga qiyshaygan) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |