5-mashg‘ulot to‘lqin optikasi tekshirish uchun savollar


MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1352114
1   2   3   4   5
MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR 
1. Tebranish manbai γ=200 Hz chastotali Yassi tovush to‘lqinini hosil qila oladi. Manbani 
tebranish amplitudasi A=4 mm. Boshlang‘ich vaqtda manba nuqtalarini siljishi maksimal bo‘lsa 
tebranish tenglamasi ξ (xt) yozilsin. Tovush tezligining υ=300 m/s deb olib, so‘nish protsessi 
hisobga olinmasin. 
2. To‘g‘ri chiziq ustida bir biridan ∆x=0.25 m masofada ikki nuqta joylashgan. Shu to‘g‘ri 
chiziq bo‘ylab υ=100 m/s tezlik bilan to‘lqin tarqalmoqda. Tebranish davri T=0.01 s. Shu 
nuqtalardagi tebranishlarni faza farqi aniqlansin. 
3. Yassi chopar tovush to‘lqinining tenglamasi E=60cos(1800t-5.3x) mkm (tsekundlarda 
x-metrlarda). Muhit zarrachalarining siljish amplitudasi to‘lqin uzunligiga nisbati topilsin. 
4. Elastik shnur bo‘ylab ko‘ndalang to‘lqin υ=15m/s tezlik bilan tarqalmoqda. Shnurning 
tebranish davri T=1.2 s. Manbadan ℓ=45 m masofada yotgan nuqtaning vaqtni t=4 s momentdagi 
tezligi υ=5.2 m/s. Shnur nuqtalarining tebranish amplitudasi aniqlansin. 
5. Davri T=0.01 s bo‘lgan to‘lqin to‘g‘ri chiziq bo‘ylab υ=40 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. 
Shu to‘g‘ri chiziqda fazalar farqi ∆ϕ =3/2 π bo‘lgan ikki nuqta oralig‘i ∆x–topilsin. 
6. Tebranishlar manbadan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab amplitudasi A=15 sm bo‘lgan to‘lqin 
tarqalmoqda. Manbadan ℓ=0.8 to‘lqin uzunligiga teng masofada t=0.8 tebranish davriga teng 
vaqt momentida nuqtaning siljish x-ning kattaligi topilsin. 
7. Chastotasi ν=25 Hz tezligi υ=15 m/s. Elastik to‘lqinning bir-biridan ∆x=15 sm 
masofada joylashgan nuqtalardagi tebranishlarni fazalar farqi ∆ϕ topilsin. 
8. Vibrator tarqalayotgan to‘lqinning tezligi υ=340 m/s, davri T=0.01 s. To‘lqin nurining 
yo‘nalishi bo‘ylab oralig‘lari ∆ℓ=3,4,8 m bo‘lgan nuqtalardagi tebranishning fazalar farqi - ∆ϕ
topilsin. Tebranish nuqtalarining amplitudasi bir xil A=1 sm. Boshlang‘ich momentida siljish 
x=0 bo‘lganda shu nuqtalarning siljishi topilsin. 
9. 9. Bir nurda joylashgan va tebranishlar manbaidan ℓ
1
=12 m va ℓ
2
=14.7 m masofada 
bo‘lgan ikki nuqta ∆ϕ=3/2 P rad fazalar farqi bilan tebranmoqdalar. Agar manbaning tebranish 
davri T=10
-2
s bo‘lsa, shu muxitda tebranishlarning tarqalish tezligi aniqlansin. 


10. 
Agar bir-biridan ∆x=10 sm masofada joylashgan nuqtalarning fazalar farqi 
∆ϕ=p/4 ga teng bo‘lsa, ν=6000 Hz chastotada to‘lqin qanday tezlik bilan tarqaladi? 
11. 
So‘nmas tebranishlarning tenglamasi x=4sin600πt ko‘rinishda berilgan. 
Tebranishlar boshlangandan so‘ng t=0.01 s o‘tgach, tebranishlar manbaidan ℓ=75 sm masofada 
joylashgan nuqtaning muvozanat holatdan siljishi aniqlansin. Tebranishlarning tarqalish tezligi 
υ=300 m/s. 
12. 
Agar υ=10 m/s tezlik bilan to‘lqin tarqalayotgan to‘g‘ri chiziqdagi ikki nuqtaning 
tebranishlarining fazalarini farqi ∆ϕ=p bo‘lsa, shu nuqtalar orasidagi masofa ∆x topilsin. 
Tebranishlarning davri T=0.2 s. 
13. 
Yassi tovush to‘lqini ν=200 Hz chastotali tebranishlar manbaidan vujudga 
keltirilmoqda. Manbaning tebranish amplitudasi A=4 mm. t=0.1 s momentda manbadan x=100 
sm masofada joylashgan muxit nuqtalarining ξ(x, t) siljish aniqlansin. Tovush to‘lqinining 
tezligi υ =300 m/s. So‘nish e`tiborga olinmasin. 
14. 
Manba tebranishlarining tenglamasi x=3sin20πt sm. Tebranishlar boshlangandan 
so‘ng t=0.1 s vaqt o‘tgach, tebranishlar manbaidan ℓ=5sm masofada joylashgan nuqtaning 
siljishi aniqlansin. To‘lqinning tarqalish tezligi υ=200 m/s. 
15. 
So‘nmas to‘lqin biror nuqtasining harakat tenglamasi x=0.05cos2πt ko‘rinishga 
ega. To‘lqin tarqalayotgan to‘g‘ri chiziqda, berilgan nuqtadan ℓ
1
=15 sm va ℓ
2
=30 sm masofada 
joylashgan nuqtalarning harakat tenglamalari yozilsin. To‘lqinning tarqalish tezligi υ=0.6 m/s. 
16. 
16. Chastotasi ν=440 Hz bo‘lgan Yassi to‘lqin manbaidan ℓ=4m masofada, to‘lqin 
tarqalish yo‘nalishiga tik ravishda devor joylashgan. Chopar to‘lqin bilan devordan qaytgan 
to‘lqinlarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladigan turg‘un to‘lqinning birinchi uchta 
do‘ngliklardan to‘lqin manbaigacha bo‘lgan masofalar aniqlansin. To‘lqin tezligi υ =440 m/s. 
17. 
17. Yassi tovush to‘lqin davri T=3 sm, amplitudasi A=0.2 mm: to‘lqin uzunligi 
esa λ=1.2 m ga teng. Tebranishlarning boshlang‘ich fazasini nolga teng deb olib, tebranishlar 
manbaidan x=2 m masofada joylashgan muxit nuqtalari uchun: 1) vaqtning t=7 s momentidagi 
siljish; 2) vaqtning shu momenti uchun tezlik υ va a topilsin. 
18. 
18. Rezinali shnur bo‘ylab to‘lqin ν= 2 Hz da tarqala boshlaydi. Bir-biridan
∆x=0.2 m masofada joylashgan shnurdagi nuqtalarning tebranishlarini fazalar farqi ∆ϕ=5/8 P ga 
teng. To‘lqin necha sekunddan so‘ng to‘lqin manbaidan r=3.2 m masofada joylashgan shnur 
nuqtasiga yetib boradi? 
19. So‘nmas tebranishlarning tenglamasi x=sin2.5Pt ko‘rinishga ega.Tebranishlar 
boshlangandan so‘ng t=1 s o‘tgach, tebranishlar manbaidan ℓ=20 m masofada joylashgan 
nuqtaning tezlanishi a topilsin. 
20. Yassi to‘lqin to‘g‘ri chiziq bo‘ylab υ =20 m/s tezlik bilan tarqalmoqda. To‘lqin 
manbaidan ℓ
1
=12 m va ℓ
2
=15 m masofada, shu to‘g‘ri chiziqda joylashgan ikki nuqta A=0.1 m 
amplitudaga va ∆ϕ =0.75 P fazalar farqiga ega.Vaqtning t=1.2 s momenti uchun shu nuqtalarning 
siljishi topilsin. 
21. Yassi to‘lqinining tenglamasi ξ =Acos( ω t-kx), bu yerda A=0.5 sm;
ω =628 s
-1
; k=2 m
-1
. Aniqlansin. 1) To‘lqin uzunligi λ va tebranishlar chastotasi. 2) 
To‘lqinning faza tezligi υ. 3)Muhit zarrachalari tezligi va tezlanishlarining maksimal qiymatlari. 
22. Ko‘ndalang to‘lqin υ=15 m/s tezlik bilan elastik shnur bo‘ylab tarqalmoqda. Shu 
nuqtalarning tebranish davri T=1.2 s. To‘lqin nurida joylashgan va to‘lqin manbaidan x
1
=20m va 
x
2
=30m masofada bo‘lgan nuqtalarning tebranishlarini fazalar farqi topilsin. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling