5-ma’ruza tabiatdan foydalanish tushunchasi


Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari


Download 142.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.10.2023
Hajmi142.75 Kb.
#1714900
1   2   3
Bog'liq
5-маъруза

Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari
O‘zbekiston yer osti va yer usti tabiiy resurslariga boy. Endilikda 
mamlakatimiz tabiiy manbalaridan oqilona foyda-lanish fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlari asosida, tabiat muvoza-natiga putur yetkazmasdan 
uzoq kelajakni ko‘zlab tuzilgan rejalarga tayangan xolda amalga 
oshirilmoqda.
Mamlakat xalq xo‘jaligini rivojlantirish nuqtai nazaridan uning 
tabiiy resurslaridan eng muhimi foydali qazilmalardir. O‘zbekiston, -
degan edi birinchi prizidentimiz I.A.Karimov ,- o‘z yer osti boyliklari 
bilan xaqli sur’atda faxrlanadi, bu yerda mashhur D.I.Mendeleev davriy 
sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
Neft. O‘zbekistonda neft qazib olish 1904 yilda Farg‘ona 
vodiysining Chimin mavzesida boshlangan. Keyinchalik Surxandaryo, 
Qashqadaryoda Kakaydi, Lalmikor, Muborak neft konlari ishga tushgan. 
Ayniqsa neft sanoatini rivojlantirishda Ko‘kdumaloq (Buxoro viloyati) 
Mingbuloq (Namangan viloyati) konlarining ochilishi va ishga 
tushirilishi keskin ta’sir ko‘rsatgan.
Tabiiy gaz. Xududimiz tabiiy gaz zaxiralariga ham juda boy. 
Jarqoq, Uchqur, Qoravulbozor, Sho‘rtan gaz konlari shular 
jumlasidandir.
Ko‘mir. Mamlakatimizda uchta Angren (Toshkent viloyati), 
Shargun va To‘da (Surxandaryo viloyati) ko‘mir konlari ishga 
tushirilgan.
Tog‘-kon xamashyo resurslari. Mamlakatimiz xududida 
osh 
tuzi, 
fosforit, 
magniy 
va 
natriy 
sulfat 
tuzlari 
zaxiralari 
uchraydi. O‘zbekiston kurulish industriyasi uchun 
ishlatilagan xomashyo (qum, oxaktosh, granit, marmar, feruza, tog‘ 
billuri kabi qimmatbaxo tabiiy manbalar) ga boy. Kvars oq kumi 


yurtimizda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u oyna va kulolchilik san’atining 
qimmatli xomashyosi xisoblanadi. 

Download 142.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling