5-mavzu : Boshlang’ich sinflarda matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish Mashg’ulot reja


Download 23.69 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi23.69 Kb.
#1518715
  1   2
Bog'liq
5 Boshlang’ich sinflarda matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni


@dars_ishlanma_yangi

5-mavzu :Boshlang’ich sinflarda matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish
Mashg’ulot reja

  1. Fakultativ mashg’ulotlarni uyushtirish metodikasi.

  2. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari. 3. Matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish.

Asosiy tayanch tushunchalar
Fakultativ mashg‘ulotlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, matematik to‘g‘araklar, olimpiadalar, matematik kechalar, matematik ekskursiyalar, viktorinalar, tarixiy materiallardan foydalanish
Fakultativ mashg‘ulotlar boshlang‘ich o‘quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo‘ladi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga to‘la-to‘kis bilimda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda o‘quvchining qobilyati namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarni birinchi navbatda tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Shu o‘rinda o‘quvchi birinchi bosqichda o‘quvchilar orasidan matematikaga qiziqish va iqtidorini aniqlashga imkom berib, ular bilan til topa oladi.
Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlar didaktiv o‘yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o‘tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog‘langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechichimini o‘rganishga imkniyat beradi. Masalan, EHMda, mikrakalkulyatorda hisoblashlar o‘rganiladi.
Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning matematik tafkkuri, fikrlash qobilyati rivojlanadi:
Fakultativ mashg‘ulotlar 1 sinfda o‘qituvchi o‘quvchilarni qiziqishi va o‘zlashtirishiga qarab fanlar aro aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi. IIIV sinflarda 34 soat o‘tiladi.
II sinfda choraklar bo‘yicha olib borish mumkin. Masalан, 1chorakda matematika, 2 chorakda ona tili va hokazo.
IV sinfda yillik bo‘yicha olib boriladi. Masalan, 1 yarim yillikda matematika, 2 yarim yillikda ona tili va hokoza.
IV sinf esa yoppasiga faqat matematikaga bog‘ishlanadi.
III-IV sinflarda ko‘pincha murakkab masalar ustida ishlash uchun fakultativ mag‘ulotlarda 10 soat ajratiladi.
Matematikadan ”sinfdan tashqari ish” deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkilqilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ehtiyoriylik tamoiyliga asoslangan.
Sinfddan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochiladigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
Matematik to‘garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek, matematik viktorina va burchaklarni tashkilqilish.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: o Bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik
ziyrakliklarini rivojlantirish; o Matematikaga qiziqishlarini orttirish; o Qobilyatli va loyoqatli bolalarni topish;
o Talabchanlik; o Irodani tarbiyalash; o Mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:
1.O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak.
2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya’ni qiziqarli borishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin.

  1. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkilqilinadi, ammo qiziqish ta’minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho quyilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

  2. Mashg‘ulot mazmunini va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

  3. Sinfdan tashqari ishlarning mazmunini va shakllarining turli-tumanligi.

Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlikka oid masalar, hazil masalalar, berilgan ma’lumotlari yetishmaydigan yoki berilgan ma’lumotlar ortiqcha masalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqialar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma’lumotlar berish va boshqalar kiradi.
Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar, soatliklar, matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar.

Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling