5-mavzu: Arxitektura falsafasida Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i. Reja


Jamiyat rivojida bunyodkorlik va shaxarsozlik tutgan o‘rni


Download 219 Kb.
bet11/12
Sana08.01.2023
Hajmi219 Kb.
#1084465
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-Мavzu ma\'ruza matni (арх)

Jamiyat rivojida bunyodkorlik va shaxarsozlik tutgan o‘rni. Jamiyatni rivojlanuvchi tizm sifatida oladigan bo‘lsak insoniyat jamoa bo‘lib yashashni boshlagan davrdan boshlab toki bugungi kunimizgacha turar joy, qurilish, arxitektura, dizayn, irrigatsiya va shaxarsozlik kabi qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan sahalar ham jamiyat sivilizatsiyasi bilan birgalikda rivojlanib kelmoqda. Masalan: Buyuk sarkarda temuriylar davlati asoschisi Amir Temurning “Bizning kuch qudratimizga shubxa qilsang biz qurdirgan imoratlarga boq” degan so‘zlari bugungi kun uchun ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jamiyat haqidagi ilk falsafiy qarashlar qadimdan boshlab Markaziy Osiyo mintaqasida shakllangan. Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-falsafiy bilimlarning shakllanishi uzoq tarixga ega. U dastlab boy ma’naviy merosimiz – xalq og‘zaki ijodida, so‘ng esa qadimiy yozma madaniy yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan. Bu madaniy yodgorliklarga; a) qadimgi toshbitiklar; «Avesto», buyuk allomalarimiz qoldirgan manbalar kiradi.Jamiyat va insonni falsafiy anglash muammolari Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlarni Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy; yirik olim, shoirlar Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asarlarida aks etgan.Hozirgi zamon sivilizatsiyasi esa sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Uni industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Texnika soxasining rivojlanishi boshqa soxalar kabi arxitektura va qurilish yo‘nalishida ham katta o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli quyida texnikaniing rivojlanish tendinsiyasiga e’tiborimizni qaratib o‘tamiz.
Hozirgi jamiyat mavjud adabiyotlarda texnogen olam industrial sivilizatsiya deb ham yuritilyapti. U an’anaviy, yovvoyi ( podachilik) jamiyatdan farqlanadi va kelgusi jamiyat manzarasini quyidagi izchilllikda tasavvur qilish imkonini beradi: industrial post industrial ekologik jamiyat.
Texnogen olam, sivilizatsiya bevosita «fan », «texnika», «ratsiaonallik» singari tushunchalar bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, fan va texnika ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, inson faoliyatiga kirib bormoqda. Fan va texnikani falsafiy idrok etishning ahamiyati kuchaymoqda. Falsafaning «texnika falsafasi», «fan falsafasi» singari nisbatan mustaqil sohalari tez rivojlanmoqda. Texnika tarixan insoniyat faoliyatining ob’ektiv shart-sharoitidir. U tosh sanoati, hunarmandchilik, yuqori texnologiya jarayoni davrlarini, texnika taraqqiyoti davrlarini ifodalaydi va uning inson faoliyatidagi rolini ko‘rsatadi.. Texnika odsiylikdan murakkablikka tomon rivojlanadi. A) qo‘l mexnat qurollari davri: B) xunar- manufaktura davri V) mashinalashgan texnika: G) avtomatlashgan sistema
Insoniyat tarixi qo‘l mexnatining texnika zimmasiga o‘tib borishidan guvoxlik beradi. Inson «tabiiylikni» sun’iy predmetlar ishlab chiqarish bilan almashtiradi, tashqi olamni o‘zgartiradi, o‘zini takomillashtiradi. Inson va texnika o‘rtasidagi aloqadorlik tobora ortib boradi. Hozirgi olam bu «texnikalashgan» makon va «texnalogiyalashgan» zamon birligidan iboratdir.
Arxitektura-qurilish sohasida amalga oshirilayotgan har bir loyixaning ko‘rrinishini yaratishdan tortib, uning to‘liq tiklangan holatigacha bo‘lgan ko‘rinishlari bevosita texnika bilan bog‘liq holda amalga oshmoqda. Eng muximi jamiyatning rivojlanish bosqichida uning istiqbolini ko‘rsatib beruvchi muxim bo‘g‘inlardan biri bo‘lgan bu shubxasiz mamlakatning bunyodkorlik salohiyatidir. Har bir davlatda qurilgan bunyodkorlik namunalari o‘sha mamlakatning ma’naviy qiyofasini ko‘rsatib beradi. Masalan; Misr davlatida qurilgan Misr exromlari, BAAdagi Burj xalifa majmuasi, Fransiyadagi Efil minorasi va shu kabi arxitektura namunalari butun dunyoga mashhur. Mamlakatimizning boy tarixga va ilmiy salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatuvchi bir qator memoriy obidalar ham so‘zimizga tasdiq bo‘la oladi. Masalan: Samarqandagi Registon majmuasi,Buxorodagi minoria kalon, Xorazmdagi Ichan qala, Toshkentdagi ko‘kaldosh madrasasi hamda Samarqandagi Ulug‘bek rasadxonasi kabi majmualar nafat bugungi kunning balki o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimizning ilm ma’rifat va bunyodkorlik g‘oyalari haqida so‘zlaydi.
Shaxarsozlik namunalarining ham ilk ko‘rinishlari Markaziy Osiyoning hududida joylashgan.Arxiologik tomilmalarning guvoxlik berishicha Samarqandagi Afrosiyob, Qashqadaryodagi Yerqo‘rg‘on, Uzunqir,Surxandaryodagi Qiziltepa, Xorazmdagi Ko‘zaliqir kabi majmualarda qadimdagi shaxarsozlik ko‘rinishlarining ilk namunalari o‘z aksini topgan. Qadimgi shaxarlarning o‘ziga hos umumiy belgilari ularning mudofa devorlari bilan o‘ralganligidir. Bundan tashqari shaxarda hokim yashaydigan qala Ark bo‘lgan uning atrofida esa har savdo va xunarmandchilik mavziylari barpo etilgan.

Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling