5-ma’ruza: Meva va uzumlarning kimyoviy tarkibi, Hamda ularni yig‘ib-terib olish reja


Meva va uzumlarning sifat ko‘rsatkichlari


Download 66.19 Kb.
bet6/8
Sana02.05.2023
Hajmi66.19 Kb.
#1422563
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
portal.guldu.uz-5-Mavzu

5.6. Meva va uzumlarning sifat ko‘rsatkichlari
Meva va uzumlarning sifatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichi uning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi. Mevalar tashqi ko‘rinishidan mexanik shikastlanmagan, po‘sti teshilmagan, ezilmagan, turli xil o‘simtalarsiz hamda dog‘siz bo‘lishi lozim. Po‘sti shikastlangan mevalar tez buziladi, shuning uchun ularni birinchi navbatda sotishga qo‘yiladi.
Mevalar terim vaqtida qattiq urilganda va siqilganda zahalanadi. Zahalangan mevalarning po‘sti shikastlanmaydi, ammo etning shikastlangan joyi qorayadi. Po‘sti to‘q rangli mevalar etining qorayganligi bilinmaydi. Odatda po‘sti shikastlangan mevalar tovar sortlarga kiritilmaydi. Mevalarda mevaband eti bilan birga uzib olinsa, ko‘pincha shu joyidan buzila boshlaydi. Shu sababli mevabandsiz mevalar ham nuqsonli mevalar jumlasiga kiritiladi.
Do‘l urishi natijasida mevalarning po‘sti teshiladi va keyinchalik yara pukaklanib bitib ketadi. Mevalarni terish oldidan do‘l ursa hosil bo‘lgan yaralar bitmaydi va ular nuqsonli mevalar hisoblanadi.
O‘zbekistonda mevalarni zararkunandalar juda ko‘p shikastlaydi. Ayniqsa olma qurti shikastlagan mevalar juda ko‘p uchraydi. Qurt mevalarni teshib yaralaydi va bu yaralar bitib ketmaydi.
Meva va uzumlarni tovarlik xususiyatlariga va ularning sifatiga kasalliklarning ham ta’siri katta. Ayniqsa, dog‘lanish kasalligi (klyasteroskonium), qurum zamburug‘i o‘rik, olma va nokni ko‘p shikastlaydi. Uzumni esa oidium kasalligi ko‘p zararlaydi. Ushbu kasalliklar bilan kasallangan uzumlar ko‘pincha asosiy tovar sortga kiritilmaydi.
Mevalarda agrotexnik tadbirlarning buzilishi va ob-havo sharoitlarining ta’siri natijasida turli xil funktsional kasalliklar uchraydi.
Mevalarda, xususan olmaning tolali naychalar bog‘lamining nobud bo‘lishi natijasida meva po‘stida qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi. Mevalarni saqlash vaqtida bu dog‘lar qoraya boshlaydi va natijada ular chiriydi.
Ayniqsa ob-havoning noqulay sharoiti natijasida meva po‘stining po‘kaklanishi, oftobda kuyish, sovuq urish, shaklining o‘zgarishi, pishib etilmasligi, yorilishi va po‘stining ifloslanishi kabilar juda ko‘p uchraydi.
Mevalar oftobda salgina kuyganda uning rangi oqaradi, o‘rtacha kuyganda och rangli qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, dog‘larning tagidagi et sariq rangga kiradi. Agar meva qattiq kuysa, po‘sti po‘kaklashadi. Umuman kuygan mevalar yaxshi saqlanmaydi.
Uzumlar oftobda kuyganda oq uzumlar qizil-qo‘ng‘ir tus, qoralari esa ko‘kish-qo‘ngir tus oladi.
Mevalarni sovuq urganda ham ularni shakli o‘zgarib qo‘ng‘ir rangga kiradi. Mevalarni salgina sovuq urganda ularning po‘sti qo‘ng‘irroq tus olib, shakli o‘zgarib salgina yumshaydi. Qattiq sovuq urgan mevalarning eti qo‘ngir tusga kirib, sezilarli darajada yumshaydi. Muzlagan mevalarning muzi sekinlik bilan eriy boshlasa, ular sifatini yo‘qotmasligi mumkin. Aksincha muzi tez erisa, ularning rangi o‘zgarib chiriy boshlaydi. Uzumni sovuq urganda g‘ujumlar to‘kilib ketadi va qorayib qoladi.
Mevalar turli xil sabablarga ko‘ra yorilib ketadi. Odatda mevalar yarasi bitib ketgan joyidan yoriladi. Anor pishib o‘tib ketganida yoriladi. Mevalarda bitmagan yoriqlar bo‘lsa, ular asosiy tovar sortlariga kiritilmaydi.
Mevalarning pishish davrida ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida yoki ularga zaharli ximikatlar purkalganda po‘sti to‘r bilan qoplanadi, bunday mevalar tovar sortlarga ajratilmaydi.
Mevalar ko‘pgina noqulay omillar ta’sirida nav uchun xos kattalikda pishib etilmaydi. Shu sababli davlat standartida mevalarning o‘lchami ko‘rsatiladi.
Tokning guli yaxshi changlanmasa ham uzum kichikroq tugadi. Bunday uzumlar asosiy tovar sortga kiritilmaydi.
Mevalar pishib yetilganidan so‘ng ma’lum navga xos tus oladi. Saralashda navga xos rangning bo‘lmasligi uning tovar sortining pasayishiga olib keladi. Ayniqsa xom uzilgan mevalarda navga xos rang bo‘lmaydi, bunday mevalar tahir, mazasiz bo‘lib, po‘sti yupqaligidan va mum g‘uborsiz bo‘lganligidan tezda so‘liydi hamda burishib qoladi. Odatda bunday mevalar asosiy tovar sortlarga kiritilmaydi. Aksincha, pishib o‘tib ketgan mevalarning rangi xiralashadi, eti yumshab unsimon yoki shilliq holga kelib po‘sti yoriladi. Bunday mevalar ham asosiy tovar sortga qabul qilinmaydi.
Mevalarni saralashda ularning bir qator belgilariga e’tibor beriladi. Ularning rangi, shakli, bandining butunligi va shikastlanganligiga ahamiyat beriladi. Shu bilan birga asosiy e’tiborni mevalarning saqlashga chidamliligini pasaytiradigan nuqson va kamchiliklarga qaratish lozim. Mevalarning saqlashga chidamliligini asosan ularning shikastlanganligi, ezilganligi, po‘stining yupqalashuvi, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi pasaytiradi.



Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling