5-ma’ruza tabiatdan foydalanish tushunchasi
Download 142.75 Kb. Pdf ko'rish
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agro iqlim resurslari
Gidro-mineral resurslar. Yer osti suvlarini chuchuk suv deb
ataganimiz bilan, u kimeviy tarkibi jixatidan asosan gidrokarbonatli va gidrokarbonat sulfatli qisman sulfat xloridli va xloridlidir. Bunday mineral suvlar Chimyon, Polvontosh, Shursuv, Chortok, Sitorai Moxi xosa, Gazli va boshka joylarda topilgan. Agro iqlim resurslari. O‘zbekistonning agroikdim resurs-lari xolati uning materikning ancha ichkarisida joylashgan-ligiga hamda murakkab yer sirti tuzilishiga bog‘likdir. Quyosh radiatsiyasi, mamlakatimizda iyun oyida quyosh ufqdan Toshkentda 72 o S, Termizda 76 o S gacha ko‘tariladi. Yoz oylarida mamlakati- miz xududi kuyosh nuridan nihoyat ko‘p energiya qabul qiladi. O‘rtacha bir yilda mamlakatimiz bir kv.sm yer yuzasiga 100-120 ming kalloriya Quyosh nuri tushadi, quyoshdan kelayotgan issiqlikning 70-80 foizi tuproq va yer yuzasi havosining isishiga sarf buladi, kuyoshdan kelayotgan energiyadan xalq xo‘jaligida energiya manbai sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yishni amalga oshirish kerak. Quyosh energiyasi respublikamizda noananaviy energiya resurslariga kiradi. Shuningdek shamol energiyasi, atom energiyasi, dengiz to‘lqin energiyalari ham shular jumlasidandir. Ananaviy energiya resurslariga neft, gaz, ko‘mir, GES, IES lar kiradi. Shaharlarda transport saroylarining ma’lum darajada kenga-yishi, transport oqimlarining tezligi va magistral yo‘llarining umumiy uzunligi ortadi. Aviatsiya transportining rivojlanishi ko‘pchilik zamonaviy katta maydon egallaydigan aeroportlar shaharlarga yaqinlashgan. O‘z navbatida shaharlarni kengayishi ham shuningdek, ular orasiga avvaldan qo‘yilgan sanitar zonani qisqarishiga olib kelmoqda. Natijada aholi yashaydigan xududlarning anchagina qismi va shahar aholisining jamoa bo‘lib dam olish joylari va tabiat zonalari shiddatli aviatsiya dvigatel- motorlar quvvatini oshirishni talab qiladi, bu esa aeroport xududlarida shovqinni yana ham ko‘tarili-shiga olib keladi. Radioelektronikaning taraqqiyoti, elektron qurollanishni ortishi, urbanizatsiyalangan xududlarda elektrotexnik, elektron agregatlar zichligini ortishi elektromagnit nurlanishlarning atrof muhitga ta’siri ortib boradi. Aholi yashaydigan joylarda elektromagnit maydonlari amalda barcha xududlarni qoplaydi. Elektromagnit energiyasi o‘rta, qisqa, ultra qisqa chastotalar oralig‘ida bo‘lib, ularning ta’sir kuchi radio uzatuvchi ob’ektlar orasidagi masofa va quvvatiga bog‘liq. Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari, radio uzatuvchi ob’ektlar yaqiniga joylashgan xonadonlar, jamoa xonalar, kasalxonalar va boshqa binolarga kirishi mumkin. Elektromagnit energiyalarining kuchlanishi ta’siri natijasida odam va hayvon organizmida agarda ular himoyalanmagan bo‘lsa hayvonlar organiz-mida yoqimsiz o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ayniqsa markaziy nerv sistemasi, yurak tomir sistemasi va qonda. Keyingi yillarda shaharlarda va aholi yashaydigan xududlarda o‘ta yuqori kuchlanishli elektr uzatuvchi tarmoqlar tizimi kuchaymoqda (500-750-1150 kVt) ular sanoat chastotasi (50 Gs) deb nomlanuvchi elektromagnit maydonining asosiy manbalaridir. Ular yaqin atrofda joylashgan ekin maydonlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Magnit maydonining kuchlanishida tuproq zichlashadi, ularda biokimyo jarayon o‘zgaradi va sekinlashadi, tuproq mikroorganizmlari xo‘jayralari deformatsiyalanadi va boshqalar. Atrof muhitni reaktiv ifloslanishi inson tomonidan tabiiy va sun’iy radioaktiv moddalardan foydalanishi natijasida tabiiy reaktiv fonning ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi. Radioaktiv moddalar havo harakati va suv oqimi, qushlar, hayvonlar va baliqlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi. Aholi zich joylashgan joylarda AES joylashtirish juda katta muammolardan hisoblanadi. AESlarni aholi yashash sistemalarida joylashtirish ikki asosiy faktorlar bilan bog‘langan avariya bo‘lim xavfi va u vaqtda tashlamalarning bo‘lish mumkinligi. Jahon energetikasini atom energetikasisiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi paytlarda jahonda 370 atrofida atom ishlaydi, jumladan umumiy quvvati 28 mln.kvt bo‘lgani bizning mamlakatimizda ishlamoqda. Download 142.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling