5-mashg‘ulot to‘lqin optikasi tekshirish uchun savollar


Quyidagi ξ =Acos( ω t-kx) ifoda, ω=kϑ bo‘lganda, to‘lqin tenglamasini  qanoatlantirishini ko‘rsating.  24


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1352114
1   2   3   4   5
23. Quyidagi ξ =Acos( ω t-kx) ifoda, ω=kϑ bo‘lganda,
to‘lqin tenglamasini 
qanoatlantirishini ko‘rsating. 
24. Havoda ν=2 kHz chastota va A=1.7 mkm amplituda bilan tarqalayotgan Yassi to‘lqin 
tenglamasi tuzilsin. Tovushning havodagi tezligi υ =340 ms. 
25. Bir jinsli elastik muxitda y=Acos( ω t-kx) ko‘rinishdagi Yassi to‘lqin tarqalmoqda. 
Vaqtning t=0 momenti uchun y va υ y kattaliklarni x ga bog‘lanish chizmasini tasvirlang. 


26. Nuqtalar ν =1.5 kGs chastota bilan tebranayotgan muxitda tarqalayotgan Yassi 
to‘lqinning tenglamasi tuzilsin. Berilgan chastotaga mos keluvchi to‘lqin uzunligi λ =15 sm. 
Muvozanat holatdan muxit nuqtalarining maksimal siljishi to‘lqin uzunligidan n=200 marta 
kichikdir. 
27. Yassi yuguruvchi to‘lqin tenglamasi y=5sin(1380t-6x) ko‘rinishga ega, bu yerda: y 
zarrachalarning siljishi (sm); t-vaqt (S); x-to‘lqin tarqalayotgan o‘q bo‘ylab masofa (m). Bir-
biridan ∆ x=35 sm masofada joylashgan nuqtalar tebranishining fazalar farqi aniqlansin. 
28. Agar tebranma konturdagi kondensator sig‘imi S=10
-1
F va tebranishlarda undagi 
maksimal kuchlanish U m =100 V, konturdagi maksimal tok I m =0.628 A bo‘lsa, tebranma 
kontur qanday to‘lqin uzunlikga moslangan? 
29. Konsentrik kabelda tashqi va ichki simlar oralig‘i dielektrik singdiruvchanligi E=4.6 ga 
teng bo‘lgan dielektrik bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, kabelda elektromagnit to‘lqinlarining taralish 
tezligi υ topilsin. Kabeldagi yo‘qotishlar e`tiborga olinmasin. 
30. Tebranma konturga tokning o‘zgarishi I=0.3sin15.7t tenglamaga bo‘ysunadi. Kontur 
tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinning uzunligi aniqlansin. 
31. Glitsiringa botirilgan ikkita parallel simlar chastotasi ν =4.2 
⋅ 10
8
Hz bo‘lgan 
elektromagnit tebranishlar generatori bilan induktivligi orqali bog‘langan. Glitserinning 
dielektrik singdiruvchanligi ε =26. Uning magnit singdiruvchanligi µ
o
=1. Simlardagi turg‘un 
to‘lqinlarning do‘ngliklari orasidagi masofa aniqlansin. 
32. Tebranma kontur sig‘imi C=48 mkF bo‘lgan kondensatordan, induktivligi L=24 mGn 
ga teng g‘altakdan va R=20 Om li aktiv qarshilikdan tashkil topgan. Agar g‘altakning aktiv 
qarshiligi e`tiborga olinmasa, konturda tarqalayotgan to‘lqinning uzunligi qanchaga o‘zgaradi? 
33. Har birini sig‘imi C
o
=10 mkF bo‘lgan va o‘zaro parallel ulangan ikkita 
kondensatordan, induktivligi L=10 mGn ga teng g‘altakdan va R=40 Om aktiv qarshilikdan 
tashkil topgan tebranma kontur qanday to‘lqin uzunlikka rezonanslanishi mumkin? 
34. Kabelni ichik va tashqi o‘tkazgichlarining orasi dielektrik bilan to‘ldirilgandan so‘ng 
unda elektromagnit to‘lqinlarni tarqalish tezligi 20% ga kamaydi. Dielektrik elektr qabul 
qiluvchanligi aniqlansin. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling