5-ma’ruza tabiatdan foydalanish tushunchasi
Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari
Download 142.75 Kb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy gaz.
- Tog‘-kon xamashyo resurslari.
Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari
O‘zbekiston yer osti va yer usti tabiiy resurslariga boy. Endilikda mamlakatimiz tabiiy manbalaridan oqilona foyda-lanish fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida, tabiat muvoza-natiga putur yetkazmasdan uzoq kelajakni ko‘zlab tuzilgan rejalarga tayangan xolda amalga oshirilmoqda. Mamlakat xalq xo‘jaligini rivojlantirish nuqtai nazaridan uning tabiiy resurslaridan eng muhimi foydali qazilmalardir. O‘zbekiston, - degan edi birinchi prizidentimiz I.A.Karimov ,- o‘z yer osti boyliklari bilan xaqli sur’atda faxrlanadi, bu yerda mashhur D.I.Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Neft. O‘zbekistonda neft qazib olish 1904 yilda Farg‘ona vodiysining Chimin mavzesida boshlangan. Keyinchalik Surxandaryo, Qashqadaryoda Kakaydi, Lalmikor, Muborak neft konlari ishga tushgan. Ayniqsa neft sanoatini rivojlantirishda Ko‘kdumaloq (Buxoro viloyati) Mingbuloq (Namangan viloyati) konlarining ochilishi va ishga tushirilishi keskin ta’sir ko‘rsatgan. Tabiiy gaz. Xududimiz tabiiy gaz zaxiralariga ham juda boy. Jarqoq, Uchqur, Qoravulbozor, Sho‘rtan gaz konlari shular jumlasidandir. Ko‘mir. Mamlakatimizda uchta Angren (Toshkent viloyati), Shargun va To‘da (Surxandaryo viloyati) ko‘mir konlari ishga tushirilgan. Tog‘-kon xamashyo resurslari. Mamlakatimiz xududida osh tuzi, fosforit, magniy va natriy sulfat tuzlari zaxiralari uchraydi. O‘zbekiston kurulish industriyasi uchun ishlatilagan xomashyo (qum, oxaktosh, granit, marmar, feruza, tog‘ billuri kabi qimmatbaxo tabiiy manbalar) ga boy. Kvars oq kumi yurtimizda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u oyna va kulolchilik san’atining qimmatli xomashyosi xisoblanadi. Download 142.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling