5-Mavzu. 60310100 «Iqtisodiyot» (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) davlat ta’lim standartlarining mohiyati va mazmuni Reja


– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar


Download 49.05 Kb.
bet3/4
Sana29.01.2023
Hajmi49.05 Kb.
#1139216
1   2   3   4
Bog'liq
5 маъруза

2. 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar

2.1. Bakalavr tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablar


Bakalavr:
• global fikrlash, kasbiy mahorat, kompetentlik, zaruriy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
• Vatan tarixini bilishi, ruhan milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi, milliy istiqlol g‘oyasi asosida faol hayotiy o‘rinni egallashi;
• tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivoji haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi;
• insonlar orasida jamiyatga, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;
• xorijiy texnologiyalarni o‘zlashtirish natijasida axborotni to‘plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va unumli foydalanish metodlarini egallashi, o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlar qabul qila olishi;
• bakalavriatning mos yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
• yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olishi, o‘zini takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
• sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan shug‘ullanib borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo‘lishi, o‘zini jismonan takomillashtirishning malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

2.2. Kasbiy malakaviy talablar.


Bakalavr:
iqtisodiy sohada: iqtisodiyot va tarmoqlarining rivojlanish qonunlari va qonuniyatlarini mukammal bilishi va ulardan foydalanishni;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish sohasida: korxona va tashkilotlarda, moliya va bank tizimida, maxalliy boshqaruvda, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning samarali usullarini joriy etishni, etakchilik va boshqaruv ko‘nikmalari ustuvorligini ta’minlash xamda rivojlantirishni amalga oshirishni;
biznes va tadbirkorlik sohasida: turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni tuzish va ular faoliyatini boshqarish, jami talab va taklifni o‘rganish, ularni qondirish yo‘llarini bilishi zarurligi, ;
moliya-hisob sohasida: milliy daromad, sof milliy mahsulot, shaxsiy daromad va ixtiyordagi daromadni moliyaviy hisob va tahlilni o‘tkazishni, korxonalarda hisob va hisobotlarni aniq olib borishni, mablag‘larni qonunchilik doirasida tashkillashtirishni, o‘z vaqtida byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni amalga oshirishni;
ilmiy sohada: iqtisodiyotda inflyasiya va foiz stavkalarini aniqlash, jamg‘arish va investitsiya modelini ishlab chiqish, milliy ishlab chiqishning muvozanat darajasidagi xajmi va o‘sish sur’atlarini aniqlash, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda boshqaruv faoliyatini tashkil etish bo‘yicha namunaviy usullarda ilmiy-amaliy tadqiqot o‘tkazishni;
ta’lim sohasida: uzluksiz ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga ko‘maklashish (o‘quv personali), tadqiqotlarda ishtirok etish, ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni egallash va tadbiq etishni bilishi kerak.
Kasbiy mahorat bo‘yicha o‘z bilimi va ko‘nikmasini egallagan lavozimida mustaqil faoliyat ko‘rsatish talablari va professionalizmga javob berishi kerak.
2.3. Ta’lim dasturlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar
2.3.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha talablar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki bo‘yicha talablar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlagan ««Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo‘yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yilgan talablar» asosida belgilanadi.
2.3.2. Matematik va tabiiy-ilmiy tayyorgarlik bo‘yicha talablar
Matematik kommunikativ kurs
Bakalavr:
- matematika dunyoni bilishning o‘ziga xos usuli, uning tushunchalari va tasavvurlarining umumiyligi;
- matematik modellash;
- informatsiya, uni saqlash, ishlov berish va uzatish metodlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- matematik tahlil, analitik geometriya, chiziqli algebra, kompleks o‘zgaruvchi funksiyasi nazariyasi, ehtimollik nazariyasi va statistik matematika, diskret matematikaning asosiy tushunchalari va metodlarini;
- tabiatshunoslik va texnikadagi eng oddiy tizimlar va jarayonlarning matematik modellarini;
- muayyan jarayonlar uchun ehtimoliy modellarni va tuzilgan model doirasida hisoblarni olib borishni;
- turli darajadagi dasturlash tillarini, ma’lumotlar bazalarini, dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasini;
- funksional va hisoblash masalalarini echish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- ob’ektlarning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik simvollardan foydalanish;
- modellarning ierarxik strukturasi va olingan natijalar qo‘llanilishi chegaralarini baholashni hisobga olgan holda modellarni tadqiq qilish;
- eksperimental ma’lumotlarga ishlov berishning asosiy metodlari va usullaridan foydalanish;
- algebrik tenglamalarni analitik va sonli echish;
- oddiy differensial tenglamalarni tadqiq qilish, ularni analitik va sonli echish;
- matematik fizikaning asosiy tenglamalarini analitik va sonli echish;
- dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Tabiiy-ilmiy kurs
Bakalavr:
- borliq bir butun fizikaviy ob’ekt haqidaligi va uning evolyusiyasi;
-tabiiy-ilmiy fanlarning nazariy asoslarini;
-ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning qonuniyat, ta’moyil va omillarini haqida;
- xalqaro mehnat taqsimoti va integratsion jarayonlar haqida;
- O‘zbekiston va ayrim horijiy mamlakatlarning tabiati, aholisi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari haqida;
- atrof muhit, ekologik tizim, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan unumli foydalanish;
- jahon tarixi va noosferada insoniyat evolyusiyasi xaqida;
-bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida O‘zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va xo‘jaliklarni hududiy tashkil etish;
-xo‘jalik sub’ektlarida bozor munosabatlari ko‘lamini shakllantirishda mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari va ularning rivojlanishga ta’siri;
-jahonda, O‘zbekistonning ayrim mintaqalari va hamdo‘stlik davlatlarida yuzaga kelgan ekologik muammolar va ularni holati;
-texnika va texnologiyalarni rivojlanishining atrof muhitga ta’sir etishi shakli va darajasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
-ijtimoiy rayonlashtirish va iqtisodiy-geografik tadqiqotlar usullari;
- ijtimoiy-ekologik-iqtisodiy tizimlarni shakllanish jarayonlarini;
- xududlarni tabiiy resurs va mehnat resurslari salohiyatidan oqilona foydalanish yo‘llari;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekiston Respublikasi va unga yaqin xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni hududiy joylashtirish hamda hududiy tashkil etish xarakteri haqida;
-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda hududlarning iqtisodiy rivojlanishi va bozor ko‘lamining shakllanish xususiyatlari haqida;
-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari, bank, sug‘urta va investitsiya faoliyatini xududiy tashkil etish sohasidagi jarayonlarning mohiyati xaqida;
- texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot monitoringi va boshqarish bilan o‘zaro aloqasi xaqida;
-O‘zbekiston Respublikasi, mustaqil hamdo‘stlik davlatlari va butun er yuzida ekologik vaziyatning murakkabligini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- alohida mamlakatlar va mintaqalar tabiiy sharoiti va resurslari, geografik o‘rnini belgilash bo‘yicha;
-ijtimoiy-statistik ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish bo‘yicha;
- iqtisodiy jixatdan tabiiy komponentlarni tadqiq etish bo‘yicha;
- ishlab chiqarish jarayonlarida va texnika ob’ektlarida oddiy fizik, kimyoviy va biologik tizimlar modellaridan foydalanish bo‘yicha;
- tabiiy fanlar turli qismlariga xos bo‘lgan kattaliklar son tartibini o‘lchash va baholash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
2.3.3. Umumkasbiy fanlar bo‘yicha talablar
Umumiqtisodiy kurs
Bakalavr:
- bozor tuzilmalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari;
- mikroiqtisodiy o‘zgarishlarning nazariy asoslari;
- bozor qatnashchilari va ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar;
- bozor muvozanati va umumiy muvozanatlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va xodisalarni miqdoriy baholash va statistik o‘zgarishlar;
- statistika nazariyasi asoslari va statistik ko‘rsatkichlar;
- chet el mamlakatlari milliy iqtisodiyotining rivojlanish tajribasi;
- milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va iqtisodiyotning globallashuvi;
- mehnat iqtisodiyotining nazariy asoslari;
- mehnat ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi;
- inson resurslari, ularning shakllanishi, ulardan samarali foydalanishda demografik jarayonlarning ta’siri haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- talab va taklif asoslarini;
- nominal va real YAIM va daromadlarni hisoblashni;
- iqtisodiy islohotlar va uning ustivor yo‘nalishlarni;
- ishlab chiqarish va noishlab chiqarish korxonalarida turli xil xo‘jalik operatsiyalarini;
- korxonani istiqbolini aniqlashda xorij davlatlarida sodir bo‘layotgan siyosiy - iqtisodiy jarayonlarni mulohaza qilish va u asosida korxona istiqbolini belgilash;
- jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanish tendensiyalarini;
- rivojlangan mamlakatlarda inson va kapital resurslaridan oqilona foydalanishni;
- makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlarni;
- kompaniya, assotsiatsiya, koorporatsiyalarning roli va ahamiyatini;
- statistik kuzatishni tashkil etish tamoyillarini;
- statistik ko‘rsatkichlarni taqdim etishning asosiy usullarini;
- mehnat unumdorligi va uni oshirish omillari, rezervlari va asosiy yo‘llarini;
- xodimlar mehnatini baholash va ish haqini tashkil etish tizimini bilishi va foydalana olishi;
- mikro-makroiqtisodiy o‘zgarishlar qonuniyatlarini tahlil etish;
- mikro va makro ko‘rsatkichlarni hisoblash;
- bozor ishtirokchilarini iqtisodiy faoliyatini tahlil qilish;
- ishsizlik va inflyasiya darajalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;
- strategik va biznes rejalarni tuzish;
- mehnat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- investitsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Biznes kursi
Bakalavr:
- menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi;
- menejment qonunlari va tamoyillari;
- marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi;
- marketing tamoyillari, vazifalari va funksiyalari;
- pul funksiyalari va uning muomalasi qonunlari;
- pul - kredit siyosati va instrumentlari;
- buxgalteriya hisobining usullari;
- buxgalteriya hisobining usullari; buxgalteriya balansining tuzilishi;
- xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar;
- moliyaviy boshqaruv va nazorat;
- soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- menejer faoliyatini tashkil etish va qaror qabul qilishni;
- menejment samaradorligi, menejmentda nizo va streslarni boshqarishni;
- tovarlar va xizmatlar marketingini;
- strategik va operatsion marketini;
- bank tizimi turlari, operatsiyalari va funksiyalarini;
- pul mablag‘lari va tashkilotlar o‘rtasida hisob-kitoblar hisobini;
- materiallar hisobi, ularni turkumlash va baholashni;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini;
- soliqlar va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini uzviy bog‘liqligini bilishi va foydalana olishi;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
- menejment tizimida etakchilik;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda boshqaruv;
- inson resurslari menejmentini tashkil qilish;
- noaniqlik sharoitlarida boshqaruv qarorlari qabul qilish;
- moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish usullaridan foydalanish;
- kadrlarni tanlash va baholash;
- hamkorlar bilan muzokara yuritish;
- hamkorlar bilan shartnomalar tuzish;
- narx shakllantirish;
- bozor holati haqida axborot to‘plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi lozim.
Tarmoq fanlari kursi
Bakalavr:
- respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari;
- sanoat tarmoqlari iqtisodiyoti;
- investitsiyalarni loyixalashtirish va texnik-iqtisodiy asoslash tamoyillari;
- agrosanoat majmui (ASM) tarmoqlari iqtisodiyoti;
- bozor va tadbirkorlik infratuzilmasi;
- korxona iqtisodiyoti tashqi va ichki muhiti;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning atrof muhitga ta’siri;
- iqtisodiy o‘sish omillari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari;
- mehnat bozori va aholini ijtimoiy muxofaza qilish tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiyotni moder-nizatsiyalash va islohatlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlarini;

- respublikaning ma’muriy-hududiy bo‘linishini;


- respublika iqtisodiyotining tarmoq, mintaqaviy va tarkibiy tuzilishini;
- iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlarini;
- iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarning investitsion jozibadorligi ko‘rsatkichlarini baholashni;
- iqtisodiy o‘sish omillari va ko‘rsatkichlari taxlilini;
- mehnat resurslarini joylashtirishning qonuniyatlari va tamoyillarini;
- mehnat bozori va aholini ijtimoiy muxofaza qilish shaklllarini;
- bozor infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llarini;
- talab va taklif muvozanati tahlili hamda bozor hajmini bashorat qilishni;
- korxona iqtisodiyotini tashkil etish yo‘llarini;
- korxona iqtisodiyotini samarali rivojlantirishning ichki va tashqi muhiti omillarini;
- korxona strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish yo‘llarini bilishi va foydalana olishi;
- iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik rivojlantirish yo‘nalishlarini baholash;
- respublika va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- respublika va mintaqalardagi ijtimoiy- demografik holatni tahlil qilish;
- respublika va mintaqalar iqtisodiyoti tarmoqlarida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni tahlil qilish;
- respublika mintaqalarida bozor infratuzilmasini taxlil qilish;
- iqtisodiy xavfsizlik turlarini tasniflash va oqibatlarini baholash;
- kartografik usul yordamida respublika ma’muriy-hududiy bo‘linishini aniqlash;
- mahalliy byudjet daromadlarining shakllanishi va xarajatlarining sarflanish manbalarini taxlil qilishga oid masalalarni echish;
- investitsiya siyosatini samarali boshqarish;
- mehnat bozori va aholini ijtimoiy muxofaza qilish tizimi samaradorligini baholash;
- aholini ish bilan bandligi va turmush farovonligini oshirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
- tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqalar ixtisoslashuvini aniqlash;
- korxona iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqish;
- korxonalarda xamkorlik muzokaralari va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi lozim.

2.3.4. Ixtisoslik fanlari bo‘yicha talablar:


Ixtisoslik fanlari kursi
Bakalavr:
- iqtisodiy tizimlar va ularning tasnifi, hususiyatlari;
- bozor va bozor iqtisodiyoti tushunchalari;
- axborot asimmetriyasi, tadbirkorlik va biznes xatarlari turlari;
- halqaro bozor va jahon mamlakatlarida biznesni rivojlantirish hamda boshqarilish tasnifi, ularning o‘ziga xos hususiyatlari;
- ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning nazariy, tashkiliy-huquqiy asoslari ustuvor yo‘nalishlari;
- mutaxassislarga bo‘lgan talabni aniqlash uslubi;
- xalq ho‘jaligi balansi va miliy hisoblash tizimi tushunchalari, ularning tarkibiy tuzilishi va ko‘rsatgichlari;
- miliy hisoblash tizimini hisoblanish tartibi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;
- qabul qilinayotgan yangi qonunlar va huquqiy-me’yoriy hujjatlarning takomillashuvi natijasida loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar;
- g‘oyalar va ularning tasnifi;
- tadbirkorlik g‘oyasi va uni amalga oshirish bosqichlari;
- loyiha g‘oyasining kelib chiqishi asoslari, loyiha oldi, loyihalash, loyihani amalga oshirish bosqichlarini oldindan ko‘ra bilish;
- loyihaning iqtisodiy, tijoriy, ekologik, ijtimoiy, qiymati va samarasini institutsional o‘zgarishlardan olinadigan nafni hisoblash hamda baholash;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tushunchasi, yo‘nalishlari asoslari ko‘rsatkichlari;
- iqtisodiyotning tarmoq, mintaqaviy va tarkibiy tuzilishi;
- mehnat bozori va aholini ijtimoiy muxofaza qilish tamoyili, tizimlari;
- mehnat resurslarini boshqarish tamoyillari;
- ijtimoiy rivojlanish tarkibi, uning tizimlari;
- milliy iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlanish omillari hamda shart-sharoitlari;
- mintaqalarni kompleks rivojlantirish xususiyatlari va muammolarni asosiy indekatorlari
- radikal innovatsiyalar – jamiyatdagi o‘zgarishlarning asosiy vositasi ekanligi;
- strategik rejalashtirish uslubiyati, usullari va bosqichlari;
- innovatsion ananaviy rivojlanish mohiyati;
- STEP, ATDA, PEST tahlillari;
- barqaror rivojlanish muammolarini tadqiq etish;
- uzoq muddatli strategik rejalashtirishni ehtiyojga ko‘ra qo‘llash;
- milliy iqtisodiyotning barqaror va mutanosib rivojlantirish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- iqtisodiy tizimlar va bozor tasniflarini;
- noaniqlik sharoitida axborot asimmetriyasi va tadbirkorlik hamda biznes xatarlarni o‘lchashni;
- mehnat unumdorligi va samaradorlikni;
- iqtisodiy tanlov qoidasini va muqobil xatarlarni;
- biznes va tadbirkorlikni yuritish, boshqarish tamoyillarini;
- iqtisodiyotni istiqbolli tartibga solish va boshqarishni tashkiliy-huquqiy, nazariy- uslubiy asoslarini;
- iqtisodiyotni tartibga solish turlari, vositalari hamda shakillarini huquqiy-me’yoriy asoslarini;
 loyihalarni tahlil qilishda foydalaniladigan normativlar va ulardan qiyosiy xulosalar qilishni;
 loyihalarning muqobil variantlarini taqqoslash va xulosalar qilishni;
 loyihalarni samaradorligini ko‘rsatib, isbotlab berishni hamda investor oldida texnik-iqtisodiy asoslarini himoya qilishni;
- yangi loyiha g‘oyalarini yarata olish va ishlab chiqishni;
- iqtisodiyot asosini tashkil etuvchi tarmoqlar tarkibini;
- iqtisodiyotni tartibga solishda moliya-kredit vositalarini;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishini;
- iqtisodiyotni tartibga solishda byudjet-soliq siyosatining rolini;
- davlatning iqtisodiyotga maksimol va minimol aralash chegaralarini;
- milliy hisoblar tizimini va uning asosiy tarkibiy qisimlarini;
- turli makro va mikro strategiya amalga oshirishni;
- strategiyani tabaqalashtirish va ularni ustuvorini tanlashni;
- strategik rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlarini va xususiyatlarini;
- strategik tahlilni amalga oshirish yo‘nalishlarini;
- indikativ rejalashtirishning uslubiyati va huquqiy bazasini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- bozor turlarini ajratish va tahlil qilish;
- ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini aniqlash;
- foyda va rentabellikni hisoblash;
- biznes xatarlarini kamaytirish va o‘lchash, baholash yo‘llarini aniqlash;
- cheklangan resurslarni asrab, ulardan oqilona foydalanish;
- talab va jami taklifni mutanosiblikni turli talqinlarining;
- aniq davrda hal etilayotgan ijtimoiy muammolar va iqtisodiyot holati;
- ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti davrida strategik rejalashtirish roli va xususiyatlari;
- tayyor loyihalarni tahlil qilish va eng samarali variantini moliyalashtirishga tavsiya etish;
- loyihalarni texnik-iqtisodiy assortimentini ishlab chiqish;
- loyihalarni korxona va investor nuqtai nazaridan baholash;
- loyiha oldi hamda loyihalash bosqichlarida o‘z hisob-kitoblari bilan tavsiya va takliflar berish;
- resurslarni prognozlashtirish va ularni tarkibi;
- prognozlashtirish modellari va turlari;
- tarmoqni prognozlashtirish modellari;
- ijtimoiy-iqtisodiy o‘z-o‘zini boshqarish to‘g‘risidagi qonun;
- prognozlashtirishning samarasini;
- muayyan davrda hal etilayotgan muammolar va iqtisodiyot holatining tahlili;
- mamlakatning yuksalish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash;
- mamlakat integratsiya jarayonlarini jadallashtirishda investitsiya siyosati;
- barqaror rivojlanish strategiyasining ijtimoiy jihatlari;
- turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblash;
- barqaror va mutanosib rivojlanishni baholash;
- mehnat munosabatlari sohasi strategiyalari va ularni baholdash;
- ijtimoiy faollikni rivojlantirish strategiyasini;
- aholining ijtimoiy muxofaza qilishni yaxshilash;
- ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlarni taxlil qilish;
- raqobatchilik strategiyalarni taxlil qilish va baholash;
- strategik boshqarish nazariyasida eguluvchanlik tamoyillari;
- mintaqalar kompleks rivojlantirish dasturlarini baholash va taxlil qilish;
- mintaqa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, kasanachilik faoliyatini rivojlantirish orqali aholi bandligi, turmush faravonligini oshirish imkoniyatlari;
- mintaqada eksportga yo‘naltirilgan va importning o‘rnini bosuvchi tovar va xizmatlar ishlab chiqarish tizimi tahlili
bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Ixtisoslik fanlari bo‘yicha bakalavr:
- ixtisoslikka mos sohalarning asosiy ilmiy – nazariy, tashkiliy-huquqiy muammolari va rivojlanish istiqbollarini hamda ularning turdosh sohalar bilan o‘zaro aloqasini tushunishini;
- ixtisoslikning muayyan sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ob’ektlarni, hodisa va jarayonlarni bilishi, ularni tadqiq qilish usullaridan foydalanishni;
- o‘rganilayotgan iqtisodiy ob’ektlarga qo‘yiladigan tashkiliy-iqtisodiy talablarni ta’riflab berishni uddalashi, ularni amalga oshirishning mavjud ilmiy-amaliy vositalarini bilishi kerak.
Bakalavr ixtisosligiga qo‘yiladigan muayyan talablar ixtisoslik o‘quv fanlari turkumidan tanlangan variantdagi o‘quv fanlarining mazmuni bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
2.3.5. Bitiruv malakaviy ishi (loyihasi) ga qo‘yiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr fanlarning hamma turkumlari bo‘yicha bilimlar qo‘llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy vazifani echadi.
Mazkur ishda bakalavr:
- echilayotgan vazifa bo‘yicha masala holatining sharhini va bu masala holatining tahlilini berishi kerak;
- erishiladigan maqsadni shakllantiradi, vazifani echishning turli variantlarini ko‘rib chiqadi va ratsional variantini aniqlaydi;
- ratsional variantning uslubiy, tahliliy, konstruksion va iqtisodiy echimini beradi;
- vazifa echimi bo‘yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni iqtisodiyotning mos sohalarida qo‘llash imkoniyatini aniqlaydi.
2.3.6. Malakaviy amaliyot bo‘yicha talablar
Ishlab chiqarish amaliyoti
Bakalavr:
- iqtsiodiyotni rivojlantirish uchun transport, iqtisodiy va madaniy resurslarni;
-iqtisodiy sohasidagi qonuniy aktlar va normativlarni;
- amaliyot ob’ekti tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarni loyihalashtirishni va uni bozorga etkazish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- iqtisodiyotni turli sohalarida xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllaridan foydalanish;
- makroiqtisodiy qonuniyatlar va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish;
- shartnoma va kelishuvlar tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Bitiruv oldi amaliyoti
Bakalavr:
- ishlab chiqarish sharoitlarida tarmoq sohalari fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni;
- tashkiliy-iqtisodiy bosqichlarni taxlil qilishni;
- belgilangan dastur va tanlangan mavzu amaliyot ob’ekti bilan bog‘liqligini;
- bitiriuv malakaviy ishi mavzusi uchun ma’lumotlar yig‘ish, taxlil qilishni va uning natijasida mulohaza va takliflar berishni bilishi va foydalana olishi;
- malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash, amaliyot ob’ektga baxo berish va iqtisodiy hisobotlarni tahlil qila olish;
- to‘plangan ma’lumotlarni taxlil qilish va ma’lum xulosalar berish darajasidagi;
- ishlab chiqarish amaliyoti xisobotini mustaqil tayorlash va ximoya qilish darajasidagi;
- malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash, amaliyot ob’ektga baxo berish va iqtisodiy hisobotlarni tahlil qila olish bo‘yicha;
- malakaviy amaliyot hisoboti himoyasi uchun ilmiy xulosalar va tavsiyalar bera olish darajasidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.

3. Ta’lim dasturining mazmuni va komponentlari


3.1. 60310100 –Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashning ta’lim dasturi ta’limning kunduzgi shakli bo‘yicha 4 yil o‘qishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi vaqt taqsimotiga ega:


Nazariy va amaliy ta’lim, shu jumladan, oraliq va yakuniy attestatsiyalar 136 hafta


Malakaviy amaliyot:
- ishlab chiqarish malakaviy amaliyoti
- bitiruv oldi malakaviy amaliyoti
11 hafta
11 hafta
Bitiruv malakaviy ishi 8 hafta
Davlat attestatsiyasi 2 hafta
Ta’tillar 36 hafta
Jami 204 hafta

3.2. Talaba haftalik o‘quv yuklamasining maksimal hajmi 54 soat, shundan auditoriyadagi o‘quv yuklamasi – 28 soatgacha, qolgan soatlar hajmi mustaqil ta’lim uchun ajratiladi.


3.3. Joriy, oraliq va yakuniy attestatsiyalarni hisobga olgan holda ta’lim dasturining umumiy hajmi 4 yillik o‘quv davri uchun 9072 soatni tashkil etadi.
3.4. Ta’lim dasturini o‘zlashtirishda bir qator masalalar auditoriya soati hisobiga integrallashtirilgan kurslar muammosi bo‘yicha talabalarning mustaqil ta’limi ko‘zda tutiladi.
3.5. 60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturining zaruriy mazmuni.
3.5.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki fanlari mazmuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo‘yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yilgan talablar» asosida belgilanadi.
3.5.2. Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
Matematik kommunikativ kurs
Oliy matematika:
“Oliy matematika” kursining predmeti, maqsadi va vazifalari, uning iqtisodiyotda tutgan o‘rni. Matritsalar va ularning xossalari. Determinantlar va ularning asosiy xossalari. CHiziqli tenglamalar sistemasi. Guass usuli.Tenglamalar sistemasini echishning boshqa usullari. n-o‘lchovli haqiqiy arifmetik vektorlar fazosi. Vektorlar sistemasi. CHiziqli fazo. Kvadratik formalar. Xalqaro savdo modeli. Analitik geometriyaning predmeti va vazifalari. Tekislikdagi analitik geometriya. To‘g‘ri chiziq, aylana, ellips, giperbola va parabola. Ikkinchi tartibli egri chiziqlar. Fazodagi analitik geometriya. Ikkinchi tartibli sirtlar.
Matematik analiz elementlari. To‘plamlar va ular ustida amallar. Sonli ketma – ketliklar va ularning xossalari, yaqinlashuvchanligi. Bir o‘zgaruvchili funksiya, uning berilish usullari. Funksiya limiti. Ajoyib limitlar. Bir o‘zaruvchili funksiya xosilasi. Hosilaning mexanik, geometriya va iqtisodiy talqini. Murakkab funksiya xosilasi. Funksiya ekstremumining zaruriy va etarli shartlari. Ko‘p o‘zgarvchili funksiya va uning xususiy hosilalari. Ko‘p o‘zgaruvchili funksiya ekstremumi.
Boshlang‘ich funksiya va uning xossalari. Aniq integral va uni hisoblash usullari. Integralning iqtisodiyotdagi tatbiqlari.
Differensial tenglamalar. Birinchi tartibli differensial tenglamalar, o‘zgarmas koeffitsientli yuqori tartibli chiziqli tenglamalar. Differensial tenglamalarning iqtisodiyotda qo‘llanilishi.
Sonli qatorlar va ularning yaqinlashish shartlari. Funksional qatorlar. Darajali qatorlar. Teylor va Makloren qatorlari.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika:
“Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”ning fan sifatida vujudga kelish bosqichlari va uning iqtisodiy jarayonlarda qaror qabul qilishdagi roli. Elementar hodisalar fazosi, hodisa va ular ustida amallar. Ehtimollar nazariyasining aksiomatik qurilishi.Ehtimol tushunchasi. Ehtimollik ta’rifalari va xossalari. SHartli ehtimol. Hodisalarning bog‘liqmasligi. To‘la ehtimollik formulasi. Bayes formulasi.
Bog‘liqmas sinashlar ketma-ketligi. Bernulli teoremasi. Puasson teoremasi. Muavr-Laplasning lokal va integral teoremalari. Eng katta ehtimollik son. Tasodifiy miqdor haqida tushuncha. Diskret tasodifiy miqdorlar va ularning taqsimot qonunlari (binomial, geometrik va Puasson taqsimot qonunlari). Uzluksiz tasodifiy miqdorlar. Taqsimot funksiya tushunchasi. Zichlik funksiyasi. Normal qonunning iqtisodiyotda qo‘llanilishi. Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar. Kovariatsiya va korrelyasiya koeffitsienti. Katta sonlar qonuni. Markaziy limit teorema.
Empirik taqsimot funksiya va uning xossalari. Nuqtaviy baholar, ularning asosiy xossalari. Baholashning klassik usullari. Intervalli baholar. Ishonchlilik intervali. Statistik gipotezalarni tekshirish. Asosiy va alternativ gipotezalar. Oddiy va murakkab gipotezalar. Pirsonning moslik kriteriysi.
Regression tahlilning asosiy masalalari. CHiziqli korrelyasion tahlil. Ko‘p o‘lchovli regressiya. Vaqtga bog‘liq tasodifiy miqdorlar. Ketma – ketligining tahlili. Vaqtga bog‘lik qatorlarni bashorat qilish usullari.
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar:
Iqtisodiy-matematik usullar va modellar fanining iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati. Iqtisodiyotning ierarxik tuzilishi va iqtisodiy jarayonlarning murakkabligi. Iqtisodiy resurslarning chegaralanganligi va tanlov.
Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning tasnifi. Optimizatsion, balans, korrelyasion-regression, matritsali usullar. Statik, dinamik, trend, magistral, chiziqli va chiziqsiz modellar. Bozor iqtisodiyoti modellari. Bir va ikki indeksli modellar. CHiziqli dasturlash usulining masalalari. Ikkilangan masalalar va ularning iqtisodiy ma’nosi.
Taqsimot usullari. Transport masalasi. Iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida optimal iqtisodiy aloqalarni aniqlash. Ishlab chiqarish sub’ektlari quvvatlarini optimallash. YAngi ishlab chiqarish korxonalarini bozor talablari asosida joylashtirish va rivojlantirish. Optimallash modellari. CHegaralangan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib, korxonalarning bozor talablari asosida mahsulot ishlab chiqarishining ko‘p variantli echimlarini aniqlash.
Iqtisodiy dinamika. Iqtisodiy jarayonlar va ularga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar. Bog‘lanishlar turlari: to‘g‘ri va teskari. Korrelyasiya koeffitsienti. Regressiya koeffitsienti. Iqtisodiy tahlil va bashoratlash. Ishlab chiqarish funksiyalari. Iqtisodiy o‘sish modellari.
Matritsali modellar. Tarmoqlararo balans modellari. Tarmoqlararo balansda agregatsiyalash muammolari. Bevosita va to‘liq xarajatlar koeffitsientlari. Tarmoqlararo balans modellari yordamida pirovard mahsulotlar hajmini aniqlash. Tarmoqlararo balans modellarida mehnat xarajatlarini aniqlash. Sof mahsulot va uning qayta taqsimlanishi.
O‘yinlar nazariyasi. Ommaviy xizmat ko‘rsatish modellari. To‘rli modellar.
Informatika va axborot texnologiyalari:
Axborot tushunchasi. Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari. Axborotlarni yig‘ish, uzatish, kayta ishlash va taqdim etish jarayonlarining tavsifi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonlari. Axborotlashgan jamiyat. Axborot madaniyati. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari fanining maqsad, vazifalari va predmeti. Axborot infrastrukturasi. Axborotlashtirish konsepsiyasi va uning vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish dasturi va uni amalga oshirishning chora-tadbirlari. O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish, kompyuterlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga tadbiq qilish to‘g‘risidagi Qonunlari. YUqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda fanning ahamiyati. Texnologiyalar. Axborot texnologiyalari. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari. Moddiy resurslar: mahsulot, axborot mahsuloti, texnologiya komponentlari Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining tasnifi. Axborot tizimining butun hayotiy sikli. Axborot texnologiyasining elementlari. AATni tadbiq qilish usullari. Kompyuter grafikasi. Tarmoqli AAT. Integrallashgan axborot texnologiyalari. Axborot faoliyati. Axborot-kommunikatsiyalar biznesi ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari. Interaktiv xizmatlar. Axborot-kommunikatsiyalar biznesiga ta’sir qiluvchi omillar. Axborot mahsulotlari. Interaktiv xizmatlar mahsulotlarining tasnifi. Axborot texnologiyalari evolyusiyasi. Mexanik, elektro-mexanik, elektron davr. Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi. Nutq, yozuv, kitob. Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Telegraf, telefon, radio, televizor, Internet, videokonferensiya, telekonferensiya. Axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari. Globallashtirish. Konvergensiya. Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining konseptual va funksional modeli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tuzilishi. Axborot ta’minoti. Texnik ta’minot. Matematik ta’minot. Dasturiy ta’minot. Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Maxsus dasturiy ta’minot. Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot. Ergonomik ta’minot. Huquqiy ta’minot. Lingivinistik ta’minot. Axborot tizimining funksional qismi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha turkumlash. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni bo‘yicha turkumlanishi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining qo‘llanilish va faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha turkumlanishi. Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini turkumlanishi. Avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari. Sifat darajasi bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining sinflarga bo‘linishi.
Tabiiy-ilmiy kurs
Iqtisodiy geografiya va ekologiya:
Iqtisodiy geografiya va ekologiyaning predmeti, tadqiqot usullari va vazifalari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish /ICHKJ/ omillari va prinsiplarining tarixan o‘zgaruvchanligi va ularning bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos xususiyatlari. ICHKJning ijtimoiy-siyosiy, texnika-iqtisodiy, tabiiy va ko‘p aspektli omillari. Dunyo siyosiy xaritasining muhim o‘zgarishlari. Dunyo mamlakatlari tipologik klassifikatsiyasi. Dunyo-ayrim guruh mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari. Dunyo aholisi geografiyasi. Demografik va migratsion siyosat. Jahon xo‘jaligi geografiyasi va xalqaro mehnat taqsimoti. Dunyoning regional ta’rifi.
O‘zbekiston – yangi mustaqil davlat, uning xalqaro nufuzining kengayib borishi. Ijtimoiy-geografik, xarbiy strategik, mezo va makrojoylanish xususiyatlari tahlili. O‘zbekiston mehnatva tabiy resurs salohiyatini iqtisodiy baholash. Tabiat resurslaridan noo‘rin foydalanish ekologiya oqibatlari. Orol muammosi, yangi iqtisodiy sharoitda atrof muhitni asrash va tabiatdan foydalanish boshqaruv tizimini takomillashtirish. O‘zbekiston demografik siyosati va aholi bandligi muammolari. Hozirgi bosqichda iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Xo‘jalikning tarmoq va xududiy tizimlarini qayta qurish,ko‘p o‘kladli iqtisodiyotni barpo etish. Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlarini joriy qilish. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, infrastruktura sohalarining rivojlanishi va xududiy tashkil xususiyatlari. O‘zbekiston tabiiy iqlim zonalarga bo‘lish tamoyillari va ularning iqtisodiy-geografik ta’rif. Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi. CHet el investitsiyasining o‘sib borishi.
Ekologiya fanining nazariy asosdari. Biosfera, ekologik omillar va tizimlar. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar. Bozor iqtisodiyoti va tabiatdan foydalanishning ekologik-iqtisodiy asoslari. Tabiat komponentlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning ekologik-iqtisodiy asoslari. Mineral xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish. Aholi, ekologik adaptatsiya va ekologik xavfsizlik. Geoekologik muammolar va ularning echimi. O‘zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni ta’minlash.
3.5.3. Umumkasbiy fanlar
Umumiqtisodiy kurs
Mikroiqtisodiyot:
Mikroiqtisodiyot fani predmeti, vazifalari, tadqiqot uslublari, fanning bazis tushunchalari. Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh muammosi. Bozor va bozor iqtisodiyoti. Talab va taklif, bozor muvozonati, maksimal va minimal narxlar. Talab va taklif elakstikligi. Elastiklik nazariyasini amalda qo‘llash. Bozor iqtisodiyotida iste’molchi tanlovi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Iste’molchi tanlovi masalasi. “Daromad” samarasi, “Almashtirish” samarasi. Ishlab chiqarish nazariyasi. CHekli unumdorlikning kamayish qonuni. Ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish. Ishlab chiqarish funksiyalari. Firmalarning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Ishlab chiqarish xarajatlari va firma foydasi. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorda firma harakati, muvozanati, foydasi va taklifi. Uzoq muddatli oraliqda firma va tarmoq muvozanati. Masshtab samarasi. Korxonaning samarali quvvati. Bozor tuzilmalari turlari. Sof monopoliya, raqobatlashgan monopoliya, monopoliya sharoitida narx belgilash. Monopoliyaga qarshi qonunchilik, mehnat bozori, kapital bozori va er bozori, iqtisodiy renta. Umumiy muvozanatlik. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish. Tavakkalchilik va uni pasaytirish yo‘llari. Tashqi samara, Kauza teoremasi va uning ahamiyati. Bozor iqtisodiyotini boshqarishda davlatning roli.
Statistika:
Statistika predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ommaviy hodisa, uning muhim belgilari. Statistika metodi. Statistik tadqiqot va uning bosqichlari. Hozirgi zamon O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi va xalqaro statistika.
Statistik kuzatish mohiyati va ahamiyati. Statistik kuzatishni tashkil etish tamoyillari. Statistik svodkalash va guruhlash, uning mazmuni, ahamiyati va vazifalari. Guruhlash turlari. Statistik ko‘rsatkich turlari va tasnifi.Statistik ko‘rsatkichlarni taqdim etishning asosiy usullari. Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar. Mutlaq ko‘rsatkich turlari. Nisbiy ko‘rsatkichlar, ularning mazmuni va ifodalash shakllari.Statistik jadvallar. Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash.Diagrammalar.
O‘rtacha miqdor turlari va shakllari. Arifmetik o‘rtacha: oddiy va tortilgan shakllari. Geometrik o‘rtachaning xossalari. Kvadratik va kubik o‘rtacha miqdorlar hamda ularni qo‘llash masalalari. Darajali o‘rtacha.
Variatsiya mohiyati va uni statistik o‘rganish zaruriyati. Variatsiya ko‘rsatkichlari. Asimmetriya koeffitsienti va uni aniqlash tartibi. Taqsimot ekssessi, uning mohiyati va darajasini miqdoriy baholashning ahamiyati.
Tanlanma kuzatish, uning mazmuni, qo‘llanish sabablari va afzalliklari. Tanlanma reprezentativligini ta’minlovchi tanlash usullari.
Korrelyasion-regression usullarini qo‘llash shart-sharoitlari. Juft korrelyasiya. Juft regressiya tenglamasini tuzish tartibi. Juft korrelyasiya koeffitsienti va uni talqini. Determinatsiya koeffitsienti va uni talqin etish.
Dinamika qatorlarining turlari. Qator o‘rtacha darajasi va o‘rtacha dinamikasi suratini aniqlash usullari. Dinamika qatorlarida asriy tendensiyalar, mavsumiy va konyunkturaviy tebranishlar, ularni o‘rganish zaruriyati. Dinamika qatori darajalarini interpolyasiyalash va ekstropolyasiyalash.
Iqtisodiy indekslarni mohiyati, ahamiyati va roli. Agregat indekslar, ularning sintetik va analitik funksiyalari. Joriy va bazis vaznli indekslar, ularning xususiyatlari. Statistika amaliyotida qo‘llaniladigan iqtisodiy indekslar. YAIM deflyatori va jismoniy hajm indeksi. Iste’mol baholari indeksini tuzish tartibi.
Milliy hisoblamalar tizimi (MHT) - makroiqtisodiy statistikaning asosiy uslubi. MHT mohiyati, ahamiyati va funksiyalari. MHT ning asosiy kategoriyalari va tushunchalari. MHTni asosiy hisoblamalari va ularning ko‘rsatkichlari.
Makroiktisodiyot:
Makroiqtisodiyot tushunchasi, resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash: Makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari. Mehnat bozorida muvozanat mexanizmi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni. Inflyasiyaning mohiyati, turlari va hisoblanish usullari. Inflyasiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liklik. Fillips egri chizig‘i. Iste’mol va investitsiya funksiyalari. Iste’mol va jamg‘arish, ularning grafiklari. Iste’mol va jamg‘arishga chegaralangan moyillik. Akselerator modeli. AD - AS modeli. Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi. Avtonom xarajatlar multiplikatori. Pul agregatlari. Pulga talabning klassik nazariyasi. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Bank va pul multiplikatori. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Bozor iqtisodiyotida davlatning roli: Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi. Davlatning iqtisodiy funksiyalari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari. Resurslarni qayta taqsimlash va barqarorlashtirish siyosati. Fiskal siyosat. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit va fiskal siyosatning o‘zaro bog‘liqligi. IS-LM modeli. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog‘liqligi. Iqtisodiy o‘sish o‘lchovi. Iqtisodiy o‘sishning Domar modeli. Iqtisodiy o‘sishning R. Xarrod modeli. R.Solouning neoklassik modeli asoslari. Xalqaro savdo nazariyasi. Tashqi savdo siyosati. To‘lov balansi. Valyuta kursi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining uziga xos xususiyatlari va natijalari.

Mehnat iqtisodiyoti va aholishunoslik:


Fanning predmeti, mazmuni va asosiy vazifalari. Mehnat faoliyatini tashkil etish. Mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish. Aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlik. Mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi. Aholining turmush darajasi va daromadlari. Ish haqi tizimi. Rag‘batlantiruvchi tizimlar, ish haqiga qo‘shimchalar va ustamalar, mukofotlash tizimi. Xorijda ish haqini tashkil etish va tartibga solish. Mehnat unumdorligining omillari va foydalanilmagan imkoniyatlari (rezervlari). Mehnat unumdorligini tahlil qilish. Korxonada ish haqi jamg‘armasini tahlil etish. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlil qilish. Globallashuv jarayonida aholishunoslik muammolari. Aholishunoslikka oid ma’lumotlar va ular bilan ishlash. Demografik jarayonlar. Aholining miqdor jihatdan o‘zgarishi. Aholi tarkibi va uni o‘rganish usullari. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payishi. O‘lim va aholining o‘rtacha umr uzunligi. Nikoh va ajralishlarning ijtimoiy, iqtisodiy va sotsiologik mohiyati. Aholi migratsiyasi va urbanizatsiyasi. Aholining migratsion harakati. Migratsiya oqimlari va aholishunoslik muammolari. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlari. Aholining kam ta’minlangan qismini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va uning samaradorligini oshirish yo‘llari. Ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmlari. Nafaqaxo‘rlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimlari. Talabalarni ijtimoiy muhofazalash tadbirlari. O‘zbekistonning demografik muammolari. O‘zbekiston aholisi. O‘zbekiston hududlari bo‘ylab aholining joylashuvi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar:
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari. Xalqaro mehnat taqsimoti. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro kapital migratsiyasi. Erkin iqtisodiy hududlar. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Rivojlangan mamlakatlar - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va uning milliy xo‘jaliklar rivojlanishiga ta’siri. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosi va uni tartibga solish mexanizmlari. Jahon iqtisodiyotining mohiyati. Jaxon xo‘jaligida davlatlarning asosiy guruhlari. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Xalqaro savdo konsepsiyalari: merkantelizm, mutlaq ustunlik, nisbiy ustunlik, Xeksher-Olin nazariyalari, Leon’ev paradoksi. Xalqaro savdoning jug‘rofiy va tovar tarkibi. Kapital chiqarishning sababi, mohiyati va asosiy shakllari. EIHning shakllari va xususiyatlari. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va integratsion jarayonlarda qatnashishi.
Biznes kurs
Menejment:
«Menejment» fanining predmeti, mazmuni va vazifalari. Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi. Menejmentga tizimli-vaziyatli yondashuv. Menejment qonunlari va tamoyillari. Menejment funksiyalari, menejmentda iqtisodiy boshqarishning tashkiliy tuzilishi. Menejment tizimida tadbirkorlik va biznes. Menejment usullari. Menejmentda axborot va kommunikatsiya. Menejmentda qaror qabul qilish. Menejer faoliyatini tashkil etish. Menejment madaniyati va uslublari. Marketing menejmenti. Ijtimoiy menejment. Xuquqiy menejment. Menejment samaradorligi. Menejmentda nizo va streslarni boshqarish. Ijtimoiy boshqaruv. Davlat menejmenti, xududiy menejment va boshqa masalalar.
Marketing:
Marketing tushunchasi va uning mohiyati. Marketingni vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi. Zamonaviy marketing tushunchasi. Marketing tamoyillari, vazifalari va funksiyalari. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash. Axborot turlari va ularni turkumlash. Ichki va tashqi axborot. Birlamchi va ikkilamchi axborot. Axborot to‘plash uslublari. Marketingning tarkibiy tuzilishi. Tarmoq marketingi. Tovarlar va xizmatlar marketingi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi. Mikromarketing va makromarketing. Xalqaro marketing. Marketing dasturi va uning asosiy bo‘limlari. Marketingda strategik va taktik rejalashtirish, uning maqsadi va vazifalari. Marketing nazorati turlari. Bozor konyunkturasini tadqiq etish va bashorat qilish. Bozor segmentatsiyasi va uning turlari. Bozorni segmentlashning asosiy tamoyillari. Marketingda tovar va tovar siyosati. Tovarlar raqobatbardoshligini baholash uslublari. Tovarlarning xayotiylik davri va ularning asosiy bo‘g‘inlari. Marketingda narx va narx siyosati. Narxni taxlil etish va bashorat qilish uslublari. Narx darajasini hisoblash uslublari. Tovarlarning “xayotiylik davri” mobaynida narxlarning o‘zgarishi. Marketingda sotish siyosati. CHakana savdo, ulgurji savdo. Vositachini tanlash. Taqsimot kanallari. Sotishning yangi turlari va shakllari. Marketingda kommunikatsiya siyosati, uning mohiyati, mazmuni va maqsadi. Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi.
Pul, kredit va banklar:
Pulning asosiy hususiyatlari va ularning takror ishlab chiqarishdagi o‘rni. Pulning funksiyalari. Pul muomalasi qonunlari. Kredit pullar va ularning zamonaviy shakllari. Pul tizimi tushunchasi, uning elementlari va turlari. Pul agregatlari. Pul nazariyalari. Pulning metall nazariyasi. Pulning nominal nazariyasi. Pulning miqdoriy nazariyasi. Zamonaviy monetarizm. Sudda kapitali va kreditning iqtisodiy asoslari. Kredit funksiyalari, shakllari va turlari. Kredit tizimi: mohiyati, tuzilishi, turlari. Kredit nazariyasining asosiy yo‘nalishlari. Moliya: mohiyati va funksiyalari. Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlari. Davlat byudjeti tizimi, funksiyalari va tuzilishi. Korxona moliyasini tashkil qilish asoslari. Soliqlar va soliq tizimi. Bank tizimi turlari, operatsiyalari va funksiyalari. Markaziy bank. Pul - kredit siyosati va instrumentlari. Inflyasiya: mohiyati, paydo bo‘lish shakllari. Inflyasiya turlari. Pul islohatlari. Qimmatli qog‘ozlar: umumiy tushunchasi va turlari. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Fond birjalari va ularning funksiyalari. “Toshkent RFB” va uning funksiyalari. Valyuta munosabatlari va valyuta tizimi. Halqaro hisob-kitoblar. Halqaro kreditlar. To‘lov balansi. Sug‘urta: iqtisodiy mohiyati, funksiyalari, shakllari. O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta qonunchiligi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobi:
Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha. Xo‘jalik hisobining turlari. Buxgalteriya hisobining predmeti va vazifalari. Buxgalteriya hisobining usullari. Buxgalteriya balansining tuzilishi. Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Pul mablag‘lari va tashkilotlar o‘rtasida hisob-kitoblar hisobi. Kassa operatsiyalarining hisobi. Bankdagi hisob-kitob, valyuta scheti va maxsus schetlarning hisobi; materiallar hisobi, ularni turkumlash va baholash. Materiallarni o‘rtacha bahoda, FIFO, LIFO usullarda baholab sarflash hisobi. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash tartibi. Asosiy vositalarning harakatini hisobga olish. Asosiy vositalarning sintetik hisobi. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi va usullari. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobi. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish hisobi. Nomoddiy aktivlar hisobi. Nomoddiy aktivlarni baholash. Nomoddiy aktivlarning analitik va sintetik hisobi. Mehnatga haq to‘lashning shakllari va turlari. Mehnat va ish haqini dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish. Ish haqidan ushlab qolinadigan va chegiriladigan summalar hisobi. Mehnat ta’tili zahiralari va to‘lovlari hisobi. Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hisobi. Uzok muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hisobi. Boshqaruv hisobining predmeti va metodi. Boshqaruv hisobini tashkil etishning variantlari. Xarajatlarni turkumlash. Ishlab chikarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar va ularni taqsimlash. Mahsulot tannarxi tarkibi va turlari. jarayonli, bo‘linmali, buyurtmali tannarx hisoblash usullari. Haqikiy va normativ usullar bo‘yicha xarajatlar hisobi va tannarxni hisoblash. «Standart kost» va «Direkt kosting» usullari. Boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish. Sotiladigan mahsulot (tovarlar) assortimentini rejalashtirish. Bahoni shakllantirish. Transfert baxoni shakllantirish va segmentar hisobot. Tayyor mahsulotlar hisobi. Mahsulotni sotishda baxo o‘rnatish tartibi. Mahsulot sotishni hisobga olish. Kapital, uning tarkibi (ustav, qo‘shilgan, rezerv). Kapital harakatini hisobga olish. Moliyaviy natijalarni aniqlash hisobi. Asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar hisobi. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natijalar hisobi. Soliq to‘lagunga qadar foydani aniqlash hisobi. Sof foydani aniqlash va taqsimlash hisobi. Foyda va zararlar hisobini yuritish tartibi. Moliyaviy xisobot va uning tarkibi, buxgalteriya balansi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot. Asosiy vositalar xarakati to‘g‘risidagi hisobot. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy xisobot ma’lumotlari va unga auditorlar xulosasining zarurligi.
Moliya va soliqlar:
Moliyaning umumiy nazariyasiga kirish. Moliyaviy boshqaruv. Moliyaviy nazorat. Moliyaviy bozorlar va moliyaviy institutlar. Bojxona darormadlari. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi. Byudjet va byudjet tizimi. Byudjet jarayoni. Byudjetlararo munosabatlar. Davlat krediti. Byudjetdan tashqari fondlar. Korporativ moliya. Sug‘urta bozori. Uy xujalik moliyasi. Xalqaro moliya. Soliq munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari. Soliqqa tortish tamoyillari. Soliq nazariyasining elementlari. Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy asoslari. Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligi.
Iqtisodiy tahlil va audit:
Iqtisodiy tahlilning ob’ekti va predmeti. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari. Iqtisodiy tahlilda foydalaniluvchi ko‘rsatkichlar tizimi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar. Mahsulot ishlab chiqarish me’yoriyligining tahlili. Tannarxni pasaytirish omillari tahlili. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlili. Mehnat resurslari tarkibi va tuzilishi. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi tahlili. Mehnat omillarining mahsulot hajmiga ta’siri va ularni hisoblashning turli usullari. Asosiy vositalar tahlili. Asosiy vositalar eskirishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tahlili. Asosiy fondlar tarkibi va dinamikasi tahlili. Asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili. Auditning turlari. audit va taftish. auditor va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar. Auditorlik tashkilotlari tomonidan mijozlarni tanlab olish. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma. Auditorning mijoz oldidagi majburiyat xati. Auditni rejalashtirish. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash. Auditda jiddiylikni aniqlash. Auditorlik tavakkalchiligi va ichki nazorat tizimini baholash. Auditda ekspert xizmatidan foydalanish. Audit natijalarini baholash. Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.
Tarmoq va soha fanlari kursi
Milliy iqtisodiyot:
Milliy iqtisodiyotning o‘lchov xususiyatlari. Milliy boylik – davlat qudratini belgilovchi ko‘rsatkich. Ilmiy texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiyotdagi roli. Makroiqtisodiy vaziyat va uning asosiy yo‘nalishlari. YAngi xo‘jalik yuritish sharoitida moddiy ishlab chiqarish majmui. Agrosanoat majmuining yuksalish yo‘llari. Davlatning investitsiya siyosati. Respublika qurilish majmuasi. Boshqaruv tizimini takomillashtirish yo‘llari. Iqtisodiyotni boshqarishda soliqlar. Respublikada bozor infratuzilmasining asosiy yo‘nalishlari. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Davlat siyosatida ijtimoiy majmua. Mehnat bozorini tartibga solish va aholining ish bilan bandligi muammolari. Milliy iqtisodiyot rivojlanishining makroiqtisodiy darsturlarini tuzish. Strategik rejalashtirish va hududiy iqtisodiyotning muammolari. Kichik va xususiy tadbikorlikni rivojlantirish. Tashqi iqtisodiy siyosat asoslari. Milliy iqtisodiyotning markaziy Osiyo mustaqil davlatlari transformatsiyasi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiya yo‘llari. Globallashuv va jahon bozori.
Institutsional iqtisodiyot:
Institutsional nazariyalar paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Institutsional iqtisodiyot predmeti va tamoyillari. “Eski” va “yangi” institutsionalizm. Me’yor va institutlar. O‘yinlar nazariyasi va o‘zaro xarakatlarni modellashtirish. Reja va bozor institutlari. Transaksiyalar va transaksion xarajatlar. Transaksiya xarajatlari turlari va ularni kamaytirish vositalari. Tashqi samaralar va mulkchilikning muqobil shakllari. Mulkchilik shakllarining tasniflanish belgilari. Mulk shakllarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlari. Xufyona iqtisodiyot. Xufyona faoliyatning kelib chiqishi sabablari. Institutlarning rivojlanishi. Institutlar faoliyatining rasmiy va norasmiy qoidalari. Institutsional islohotlar. Islohotlarning bosh maqsadi, vazifalari va huquqiy asoslari. SHartnoma (kontrakt) nazariyasi. SHartnoma doirasida «buyurtmachi» va «bajaruvchi» munosabatlari va ular o‘rtasidagi chegaralar. Bozor va firma institutlari. Korporativ tuzilmalar va ular rivojlanishi istiqbollari. Tashkiliy tuzilmalar tahlili. Davlatning yangi institutsional nazariyasi. Davlatning tashkilot sifatida funksiyalari va vazifalari. Uy xo‘jaliklari va uning turlari. Uy xo‘jaligi ta’rifi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Rivojlanishning institutsional nazariyasi va innovatsiya turlari.
Mintaqaviy iqtisodiyot:
Mintaqaviy iqtisodiyot fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Mintaqaviy tadqiqotlarning uslublari. Mineral-xom ashyo resurslari tushunchasi. mazmuni va ularning xududiy joylashuvi hamda uning iqtisoliyotda tutgan o‘rni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mineral-xom ashyo bazasini mustahkamlash. O‘zbekiston ma’muriy-hududiy bo‘linishining hozirgi holati. Hududiy va mahalliy hokimiyat organlarini isloh qilish yo‘llari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha xorijiy nazariyalar, qonuniyatlar va tamoyillar. O‘zbekiston mintaqalarining demografik holati. Mehnat bozorining rivojlanishi va uni tartibga solish. «Ijtimoiy siyosat» tushunchasi, ijtimoiy siyosatning xususiyati, axamiyati, asoslari va takomillashtirish zaruriyati. CHet mamlakatlarda ijtimoiy muhofaza. Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi. Davlat byudjetidan ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo‘naltirilgan sarf-xarajatlar. Ijtimoiy siyosat muammolari va istiqbollari. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanish ko‘rsatkichlari. Strategik ahamiyatga ega tarmoqlarning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni. O‘zbekistonning neft mustaqilligi asoslari. Agrosanoat majmuini rivojlantirish asoslari, muammolari va ustuvorliklari.
3.5.4.Ixtisoslik fanlari
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari:
O‘zbekistonning bozor tarixi, tushunchasi va uning vazifalari. Bozorning turlari. Resurslarning kamyobligi. Ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasi. Iqtisodiy faoliyat turlari, mexanizmi va tanlov qoidasi. Iqtisodiy tizimlar. Bozor iqtisodiyotining belgilari, turlari va o‘tish yo‘llari. Monopoliya, aksmonopoliya siyosati, mulk shakllari va bozorning asosiy modellari. Davlat mulkini xususiylashtirish. Moliya va uning asoslari. Biznes va tadbirkorlik tamoyillari. Firmalarning shakllari. Biznesda sof xarajatlarning turlari, me’yoriy xarajatlar, foyda va rentabellik. Investitsiya faoliyati, iqtisodiy barqarorlikda biznesning o‘rni va istiqboli.
Iqtisodiy sikllar va iqtisodiy o‘sish. Xalqaro mehnat bozori. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi va unga ta’sir etuvchi omillar. Inflyasiya muammosi, byudjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati va valyuta kursi siyosati asosida tartibga solish. Rivojlangan mamlakatlarda makroiqtisodiyotni tartibga solish. Xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari: maqsadlari va xususiyatlari. Kapital harakatining mohiyati va uning yuzaga kelish shart-sharoitlari. Xalqaro kreditning asosiy turlari va ularning tavsifi. Xalqaro ssuda kapitali bozori. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishlarini huquqiy tartibga solish.
Investitsiya loyihalari tahlili:
Investitsiyalar mohiyati, turlari, tuzilishi. Investitsiya siyosatining mohiyati. Investitsiya loyihalari tasnifi va turlari. Loyiha tahlili bilan bog‘liq iqtisodiy konsepsiyalar. Loyiha tahlili konsepsiyasi. Loyihalarni tayyorlash. Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning uslubiy asoslari. Investitsiya loyihalarini moliyaviy – iqtisodiy baholashning asosiy usullari. Investitsiya loyihalarini moliyaviy – iqtisodiy baholashda qo‘llaniladigan diskont va nodiskont usullari. Raqobatlashuvchi investitsiya loyihalarni baholash. Texnik tahlil. Ekologik tahlil. Ijtimoiy tahlil. Institutsional tahlil. Moliyaviy tahlil. Iqtisodiy tahlil. Iqtisodiy ekspertiza. Uning turlari amalga oshirish usullari. Investitsiya loyihalarida qaltislik tahlili. Loyiha tahlili va loyiha boshqaruvi.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish:
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish fani predmeti, maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotning real sektori. To‘lov balansi. Byudjet-soliq siyosati. Fiskal hisoblar va ularning tahlili. Pul – kredit siyosati. Prognozlashtirishni axborot bazasi. Iqtisodiy-ijtimoiy tizim davlat prognozlashtirish ob’ekti sifatida. Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usullari. Prognozlashtirish usulini tanlashda metodologik yondashuv. Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashtirish modellari. Prognozlashtirishda ekonometrik modellardan foydalanish. Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy potensiali — IIPning bazasi. Ilmiy texnika taraqqiyotini prognozlashtirish. Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini rivojlanishini prognozlash. Iqtisodiy o‘sishni prognozlashtirish. Aholi turmush darajasining ko‘tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash. Demografik prognozlash. Tarmoqni prognozlashni tamoyillari va usullari. Tarmoq iqtisodiy rivojlanishini asosiy yo‘nalishlarini prognozlash. Kapital qurilish va investitsion faoliyat darajasini prognozlash. Milliy havfsizlikni prognozlash.
Strategik rejalashtirish:
Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Strategik rejalashtirishning ob’ektlari va sub’ektlari. Strategik rejalashtirish sub’ektlari tomonidan qaror qabul qilishda qo‘llanadigan usullar. Strategik rejalashtirish modellari. Strategik rejalashtirish uslubiyati va uni tashkil etish. Global strategiya va raqobat. Korporativ strategiya. Funksional strategiyalar. Strategik rejalashtirish bosqichlari. Mikrodarajada (firma) strategik rejalashtirishni tashkil etish. Firmaning maqsad va vazifalari. Investitsiyani rejalashtirish. Iqtisodiy tashkilotlarda moliyaviy rejalashtirish. Firma strategiyasini rejalashtirish. ITT tartibga solish va strategik rejalashtirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni strategik rejalashtirish tajribasi. Strategik rejalashtirish va hududiy iqtisodiyot muammolari. Iqtisodiy islohotlar strategiyasi va uni shakllantirish mexanizmi. Strategik rejani amalga oshirish va nazorat qilish. O‘zbekistonda indikativ rejalashni tadbiq etish yo‘llari.
YUqorida keltirilgan ixtisoslik fanlarining ro‘yxati va mazmuni kadrlar buyurtmachilarining talablari hamda bakalavrlar tayyorlanadigan ushbu yo‘nalish fani, texnikasi va texnologiyasidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
3.5.5. Malakaviy amaliyot
Talabalar umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirishida olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash; iqtisodiy va tashkiliy boshqaruv jarayonlarini va xuquqiy asoslarini o‘rganish; sohada qo‘llaniladigan tahlil va prognozlash usullari bilan tanishish; Statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; Korxonaning rivojlanish strategiyasi bilan tanishib chiqish; Korxonani rivojlantirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va baholash, ko‘nikmalarini egallash.
Ishlab chiqarish malakaviy amaliyoti:
Talabalar korxona, muassasa, boshqaruv organlari va tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tahlil qilish, ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati bilan tanishish, mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Bitiruv malakaviy ishi(loyihasi) oldi amaliyoti:
Bitiruvchini bevosita standart talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash; o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash; jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish; iqtisodiy strategik korxonaning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funksional masalalarini o‘rganish; makroiqtisodiy yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to‘plash.

3.5.6. Bitiruv malakaviy ishi (loyihasi)


Bitiruv malakaviy ish (loyiha)lar mavzulari ta’lim muassasasining bitirtiruvchi kafedralari tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, shuningdek zamonaviy fan, texnika, texnologiyalar yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishlarining iqtisodiy tahlil mavzui prognozlash yoki ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida bo‘lishi mumkin.
Talabaga bitiruv malakaviy ishi vazifasi, odatda, u uchinchi kursni tugatgandan so‘ng beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni talaba o‘zlashtirib borgani sari to‘rtinchi kurs mobaynida, shuningdek, mazkur standartda bajarish uchun ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi.
3.5.7. Ta’lim dasturini amalga oshirish

Download 49.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling