5-ma’ruza: Meva va uzumlarning kimyoviy tarkibi, Hamda ularni yig‘ib-terib olish reja
Olmaning terimbop bo‘lib etilgan davrida po‘stining pishiqligi
Download 66.19 Kb.
|
portal.guldu.uz-5-Mavzu
Olmaning terimbop bo‘lib etilgan davrida po‘stining pishiqligi
(V. Franchuk ma’lumoti)
Masalan, olmaning Antonovka navi Shimoliy Kavkazda yozgi, Ukrainada kuzgi, Moskva rayonlarida esa qishki nav deb hiooblanadi. Odatda nok urug‘i jigarrang tusga kira boshlagan vaqtda teriladi. Behi terimbop bo‘lib etilgan davrda, ya’ni rangi yashil tusdan och sariq tusga kirganda terib olinadi. Qishki nav behilar barglari to‘kilgandan so‘ng teriladi. Danakli mevalar asosan to‘liq pishish davridan sal ilgariroq terib olinadi. Ularni yig‘ish muddati naviga, mevaning qattiq-yumshoqligiga, ishlatilish maqsadiga va yuboriladigan joyning masofasiga qarab belgilanadi. Mevasi sariq rangdagi o‘rik navlari meva po‘sti somon rangga kirganda, oq rangdagi o‘rik navlari esa meva po‘sti och yashil va oq tusga kirganda teriladi. Odatda turshak qilish uchun o‘rik etilgan bo‘lishi, uzoq joylarga jo‘natiladigan o‘riklar esa to‘liq etilishidan 3–4 kun oldin teriladi. Konserva qilinadigan o‘riklar pishgan vaqtda teriladi. Konserva qilinadigan va uzoqqa jo‘natiladigan shaftoli ko‘p hollarda to‘la etilishiga 3–5 kun qolganda teriladi. Bunda sariq shaftoli ko‘kish-sariq, sariq yoki oltin rang sariq tusli, oq shaftoli esa ko‘kish-sariq yoki och sariq tusga kirishi, etining yashil rangi oqish tus olishi lozim. Shaftolining pishganligini aniqlash uchun uni barmoq bilan bosib ko‘rish yaramaydi, uning bosilgan joyi zararlanib mazasi buziladi. Shaftoli mevasining hammasi bir vaqtda etilmaydi shu sababli uni terishda tanlab terish usulidan foydalaniladi. Uzoq joylarga yuboriladigan gilos birmuncha xomligida, qattiq vaqtida, to‘la etilishidan 5–7 kun ilgari teriladi. Juda erta terib olingan olcha va gilos saqlash davrida yaxshi mazali bo‘lib pishmaydi. Olcha uzoqqa jo‘natish uchun yaroqsiz meva hisoblanadi. Konserva qilish uchun olcha va gilos to‘liq etilishiga 3–5 kun qolganda yig‘ishtiriladi. Pushti rangli giloslar pushti, qora giloslar to‘q qizil, sariq giloslar sarg‘ish rangga kirganda teriladi. Konserva qilish uchun mo‘ljallangan olxo‘ri to‘liq etilishi davridan 10–14 kun ilgari teriladi, uzoqqa jo‘natiladigani esa to‘liq etilishidan 5–7 kun ilgari teriladi. Bu vaqtda olxo‘ri qattiqroq bo‘lib, navga xos rangga kira boshlaydi. Quritish uchun olxo‘ri to‘liq pishib etilganida teriladi. Xom uzilgan olxo‘ri so‘lib qoladi va mazasi bo‘lmaydi. Download 66.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling