5 Ma’ruza: Tirik orgnizimlarning tarkibida uchiraydigan biomolekulalar va ularning tavsifi
Download 282,66 Kb. Pdf ko'rish
|
5.maruza.
Nuklein kislotalar . Yangi xil biologik modda sifatida n u k l ye i n k i s l o t a lar 1868 yilda Shveysariyalik biolog Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan. U yiringni tashkil qiladigan qon leykositlari(«Yiring hujayralari") yadrosidan fosforga boy noma’lum birikmani ajratib olib, unga «nuklein» nomini beradi. Keyinchalik bu birikma kislota hususiyatiga ega bo’lganligi uchun «nuklein kislota» deb ataladi. 1891 yilda nemis olimi Kyossil bu moddani gidroliz kilib, ular uch xil birikmalardan: purin va pirimidin qatoriga kiradigan geterosiklik azotli asoslar, karbonsuv fosfat kislota qoldig’idan tashkil topganligini isbotlaydi. Keyinchalik, gidroliz yo’li bilan ularni azot asosi, karbonsuv va fosfat kislotadan tashkil topgan nukleotidlar - DNK - dezoksiribonukleotid, RNK - ribonukleotid ekanligi tasdiqlandi. Nuklein kislotalarning aniq tuzilishi XIX asrning 50- yillaridan keyin, ularning biologik funksiyasi, biosintezi va biokimyoviy tavsilotlarini tadqiq etish jarayonlari to’la tushunila boshlandi. Amerikalik olim E. Chargaffning aniqlashicha DNK molekulasida azotli asoslarning bir-biriga nisbatan qat’iy va 1ga teng:
Demak, DNK ning nukleotid tarkibi: A + T va G + S ning birga kelishi bilan tavsiflanadi. Bu qo’sh nukleotidning miqdoriy jihatdan farqi bo’lishi ham kuzatildi. Ayrim DNK da A + T, boshqalarda G + S ko’prok bo’lishi mumkin. Bu, bevosita, A. N. Belozyorskiyning ko’rsatishicha, o’simlik va hayvonlarning evolyusion taraqqiyoti bilan belgilanadi. Nuklein kislotalarning eng muhimlari: adenozinmonofosfat (AMF), guanozinmonofosfat(GMF), sitidinmonofosfat(SMF), uridinmonofosfat(UMF), dezoksiadenozinmonofosfat (dAMF).
Ana shu
nukleotidlarning unlab, yuzlab va hokazo miqdorlarda o’zaro birikishidan nuklein kislotalar hosil bo’ladi. Demak, nuklein kislotalar polinukleotidlardir. Nuklein kislotalar ikkita katta sinfga bo’linadi: dezoksiribonuklein va ribonuklein kislotalarga. DNK va RNK ning o’xshash va farqlari quydagicha ko’rishimiz mumkun. DNK
RNK H 3 RO 4
H 3 RO 4
Dezoksiriboza
Riboza Adenin
Adenin Guanin
Guani Sitozin
Sitozin Timin
Urasil
Uglevodlar. Molekulasining tarkibi C, H va O dan tarkib topgan va uglerodning C H 2 O holatidagi gidratlarini o’zaro fazoviy tuzilmalaridan hosil bo’lgan murakkab moddalar karbonsuvlar (uglevodlar) deb ataladi. Ular tabiatda keng tarqalgan moddalar bo’lib, muhim biologik vazifalarni o’taydi. Ayniqsa, ular o’simliklarda ko’p miqdorlarda uchraydi, ularning quruq vazniga nisbatan 70- 80%ini tashkil etadi. Odam va hayvonlar organizmida ularning miqdori 2% atrofida bo’ladi.
Kimyoviy tuzilishi jihatidan karbonsuvlar ko’p atomli spirtlarning aldegidlari va ketonlari hisoblanadi. Tirik jonzotlardagi karbonsuvlarning bajarayotgan vazifalari turli-tuman. Eng avvalo, karbonsuvlar biokuvvatiy ahamiyatga ega, ular nafas olish jarayoni bilan biologik oksidlanishga uchrab, o’zlarida jamg’arilgan bioquvvatni ajratadi. Hisoblashlarga ko’ra, 1 g karbonsuv oksidlanganda 4,1 kkal yoki 16,9 kDj bioquvvat hosil bo’ladi. Karbonsuvlar quruvchi modda sifatida ham ahamiyatga ega. Ular nuklein kislotalari, karbonkislotalar, aminokislotalar, huddi shunday oqsillar, lipidlar bilan birikib, muhim biogen ahamiyatli birikmalarni hosil qiladi. Karbonsuvlar himoya vazifasini ham o’taydi. Ular o’simlik to’qimalarining qobig’ini hosil qilishda, hashoratlar, qisqichbaqasimonlarning tashqi qurilmasini, bakteriyalarning hujayra devorlarini va barcha tirik jonzotlarning hujayrasi membrana(qobiq)larini tashkil etishda qatnashadi. Karbonsuvlar tayanch vazifasini ham bajaradi. Kletchatka va boshqa murakkab karbonsuvlar hujayra qobig’ini tashkil etishda ishtirok etib, mexanik vazifasini idora etadi va to’qimalarning tayanch hususiyatlarini yuzaga chiqaradi. Ular odam va hayvonlarning tog’ay to’qimalari tarkibiga xondroitinsulfatlar holida qatnashib, oqsillar bilan hamkorlikda, tayanch vazifasini bajaradi. Eng muhimi, karbonsuvlar mahsus vazifalarni ham bajarishda ishtirok etadi. Jumladan, glikoprotein tabiatli murakkab moddalar har xil gurhdagi qonning antigenli xususiyatini taniy oladi, ular asab hujurasining uchlarida ko’p miqdorda uchrab, asab impulsini o’tkazishda ham qatnashadi. Ayrim glikoproteinli fermentlar qonning sovutgichisi, baliqlarda esa antikoagulyant vazifasini bajaradi. Karbonsuvlar zahira oziq modda vazifasini ham o’taydi. Odam va hayvon to’qimalarida glikogen, o’simliklarda - kraxmal holida to’planib, zarur bo’lganda bioenergiya uchun sarflanishi kuzatiladi. Karbonsuvlar tarkibi va hossalariga qarab uch guruhga bo’linadi: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar(glikanlar).
Download 282,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling