5-Mavzu. 60310100 «Iqtisodiyot» (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) davlat ta’lim standartlarining mohiyati va mazmuni Reja


Download 49.05 Kb.
bet2/4
Sana29.01.2023
Hajmi49.05 Kb.
#1139216
1   2   3   4
Bog'liq
5 маъруза

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’ekti bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlari va ularnining tarkibi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari, assotsiatsiyalar, koorporatsiyalar, konsernlar, xoldinglar, ishlab chiqarish birlashmalari, firma va kompaniyalar, banklar, xokimiyatlar, vazirliklar, boshqarmalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalar, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlari hisoblanadi.
1.4.3. Kasbiy faoliyat turlari.
60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorlanishlariga muvofiq quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin:
- ishlab chiqarish-iqtisodiy: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalar faoliyatining barcha bo‘linmalarida iqtisodchi, buxgalter, menedjer, boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borish;
- iqtisodiy-rejali: Respublika, viloyat, shahar, tuman, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari bo‘linmalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat dasturlari uchun tavsiyalar, hamda bashoratlar ishlab chiqish;
- iqtisodiy-moliyaviy: iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida iqtisodiy ko‘rsatgichlarni o‘rganish va hisoblashni bilish, makroiqtisodiy barqarorlik, iste’mol va investitsiya funksiyalari, pul bozori va bank tizimi o‘rnini aniqlab berish, ishlab chiqarish rejalari va resurslar xarajatlari me’yorlarini ishlab chiqish, iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha hisob-kitob olib borish va boshqalar.
1.4.4. Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari.
60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi quyidagi kasbiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlashga moslashishi mumkin:
- normativ-uslubiy: normativ, uslubiy va hisob-kitob asoslari, baho, tahlil, iqtisodiy va ijtimoiy loyihalarni ekspertiza qilish;
- loyihaviy-tahliliy: loyihalar va takliflarni institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy konsepsiyalarini tahlil qilish;
- tashkiliy-iqtisodiy: texnik iqtisodiy asoslar, tashkiliy va iqtisodiy echimlar tahlili va boshqalar.
Bakalavr belgilangan tartibda oliy va o‘rta maxsus ta’limning ta’lim muassasalarida, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishlashi mumkin.
1.5. Ta’lim olishni davom ettirish imkoniyatlari
60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr quyidagi:
– Iqtisodiy nazariya;
– Tarmoqlar iqtisodiyoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
– Makroiqtisodiyot;
– Mikroiqtisodiyot;
– Mintaqaviy iqtisodiyot;
– Statistika va iqtisodiyotda matematika usullari;
– Iqtisodiyotda axborot tizimi va texnologiyalari;
– Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti;
– Kasb-xunar fanlarni o‘qitish metodikasi va tarmoq standartlariga mos ravishda magistraturaning tarmoq mutaxassisliklari bo‘yicha hamda ta’limning vakolatli boshqaruv organi(lari) tomonidan belgilangan, turdosh ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.



Download 49.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling