5-Mavzu. Aniqlik haqida tushuncha. Kesib ishlash aniqligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar. Sistematik xatoliklar; sistematik doimiy va o’zgaruvchan xatoliklar. Tasodifiy xatoliklar, ularning asosiy qonuniyatlari
Download 0,86 Mb. Pdf ko'rish
|
5.21- rasm. Nuqtali diagramma: a) differensial (turli); b) yiriklashgan. 2.21. a-rasmda aks ettirilgan nuqtali diagrammaning har bir to’pida to’rt- tadan detal bor. Nuqtalarning sochilib yotishi o’lchamning vertikal bo’yicha yoyilishini ko’rsatadi. 2.21,b-rasmda bitta vertikaldagi har qaysi to’p (to’rt) nuqta o’rnini bosadigan bitta nuqta ko’rsatilgan va u o’lchamning o’rta arifmetik qiymatiga to’g’ri keladi. To’p-to’p o’rta o’lchamlarning yoyilishi alohida o’lchamlarnikiga qaraganda kamroq bo’ladi. Agar hamma to’plam detallardagi o’lchamning taqsimlanishi Gauss qonuniga mos kelsa va o’rta kvadratli og’ishi s bo’lsa, o’lchamlarning o’rtacha qiymati ham o’sha qonun bo’yicha taqsimlanadi, o’rta kvadratli og’ishi s/√m ga teng bo’ladi. Bu yerda «m»- to’plamdagi detallar soni. 5.21. b diagrammada ustunlik qiluvchi omil-asbob yeyilishining ta’siri va stanokni sozlash hisobiga o’lchamning o’zgarishi yaqqol ko’rinib turibdi. Nuqtali diagramma usulining xususiyati shundaki, ishlab chiqarish jarayoni nazorat qilinadi: to’g’ri yo’nalishdan ogish aniqlanadi va uni bartaraf qilish chorasi ko’riladi. Mahsulot yalpi ishlab chiqarilayotgan oqimdan har 1-2 soat oraliqda, jarayonning barqarorligiga qarab shu paytda ishlangan zagotovkalardan 3-10 tadan ajratib olinadi va hammabop o’lchov asbobi bilan o’lchanadi. Natijalar ishlab chiqiladi va 2.21, b-diagrammada ko’rsatilganidek nuqtalar qo’yib chiqiladi. Diagrammada ikki juft to’g’ri chiziq ham ko’rsatiladi: biri joizlik (допуск) maydonini chegaralovchi T yuq va T q , ikkinchisi o’rta o’lchamlar to’pining yoyilish maydonini ko’rsatadigan R yuq . va R q (bu yerda yuq- yuqori, q- quyi so’zlarini bildiradi). Ular nazorat chizig’i deyiladi. Sozlash chegaralarining hisobi GOST 15893-77 ga binoan bajariladi. Sinovdagi alohida to’plamlarga tegishli nuqtalar R yuq va R q chiziqlari orasidagi maydonga to’g’ri kelishi kerak. Agar nuqta nazorat chizig’iga yaqinlashib qolsa, demak stanokni sozlab olish payti yetibdi. 2.21,b-rasmda ko’rsatilishicha, stanok birmuncha kechroq sozlangan: A 1 , A 2 , A 3 nuqtalarida bajarilmay B 1s B 2 , B, nuqtalarda bajarilgan. Nazorat diagrammasida o’lchamlarning o’rta qiymatlari guruhidan boshqa ko’rsatkichlarni, masalan, yoyilish maydoni qiymatini ham ko’rsatish mumkin. Bu qiymatni har bir to’plam uchun tadqiq etilayotgan o’lchamning eng chekka qiymatlari orqali topsa bo’ladi. Tadqiq etilayotgan o’lchamni avtomat tarzda o’lchab, kompyuterga uzatadigan texnika vositalaridan foydalanib yuqorida aytilgan statistik nazoratni avtomatlashtirish mumkin. Download 0,86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling