5 Ma’ruza: Tirik orgnizimlarning tarkibida uchiraydigan biomolekulalar va ularning tavsifi
Download 282,66 Kb. Pdf ko'rish
|
5.maruza.
Fermentlar.
Fermentlar yoki enzimlar oqsil tabiatli moddalar bo’lib, biokatalizatorlik vazifasini bajaradi. Ferment atamasi lotincha «Fermentatio» «achish», «bijg’ish» yoki grekcha «yen» - ichida, «zume» - achitqi atamalaridan olingan. Ular ta’sirida moddalarning parchalanishi yoki kerakli moddalarning biologik sinteziga oid murakkab kimyoviy reaksiyalar, qisqa vaqt ichida, nisbatan past temperaturalarda o’tadi. Ular bunday biokimyoviy reaksiyalarni million, hatto, milliard marta tezlashtiradi, o’zlari esa o’zgarishsiz qoladilar. Ferment atamasini, birinchi marta, Gollandiyalik tabiatshunos Van-Gelmot ovqatlik moddalarning hazm bo’lishi uchun zarur bo’lgan mahsus moddalarga nisbatan qo’llangan. K. S. Kirxgoff 1814 yili arpa donidan olingan ekstrakt ta’sirida kraxmalni qandlashib, maltozaga aylanishini ko’rsatgan. 1883 yilda Payon bilan Perso arpa doni ekstraktidan spirt bilan cho’ktirish orqali kraxmalni qandga
aylantiruvchi d i a s t a z a fermentini ajratib olishadilar. Keyinchalik diastaza faolligi sulakda ham uchrashi aniqlangan. Fransiyalik Lui Paster(1822-1885) achish jarayonini har tomonlama o’rganib spirtli bijg’ish faqat mikroorganizmlar - achitqilar hayoti bilan bog’lik, ulardagi fermentlar ichki fermentlar ya’ni enzimlardir, ular tashqi fermentlardan farq qiladi, deb tushuntirgan. Nemis olimi Libix(1803-1873) fermentlar to’g’risidagi bunday ikki xil tushunchani e’tiroz bilan qabul qilib, u mikroorganizmlarning hayot- faoliyatiga emas, balki hujayra ichidagi fermentlarga bog’liq deb tushuntiradi. Bu muammoni 1897 yilda Byuxner degan olim glyukozani etil spirti va CO 2 ga parchalaydigan erkin achitqi ekstraktini ajratib olishi bilan, hal etib berdi. Bunday ekstraktni Byuxner z i m a z a deb atagan. Achish - zimaza ta’sirida xujayradan tashkarida o’tishi isbotlandi. Keyinchalik spirtli achish bilan mushaklardagi glikoliz bir xil jarayon, ya’ni karbonsuvlarning anaerob sharoitda parchalanishi ekanligi isbotlandi. Fermentli moddalarning borligi to’g’risidagi tushunchalar I. P. Pavlovning ilmiy-tadqiqot ishlarida ham ma’lum bo’lgan. U 1892 yili me’da shirasining hosil bo’lishini, itlar ustida o’tkazgan tajribalarida, o’rganib, me’da shirasi qancha ko’p miqdorda ishlab chiqilsa, shuncha ko’p miqdorda oqsilni parchalanishini isbotlagan, fermentlar ham oqsil tabiatli moddalar ekan deb hulosaga kelgan. 1926 yilda J. Samner degan olim u r e a z a fermentini kristal holatda ajratib olgan. Xuddi shunday, 1930-1936 yillarda Nortrop degan olim pepsin bilan tripsin fermentlarini ajratib olgan va ular oqsil tabiatli moddalar ekanligini isbotlagan. Shunisi tavsifliki, har bir ferment faqat mahsus bir kimyoviy o’zgarishni katalizlaydi, ya’ni har bir ferment o’ta mahsusligi bilan farqlanadi. Bunday mahsuslik faqat optimum temperaturani, muhit(rN)ni, mahsus aktivatorlarning ishtirokini talab etadi. Jumladan, pepsin uchun optimum rN 1,5-2,5; tripsin uchun - 8-11; amilaza uchun - 6,7-6,9; lipaza uchun - 8,3-8,5; ishqoriy fosfataza uchun - 9,0 bo’lganda ularning ta’sir etishi kuzatiladi.
Ko’pgina fermentlar o’zlarining katalitik faolligini ma’lum bir moddalar, ionlar ishtirokida, ularni fermentlarning faollashtiruvchi moddalari(aktivatorlari) deb atashadilar. Masalan, sulak amilazasi Cl -
ishtirokida, arginaza - SO ++ , Ni ++ ,
Mn ++ , ATF-faza - Sa ++ , membrana ATF-azasi - Na + , K
+ ishtirokida faollashadilar.
Ayrim moddalarning ionlari fermentlar faolligini susaytiradi. Aniqrog’i, ferment molekulasining faol markazini chegaralaydi. Masalan, suksinatdegidrogenaza qahrabo kislotasini oksidlaydi. Agar reaksiya paytida malon kislotasi ishtirok etib qolsa, ferment o’z ta’sirini qahrabo kislotasiga o’tkazolmay qoladi:
Bunday moddalarni fermentning i n g i b i t o r i deb atashadi. Amalda ko’pgina fermentlar uchun Ag + , Hg
++ , Pb
++ kationlari ana shunday ingibatorlik vazifalarini bajarishadi. Odatda fermentlarning nomi ular ta’sir qiladigan modda yoki tegishli biokimyoviy jarayonning lotincha nomi oxiriga «-aza» qo’shimchasini qo’shib tuziladi. Masalan, gidroliz jarayonini katalizlaydigan fermentlar gidrolazalar, oksidlanish jarayonini katalizlaydigan fermentlar - oksidazalar deb ataladi. Shuningdek, saxarozaga ta’sir qiladigan ferment - saxaraza, laktozani parchalaydigan ferment - laktaza, kraxmal (lotincha «Amylum») ga ta’sir etadigan ferment - amilaza deb nomlanadi va hokazo. Tirik mavjudotlarda o’tadigan fermentli reaksiyalar mexanizmi juda murakkab bo’lib, ular tez, sekundning kichik ulushlarida sodir bo’ladi. Shuning uchun ham fermentli reaksiyalarning mehanizmlari to’liq ishlab chiqilmagan. Lekin bu sohada juda ko’p izlanishlar olib borilib, ularning ba’zi bir sohalari hal qilingan. Download 282,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling