5-ma’ruza: Meva va uzumlarning kimyoviy tarkibi, Hamda ularni yig‘ib-terib olish reja


Download 66.19 Kb.
bet7/8
Sana02.05.2023
Hajmi66.19 Kb.
#1422563
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
portal.guldu.uz-5-Mavzu

5.7. Meva va uzumlarni joylash
Meva va uzumlarni saralash va uni joylashtirish ishlari maxsus binolarda olib boriladi. Bunday binolar yorug‘, toza va asosiy yo‘ldan chetroqda qurilgani ma’qul.
Odatda urug‘li mevalar terilgandan keyin 36 soatdan kechiktirilmay, danakli mevalar esa ikkinchi kuniyoq saralanib jo‘natilishi lozim.
Meva va uzumlar saralangandan keyin jo‘natish uchun yashiklarga joylanadi. Joylanadigan yashiklarni meva va uzumlarning biologik xususiyatlariga va saqlanuvchanligiga, shu bilan birga ularning turi, navi, tovar sorti, etilish darajasi, ishlatilish maqsadi va tashiladigan joyning masofasiga qarab tanlanadi. Shu sababli meva va uzumlarni joylashda turli o‘lchamli yashiklardan foydalaniladi.
Urug‘li mevalarning yuqori tovar sortlari uzoq vaqt saqlashga qo‘yilganda qog‘ozga o‘ralib, oralariga qirindi solinsa yaxshi saqlanadi. Mevalar orasiga solinadigan qirindida yoqimsiz hid bo‘lmasligi, uning namligi esa 20% dan oshmasligi lozim. Mevalar qog‘ozga o‘ralganda ular ajratgan karbonat angidrid uning ichida saqlanadi va mikroorganizmlarning rivojlanishiga noqulay sharoit tug‘diradi. Shu bilan mevaning rangi yaxshi saqlanadi va buzilgan mevalar yonidagisini kam zararlaydi.
Meva va uzumlar yashiklarga qatorlab va to‘kma qilib joylashtiriladi. Ko‘pincha, urug‘li mevalar qatorlab, danakli mevalardan–olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik kabi mayda mevalar to‘kma qilib joylanadi. Yaqin masofaga jo‘natiladigan va tezda iste’mol qilinadigan mevalar ham to‘kma qilib joylanadi. Mevalar yashiklarga qator qilib, shaxmat va diagonal usulda joylashtiriladi.
Sabzavot meva mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan yashiklarning xarakteristikasi

Yashikning nomeri

Yashikning o‘lchamlari, mm

Yashikning hajmi, dm

Yashikka solishga ruxsat etilgan mahsulotlar

uzunligi

eni

balandligi

93

475

285

126

17,1

Uzum, danakli mevalar, pomidor, ko‘katlar

95

570

380

152

32,9

Tsitrus mevalar, nok, xurmo, olma

96

570

380

266

57,6

Olma, bodring, rangli karam, qovun, baqlajon, piyoz, sarimsoq

105, 106

570

380

380

82,3

Karam, qovoq va boshqalar

Urug‘li mevalarni yashiklarga joylashtirishda uning yonlariga va ostiga qog‘oz to‘shaladi, so‘ngra 2–3 sm qalinlikda mayin qirindi to‘kiladi. Qavatlar va mevalar orasiga ham qirindi solinadi. Mevaning eng yuqori qavati ustiga qog‘oz to‘shalib, keyin qirindi solinadi. Shunga e’tibor berish lozimki, mevalar yashikka joylanganda juda ko‘p yoki kam bo‘lmasligi kerak. Mevalar ko‘p bo‘lsa eziladi, kam bo‘lsa silkinishdan aralashib ketadi va natijada qorayadi.


Uzoq masofaga jo‘natiladigan kechki mevalar joylangan, mumlangan yoki sulfatlangan qog‘ozlarga o‘raladi. Qog‘ozga o‘ralgan mevalar tezda pishib etiladi. Mevalar qog‘ozga o‘ralganda alohida-alohida qilib o‘raladi. Qog‘oz kam bo‘lgan taqdirda, mevaning bir qavati o‘ralib, navbatdagi qavati o‘ralmay joylashtirilishi mumkin.
Mevalar yashiklarga to‘kma qilib joylashtirilganda ostki va ustki qavatdagilari terib chiqiladi. Bunda mevalar yashiklarga yaxshi joylashadi. Yashik tagiga esa qog‘oz to‘shalib, biroz qirindi solingach, mevalar ehtiyotlik bilan to‘kiladi va asta-sekin tekislab boriladi. Mevalar yaxshi joylanishi uchun yashiklar bir necha marta silkitiladi. So‘ngra ustiga qirindi solinib qog‘oz to‘shaladi va yashik tagiga solingan qog‘ozning uchlari bilan o‘raladi.
Uzumni idishlarga joylashtirishdan oldin obdan saralanadi va bandlari kesilib (bandi 2sm dan oshmasligi kerak) joylashtiriladi. Uzoq vaqt saqlash uchun g‘ujumlari bir-biriga yopishib ketmagan uzum boshlari xillanadi. Yashiklarga uzum biroz nishab qilib joylashtiriladi. Ochiq joylariga uzum shingillari solinadi. Uzum joylashtirib bo‘lgandan so‘ng ustiga qogoz qo‘yilib berkitiladi.



Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling