5-mashg‘ulot to‘lqin optikasi tekshirish uchun savollar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1352114
1   2   3   4   5
35. Agar simlarni uzunligi ℓ=10 m bo‘lib, ular kerosinga tushirib qo‘yilsa ikki simli 
liniyani xususiy tebranishlarning eng kichik chastotasi topilsin. 
36. Tebranma konturdagi kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar ayirmasini vaqt 
bo‘yicha o‘zgarish tenglamasi U=50cos10 4 πt V ko‘rinishga ega. Kondensator sig‘imi C=0.1 
mkF. Shu konturga mos keluvchi to‘lqin uzunlik topilsin. 
37. Induktivligi L=30 mkHz g‘altak qoplamalarining orasi d=0.1 mm va yuzasi S=0.01 m 
2 bo‘lgan Yassi kondensatorga ulangan. Agar kontur λ =750 m to‘lqin uzunlikka moslangan 
bo‘lsa, qoplamalar orasini to‘ldirgan muxitni dielektrik singdiruvchanligi aniqlansin. 
38. Chastotasi ν=500 Hz bo‘lgan tovushning bir davri oralig‘ida to‘lqin uzunligi λ=375 m 
ga teng nechta elektromagnit tebranish bo‘ladi. 
39. Induktivlik g‘altagida ∆ t=0.6 s da tok ∆ I=1 A ga o‘zgarsa, unda ε =0.2 mV EYUK 
induksiyalanadi. G‘altakdan va C=14.1 nF sig‘imga ega bo‘lgan kondensatordan tashkil topgan 
tebranma konturi bo‘lgan generator hosil qilayotgan radio to‘lqinni to‘lqin uzunligi λ topilsin. 
40. Yassi elektromagnit to‘lqin ε=3 va µ=1 bo‘lgan bir jinsli va izotrop muxitda 
tarqalmoqda. To‘lqinning elektron maydoni kuchlanganligi amplitudasi E m=10 V/m. 
To‘lqinning magnit maydoni kuchlanganligi amplitudasi A m va to‘lqinning faza tezligi topilsin. 
41. Yassi akustik to‘lqinning siljish va tezligini suvdagi amplitudaviy qiymatlari mos 
ravishda ξ o =5 10
-4
m va υ
o
=1.38 ms ga teng. Siljish va tezlikni to‘lqin tenglamalari tuzilsin. 
Tebranish boshlangandan so‘ng T/4 vaqt o‘tgach, tebranishlar manbaidan x= λ/6 masofada 
joylashgan nuqtaning siljishi va tezligi topilsin. 
42. Agar to‘lqinlar tarqalayotgan muxitda koordinatalar boshi shunday tanlab olinsaki, u 
muxit nuqtalarini siljish do‘ngligi bilan ustma-ust tushsin, x o‘qi esa to‘lqin tarqalish yo‘nalishi 
bilan mos tushsin, u holda x masofada muxit nuqtalarini siljishi 
πt m 


tenglama bilan ifodalanadi. Yuguruvchi to‘lqinlar tenglamasi tuzilsin. Zarrachalar tezliklari 
ekstremal qiymatga ega bo‘lgan nuqtalar koordinatalari aniqlansin. 
43. ξ =0.1cos(6280t-18.5x) tenglamaga ega bo‘lgan tovush to‘lqin uchun: 1) muxit 
zarrachalari tezligi amplitudasi υ m ; 2) zarrachalar tezligi amplitudasi υ m ni to‘lqini tarqalish 
tezligiga nisbati aniqlansin. 
44. Miltiq o‘qi υ =20 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi oldidan 
o‘tayotgan o‘q chiqarayotgan tovushning chastotasi necha marta o‘zgaradi? Tovushning havoda 
tarqalishi tezligi υ T =333 m/s. 
45. Dengiz qirg‘og‘idagi kuzatuvchi paraxod gudogini eshitadi. Kuzatuvchi va paraxod 
qo‘zg‘almas holatda bo‘lganlarida, kuzatuvchi qabul qilayotgan tovush chastotasi ν =420 Hz. 
Paraxod harakatlanib, kuzatuvchiga Yaqinlashayotgan bo‘lsa, qabul qilinuvchi tovush chastotasi 
ν=430 Hz. Agar paraxod harakatlanib, kuzatuvchidan uzoqlashayotgan bo‘lsa, qabul qilinuvchi 
tovush chastotasi ν =415 Hz. Birinchi va ikkinchi holda paraxod tezligi topilsin, agar tovushning 
havo tezligi ν T =338 m/s bo‘lsa. 
46. Parovoz gudogining asosiy toni chastotasi ν =550 Hz. Parovoz kuzatuvchi tomon υ=54 
km/soat tezlik bilan Yaqinlashayotgan bo‘lsa, kuzatuvchi gudok tovushi qanday chastotada qabul 
qilinadi? 
47. Ko‘rshapalak o‘zidan 45 kHz chastotali ultratovush tarqatib, 6 m/s tezlik bilan devorga 
perpendikulyar ravishda harakat qilaYapti. Qanday ν
1
va ν
2
ikki chastotali tovushni ko‘r shapalak 
eshitaYapti? Tovushning havodagi tezligi υ T=340 m/s. 
48. O‘zidan ν
o
=600 Hz chastotali tovush tarqalayotgan manba, qo‘zg‘almas kuzatuvchi 
yonidan 45 m/s tezlik bilan o‘tib bormoqda. Kuzatuvchi manba unga Yaqinlashayotganda va 
undan uzoqlashayotganda qabul qiluvchi chastotalar bir- biridan qanchaga farq qiladi? Havoning 
temperaturasi 290 K. 
49. υ =120 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezd τ
o
=5s davomida signal beradi. 
Qo‘zg‘almas kuzatuvchi poyezd signali qanday vaqt davomida qabul etadi, agar poyezd undan 
uzoqlashayotgan bo‘lsa. Tovushning tarqalish tezligi υ T=348 m/s deb hisoblansin. 
50. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi yonidan uchib o‘tgan o‘qning tovushining chastotasi 4 marta 
o‘zgaradi ( ν
1
/ ν
2
=4). Agar tovush havodagi tezligi υ T =333 m/s bo‘lsa, o‘q qanday tezlik bilan 
harakatlanmoqda? 
51. Ikki poyezd bir-biriga tomon υ
1
=72 km/soat va 54 km/soat tezliklar bilan 
harakatlanmoqda. Birinchi poyezd ν
o
=600 Hz chastotali svistok bermoqda. Poyezdlar bir-biri 
bilan uchrashishdan oldin, ikkinchi poyezddagi pasajir svistokni qanday qabul etadi? Tovushni 
havodagi tezligi υT =340 m/s. 
52. υ =17 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan manba τ s =2 s davomida signal 
bermoqda.Qo‘zg‘almas kuzatuvchi bu signalni qanday vaqt davomida qabul qiladi, agar manba 
undan uzoqlashayotgan bo‘lsa. Tovushning tarqalish tezligi υ T =340 m/s. 
53. Qo‘zg‘almas lokatordan ν=50 kHz chastotali ultratovush dastasi Yaqinlashayotgan suv 
osti kemasi tomon tarqatilgan. Agar manbaning tebranish chastotasi bilan, kemadan qaytgan 
signal chastotasi ayirmasi 250 Hz bo‘lsa, suv osti kemaning tezligi topilsin. Ultratovushning 
dengiz suvidagi tezligini 1.5 km/s deb hisoblansin. 
54. Qo‘zg‘almas kuzatuvchi oldidan poyezd o‘tayotganda uning signal tovushining 
yuksakligi kesim o‘zgaradi. Agar poyezdni harakat tezligi υ =54 km/soat bo‘lsa, chastotani 
nisbiy o‘zgarishi ∆ν / ν o topilsin. Tovushni tarqalish tezligi υ T =332 m/s. 
55. Yo‘lda ikki avtomashina υ 1 =30 m/s va υ 2 =20 m/s tezlik bilan bir-biriga tomon 
harakatlanmoqda. Avtomashinalardan birinchisi ν =600 Hz chastotali signal beradi. 
Amtomashinalar bir-biriga Yaqinlashayotganda va bir-biridan uzoqlashayotganda ikkinchi 
avtomashina xaydovchisi bu signalni qanday chastotada qabul qiladi? Tovush tarqalish tezligi υ 
T =332 m/s. 
56. Tez yurar poyezd υ =72 km/soat tezlik bilan yo‘lda turgan elektropoyezdga 
Yaqinlashmoqda. Elektropoyezd ν =0,6 kHz chastotali signal beradi. Tez yurar poyezd 
mashinisti bu signalni qanday chastotada qabul etadi? 


57. Temir yo‘l platformasi yonidan υ =120 km/soat tezlik bilan elektropoyezd o‘tmoqda. 
Platformada turgan kuzatuvchi poyezd Yaqnlashayotganda sirena tovushini ν
1
=1100 Hz 
chastotada, poyezd uzoqlashayotganda esa ν
2
=900 Hz chastotada qabul etadi. Tovushni havoda 
tarqalish tezligi topilsin. 
58. Signal chastotasi ν
o
=300 Hz bo‘lgan qo‘zg‘almas elektropoyezd yonidan υ=40 m/s 
tezlik bilan poyezd o‘tib bormoqda. Poyezd elektropoyezddan uzoqlashayotganda yo‘lovchilar 
signalni qanday ν chastota bilan qabul qilishadi? Tovushni tarqalish tezligi 330 m/s. 
59. Poyezd stansiya yonidan υ=40 m/s tezlik bilan o‘tib bormoqda. Elektropoyezd signalini 
chastotasi ν
o
=300 hz. Poyezd uzoqlashayotganda platformada turgan kishi signalni qanday 
chastotada qabul etadi? Tovushni υ T=330 m/s. 
60. Parovoz υ=20 m/s tezlik bilan tinch turgan kuzatuvchiga Yaqinlashmoqda. Agar 
mashinist parovoz signalini ν
o
=300 Hz chastota bilan eshitsa, u holda bu signalni kuzatuvchi 
qanday chastotada qabul etadi? Tovushni tarqalish tezligi υ t=330 m/s. 
61. Chastotasi ν
o
=8 kHz bo‘lgan tovush manbai va rezonator bir to‘g‘ri chiziqda 
joylashgan. Rezonator λ
r
=4.2 sm to‘lqin uzunligiga moslangan bo‘lib, u qo‘zg‘almasdir. Tovush 
manbai to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlana oladi. Tovush to‘lqinlari ta`sirida rezonator tebrana 
boshlashi uchun, tovush manbai qaysi yo‘nalishda va qanday tezlik bilan harakat qilishi lozim? 
62. Tinch turgan manba barcha yo‘nalishda λ
o
to‘lqin uzunlikdagi tovushni tarqatmoqda. 
Agar manbani tovush tezligini Yarmiga teng bo‘lgan tezlik bilan harakatga keltirsak, to‘lqin 
uzunligi qanday o‘zgaradi? 
63. To‘g‘ri yo‘l bo‘ylab υ
1
=60 km/soat tezlik bilan yengil avtmobil harakatlanmoqda. Uni 
ν
o
=1kHz chastotali signal berib, υ
2
=90 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan maxsus 
avtomashina quvib o‘tadi. Yengil avtomabildagi yo‘lovchilarga signal qanday ν chastotada 
eshitiladi? Tovushni tarqalish tezligi υ T=340 m/s. 
64. Yo‘lni to‘g‘ri chiziqli uchastka bo‘ylab ikki elektropoyezd bir xil υ =50 km/soat tezlik 
bilan, bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Bir-biri bilan uchrashgach, mashinistlar uzoq vaqt 
davomida signal berib salomlashadi. Signallarning chastotalari bir xil bo‘lib, ν
o
=200Hz. 
Poyezdlar uchrashgan joydan biror bir masofada bo‘lgan temir yo‘l ishchisi nima eshitadi? Havo 
xarorati t
o
=-10
o

65. Chastotasi ν
o
=1 kHz bo‘lgan va υ=340 m/s tezlik bilan tarqalayotgan Yassi tovush 
to‘lqiniga qarama-qarshi yo‘nalishda U=17 m/s tezlik bilan to‘siq harakatlanmoqda. To‘siqdan 
qaytgan to‘lqinning ν chastotasi topilsin. 
66. Bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bir xil tezlik bilan ikki poyezd harakatlanmoqda. 
Ularning birida berilgan signal ikkinchisiga n=9/8 marta o‘zgarib eshitilish uchun, ularning 
tezligi qanday bo‘lishi kerak? Tovushning tarqalish tezligi υ T =335 m/s. 
67. Xususiy chastotasi ν
o
=1.8 kHz bo‘lgan tovush manbai tinch turgan kuzatuvchidan 
ℓ=250 m masofada to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tekis harakatlanmoqda. Manbani tezligi tovush tezligini 
η =0.8 qismini tashkil etadi. Manba, kuzatuvchiga ro‘para kelganda, u qanday chastotali tovush 
eshitadi? 
68. Tinch turgan kuzatuvchi ikki kamertondan kelayotgan tovush tebranishlarini qabul 
qilmoqda. Kamertonlardan biri kuzatuvchiga YaqinlashYapti. Bunda kuzatuvchi chastotasi ν=2 
kHz ga teng bo‘lgan turtkili tebranishlarni eshitadi. Agar kamertonlarni tebranish chastotasi 
ν
o
=680 Hz va tovush tarqalish tezligi υ=340 m/s bo‘lsa, har bir kamertonni tezligi aniqlansin. 
69. Chastotasi ν
o
=1700 Hz bo‘lgan tovush manbai va priyemnik (qabul qilgich) bir 
nuqtada joylashganlar. Vaqtning t=0 momentida tovush manbai a =10 m/s 2 tezlanish bilan 
priyomnikdan uzoqlasha boshlaydi. Tovush tezligini υ =340 m/s deb olib, manba harakati 
boshlangandan so‘ng t=10 s vaqt o‘tgach, tinch turgan priyemnik qabul qilayotgan tebranishlar 
chastotasini aniqlang. 
70. Devorga o‘tkazilgan normalda ν
o
=1700 Hz chastotali tovush tebranishlari manbai va 
priyemnik joylashgan. Manba bilan priyemnik tinch holatda, ammo devor υ =6 sm/s tezlik bilan 
manbadan uzoqlashmoqda. Priyemnik qayd qilayotgan turtkilik tebranishlarni chastotasi 
aniqlansin. Tovush tezligi υ T =340 m/s. 



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling