5-Mavzu. 60310100 «Iqtisodiyot» (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) davlat ta’lim standartlarining mohiyati va mazmuni Reja


Download 49.05 Kb.
bet4/4
Sana29.01.2023
Hajmi49.05 Kb.
#1139216
1   2   3   4
Bog'liq
5 маъруза

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashning ta’lim dasturi mazkur yo‘nalish bo‘yicha akkreditatsiyalangan oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida zamonaviy texnika vositalaridan unumli foydalanib amalga oshiriladi.
Xorijiy tillarni talabalar tomonidan o‘zlashtirilishiga xamda pedagoglar tomonidan o‘qitilishiga e’tibor ustuvor bo‘lmog‘i va sharoit yaratilishi lozim.
Malakaviy amaliyot ta’lim muassasalarida, zamonaviy korxonalar, tashkilotlar va ITIlarda o‘tkaziladi. SHuningdek, amaliyot davrida ixtisoslik fanlaridan ham amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Ta’lim maboynida talaba Davlat attestatsiyasi (gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan va xorijiy tildan) topshiradi va bitiruv malakaviy ish(loyihasi)ni bajaradi xamda natijasiga qarab davlat namunasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi xujjat (diplom) beriladi. Davlat attestatsiyasi o‘quv jarayoni tugashidan oldin integrallashgan kurs bo‘yicha o‘tkaziladi.
4. Bakalavrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholash
4.1. Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
ichki nazorat – oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan nazoratning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom asosida o‘tkaziladi;
yakuniy davlat nazorati davlat ta’lim standartiga muvofiq fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasini va bitiruv ishi himoyasini o‘z ichiga oladi;
davlat-jamoat nazorati oliy ta’limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda o‘tkazi-ladi;
tashqi nazorat Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tayyorlangan kadrlar sifatini baholash kadrlar iste’molchilari tomonidan mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
4.2. Oliy ta’lim muassasasi:
- ushbu standartdagi talablarga rioya qilinishiga, bakalavrning sifatiga;
-professor-o‘qituvchilar tarkibi va o‘quv-yordamchi xodimlar malakasi talablarga to‘la mos kelishiga;
-integrallashtirilgan kurs fanlarining dasturlarida nazarda tutilgan o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv-uslubiy majmualar, shuningdek, yakka tartibda ishlash va mustaqil tayyorgarlik uchun materiallar bilan ta’minlanganligi;
-o‘quv jarayonining moddiy-texnika ta’minoti uchun to‘la mas’uldir.


Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Davlat ta’lim standarti buyicha klassifikatsiyaga izox bering.

  2. Iqtisodchi kasbining asosiy uziga xos xususiyatlarini izoxlang.

  3. Iqtisodchilarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Kasbiy qobiliyat nima?

  5. Iqtisodchi qanday qobiliyatlar majmuasiga ega bo‘lishi kerak?

  6. Iqtisodchilarning kasbiy malakalarni belgilovchi xususiyatlarni izoxlang.

Download 49.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling