5-ma’ruza tabiatdan foydalanish tushunchasi


Download 142.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi142.75 Kb.
#1714900
  1   2   3
Bog'liq
5-маъруза



5-MA’RUZA 
TABIATDAN FOYDALANISh TUShUNChASI 
Reja: 
1. Tabiiy resurslardan foydalanish tamoyillari.
2. Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish muammolari. 
3. O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanish. 
 
Tabiiy resurslardan foydalanish tamoyillari 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng tabiiy boylik-lardan 
foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga 
amal qilish zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. 
Tabiatdan 
foydalanish 
mexanizmi 
iqtisodiy 
jixatdan 
quyidagi 
elementlarni o‘z ichiga oladi. 
A) Tabiiy resurslardan foydalanishning pulliligi. Masalan, 1982 
yildan boshlab suvga to‘lov to‘lay boshlandi. 1997 yildan boshlab soliq 
solindi. 1992 yildan boshlab chiqindi gaz-larni havoga tashlaganligi 
uchun korxonalarga soliq solina boshlandi. Yerga soliq solish 1994 
yildan boshlandi. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun ham soliq 
solina boshlandi.
B) 
Tabiatni 
muhofaza 
qilish 
faoliyatini 
iqtisodiy 
rag‘batlantirish tizimi. Korxona tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsa 30% daromad solig‘ilan ozod
qilinadi. Masalan chiqindisiz, kam chiqindili texnolo-giyalarni ishlab 
chiqarishga jalb etilsa. Agar foydalanishga berilgan yer yomon bo‘lsa, 
uni o‘zlashtirilsa, qishloq ho‘jaligi maqsadlari uchun yer solig‘idan 
o‘zlashtirish davrigacha ozod qilinadi. Soliqlarni Vazirlar maxkamasi 
korxonaning joylashgan o‘rni, sifatiga qarab belgilab beradi.
V) Atrof-muhitni ifloslantirganligi uchun jarima to‘lovi.  
G) Tabiiy resurslardan foydalanish bozorini vujudga keltirish
Ma’lum bir tabiiy resursdan foydalanish bo‘yicha, masalan, kon 
uchastkasini qazish loyixasi bo‘yicha konkurs e’lon qilinadi. Shunda 
kimning loyixasi ekologik toza kam chiqindili bo‘lsa, shu kondan 
foydalanish xuquqi unga beriladi. Fermerlarga ham tanlov asosida 
yerdan foydalanish xuquqi beriladi. Tanlov shartlari kimning biznes 
rejasi to‘liq tuzilgan, hosildorlik, yerni saqlash tuproq unumdorligini 
saqlash.
D) Tabiatdan foydalanish bo‘yicha narxlarni takomillash-tirish. 


Har yili Vazirlar maxkamasi Yer solig‘i, yer osti boyliklari solig‘i 
va boshqa to‘lovlarni (ifloslantirganlik uchun) ko‘rib chiqib qaytadan 
tasdiqlaydi.
Tabiat resurslaridan foydalanishni pullik tizimiga o‘tish bozor 
iqtisodiyoti uchun eng zaruriy tamoyil hisoblanadi. Boylik pul bilan
baholanar ekan, undan foydalanish ham pullik bo‘lishi lozim. Bunda 
boylikning sifati, qiymati, keltiradigan foydasi hamda boshqa iqtisodiy 
xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i darkor. 

Download 142.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling