5-maruza: radiatsion nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta’siri


Rаdiоаktiv nurlаrni o’lchаsh аsbоblаri


Download 288.55 Kb.
bet5/9
Sana22.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1650487
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-Maruza Radiatsion nurlanish

10.5. Rаdiоаktiv nurlаrni o’lchаsh аsbоblаri
Nurlаnishlаr bilаn ish оlib bоrаyotgаndа insоn оrgаnizmigа tа’sir ko’rsаtаyotgаn nurlаnish dоzаsini vа ish jоylаridаgi nurlаnish miqdоrini bilib turish kаttа аhаmiyatgа egа. Shuning uchun hаm o’lchоv аsbоblаrigа kаttа аhаmiyat beriladi.
O’lchаsh аsbоblаrining ishlаsh tizimi iоnlаnish, stsintаlyatsiya vа fоtоgrаfiya usullаrigа аsоslаngаn. Bа’zi bir gаzlаr rаdiоаktiv nurlаr tа’siridа elеktr o’tkаzuvchаn bo’lib qоlish qоbiliyatigа egа. Iоnizаtsiya usuli shungа аsоslаngаn.
Stsintilyatsiya usuli esа gаz, kristаll vа eritmаlаrning iоnlаshtirilgаn nurlаnishlаrni yutishi nаtijаsidа ko’rinаdigаn nurlаr tаrqаtish хоssаsigа аsоslаngаn. Fоtоgrаfiya usuli iоnlоvchi nurlаnishlаr fоtоemulsiyagа tа’sir ko’rsаtishigа qаrаb bеlgilаnаdi.
O’lchаsh аsbоblаri rаdiоаktivlikni yoki zаrаrlаnish dоzаsini o’lchаydigаn turlаrgа bo’linаdi. Rаdiоmеtrik аsbоblаr rаdiоаktiv mоddаlаr qаnchа zаrrаchаlаr vа kvаntlаr аjrаtаyotgаnini o’lchаydi.
Dоzimеtrik аsbоblаr esа iоnlаshtirilgаn nurlаnishlаr qаnchа enyergiyani uzаtаyotgаni yoki ob’yektga tushаyotgаnini o’lchаydi.
Rаdiоmеtrik vа dоzimеtrik аsbоblаr umumаn sаnоаt kоrхоnаlаri hоlаtini o’lchаsh uchun hаmdа shахsiy nаzоrаt vоsitаsi sifаtidа ishlаtilishi mumkin. SHахsiy nаzоrаt hаr bir ishchi uchun ishlаtgаn dаvridаgi mа’lum vаqtlаrdа (mаsаlаn, kun yoki hаftа dаvоmidа) nurlаnishlаr dаrаjаsini аniqlаsh imkоniyatini beradi. Dоzimеtrlаr ishchi tаnаsining eng ko’p nurlаnish оlishi mumkin bo’lgаn qismigа o’rnаtilаdi.
10.6. Radiatsiyaga qarshi panajoylar, ularning ichki
jihozlanishi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylar radioaktiv (ifloslanish) zaharlanishiga odamlarni ion hosil qiluvchi nurlanishdan muhofaza qiladi. Bundan tashqari to‘lqin zarbasi, yoriqlik nurlari, oqib kiruvchi radiatsiya, neytron oqimi, teri va kiyimga radioaktiv moddalar tushishi, zaharli modda, bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Ko‘p qavatli binolarning yerto‘lalarida radiatsiyadan saqlanish uchun maxsus joy tayyorlash mumkin. Muhofazalovchi pana joylarni tayyorlashda yig‘ma temir-beton vositalaridan, g‘isht, yog‘och materiallar hamda toshdan foydalansa bo‘ladi.
Radiatsiyadan saqlashda devorlari muhofazalash xususiyatiga ega bo‘lgan yerto‘lalar, poliz mahsulotlari saqlanadigan omborlar va yer ustidagi binolardan foydalanish mumkin. Barcha eshik, derazalar va boshqa radiatsiya kirishi mumkin bo‘lgan teshik (mo‘ri)lar kigiz yoki yumshoq gazlama bilan zichlab yopiladi. Rana joy (30 nafar odamga mo‘ljallangan bo‘lsa) tabiiy havo oqimi bilan shamollatish va so‘ruvchi quti qo‘yiladi. So‘ruvchi quti shamollatgichdan 1,5-2 m. yuqorida qo‘yiladi. Sirtqi havo chiqaruvchi qutichaga qopqoq ishlanadi. Kirish joyiga yaxshilab qopqoqcha qilinadi.
Pana joyda suv va kanalizatsiya bo‘lmasa, bir kecha-kunduzga har bir odam uchun 3-4 litr suv, hojatxona, axlat to‘kiladigan o‘ra, oziq-ovqat uchun javon imkoniyatlari yaratiladi.
Yog‘ochdan tiklangan uylar radiatsiya koeffitsentini taxminan 100, toshdan ishlangan uylar 800, jihozlanmagan yerto‘la 7-12 marta, jihozlangan yerto‘lalar 350-400 marta kamaytiradi.
Nurlannshga qarshi panajoylar, ularning ichki jixozlanishi.
Kollektiv himoya vositalariga radioaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan himoyalovchi maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari va obyektlari kiradi. Ushbu inshootlar odamlarni yadro quroli, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga mo‘ljallangan.
Kollektiv himoya qilish vositalari fuqarolarni ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar ta’siridan to‘liq saqlaydi va ularning ikkinchi xiliga radiatsiyaga qarshi panajoylar kiradi. Ushbu inshootlar radioaktiv zararlanish paydo bo‘lgan joylarda odamlarni radiatsion zararlanishdan va yorug‘lik nurlanishdan himoya qiladi.
Bundan tashqari panajoylar o‘tuvchi radiatsiyadan (shu jumladan neytron oqimlaridan), qisman yadro portlashining zarb to‘lqinidan, zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan va bakterial vositalar aerozollarning bevosita odamlar terisiga va kiyim-kechaklariga tushishidan saqlaydi.
Radiatsiyaga qarshi panajoylarning radioaktiv nurlanishlaridan himoya qilish xususiyatlari, uning himoya koeffitsiyenti bilan baholanadi. Himoya koeffitsiyenti radiatsiyaga qarshi panajoyning radiatsiya ta’sirini necha marta kamaytirishini, fuqarolarning nurlanish dozasini qancha kam olishini ko‘rsatadi. Radiatsiyaga qarshi panajoylarning himoya koeffitsiyenti juda yuqori bo‘ladigan qilib quriladi. Masalan, yog‘och uylaridagi yerto‘lalar radiatsiya nurlanishini 7-12 marta kamaytiradi, g‘ishtli binolar esa 200-300 marta kamaytiradi.
Nurlanishga qarshi panajoylar mahalliy uskunalardan quriladi. Panajoylar qurilishi uchun avvalambor o‘ra (kotlovan) qaziladi va unga ustunlar o‘rnatiladi. Ustunlarni o‘rnatish uchun turli konstruksiyadagi: yalpi rom, rom-blok, sinch devor, temir beton va boshqa materiallardan foydalaniladi. O‘ralar va ustunlar orasidagi barcha teshik va yoriqlar tuproq bilan to‘ldiriladi. Panajoylarning qarama-qarshi tomonlariga qalin eshik quyiladi va bu yerdan tambur uchun joy ajratiladi. Kirish joylarning o‘lchami 80-180 sm. bo‘lishi kerak. Panajoy ichining balandligi 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak, polning yuzi bir odamga 0,5 metr, sig‘imi 5 tadan 50 ta odamgacha va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Panajoy ichiga suv yig‘iladigan kanal qaziladi, chiqish tomoniga qiyalab to‘g‘rilab qo‘yiladi.
Panajoy atrofida ham kanal qaziladi. Odamlar dam olishi uchun ikki qavatli so‘ri va kursilar o‘rnatiladi. Panajoyda havo beradigan qurilma bo‘ishi zarur. Havo haydaydigan yo‘llar yerdan 3 metr balandlikka joylashgan bo‘lishi kerak, shuning bilan birga panajoyni to‘satdan yuz beradigan portlashdan himoya qilishga moslab qurish kerak. Havo berish meyori panajoyda o‘tirgan bir kishiga soatiga 2-3 kub metr bo‘lishi kerak. Panajoyda ishlayotgan bir kishiga uchun havo berish meyori esa soatiga 5 kub metrni tashkil etish kerak. Panajoyga umumiy isitish tizimi tarmog‘i o‘tkaziladi. Suv bilan ta’minlash vodoprovod orqali amalga oshiriladi va albatta suv zahirasi tayyorlanib qo‘yiladi. Har bir kishi uchun suv zahirasi bir kunga 6 litrni tashkil qilishi kerak. Chiroq elektr tarmog‘idan olinadi, avariya holatlarida esa akkumulyatordan va kichkina elektrofonarlardan foydalanish mumkin.
Texnogen turdagi favqulodda vaziyatlar (kuchli ta’sir etuvchi moddalarning oqishi, tarqalishi) sodir bo‘lganda panajoylarda ishchi va xizmatchilar hamda aholini hayot faoliyatini ta’minlashni tashkil etish va o‘z vaqtida bu borada kerakli tadbirlarni olib borish usullari qonunda ko‘rsatilganidan obyekt rahbari- fuqaro muhofazasi boshlig‘ining zimmasiga yuklatiladi.

Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling