5-mavzu: auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik risk reja: Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida hamda auditning xalqaro standartlarida “muhimlik” tushunchasi talqini


-chizma. Komponent boyicha muhimlikni belgilashda yondashuvlar


Download 203.7 Kb.
bet2/9
Sana14.05.2023
Hajmi203.7 Kb.
#1458149
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-Mavzu-Auditorlik tekshiruvida muhimlik va risk-2

8-chizma. Komponent boyicha muhimlikni belgilashda yondashuvlar

Konservativ yondashuv boyicha guruhlar boyicha umumiy muhimlik darajasi 5 mln. so’m 5 ta komponentga oddiy arifmetik taqsimlash yo’li bilan taqsimlanadi. Bizning misolimizga muvofiq sho’’ba korxonalar hajm jihatdan teng bo’lganligi munosabati bilan ularning xar biriga muhimlik darajasini 1 mln. so’m qilib belgilaymiz. Agar biz o’rganayotgan komponentlar hajm jihatdan xar xil bo’lganda ham guruh uchun umumiy muhimlik darajasi 5 mln. so’mni tashkil etgan bo’lar edi, ammo uni komponentlarga taqsimlash har bir komponentning salmog’iga mutanosib ravishda taqsimlanar edi.


Komponentlar boyicha muhimlik darajasini 5 mln. so’m miqdorida belgilanishi (ya’ni guruhlar uchun umumiy muhimlik darajasiga teng miqdorda, belgilanishi), xatoliklarni aniqlanmaslik riskini oshishiga olib keladi.
600-sonli AXS asosan filiallar boyicha muhimlik darajasi belgilangan ikkita qiymat oralig’ida belgilash tavsiya sifatida keltirilgan, unda filiallar, sho’’ba korxonalar va bo’linmalar uchun muhimlik darajasi qanday aniqlanishi boyicha aniq qo’llanma(yo’llanma) mavjud emas.
Bunday holatlarda ko’pgina kompaniyalar tomonidan “eng yaxshi amaliyot”dan foydalaniladi. “Eng yaxshi amaliyot(Best practice)” – mohiyati shundan iboratki, har qanday faoliyatda maqsadga erishishning optimal yo’llari mavjuddir. “Eng yaxshi amaliyot” g’oyasi Fredrik Teylor tomnidan 1914 yilda shakllantirilib: “xar qanday holatlarda foydalaniladigan turli tuman metodlar ichida bir metod qolganlaridan tez va samarali ishlaydi”-deb ta’kidlagan.
“Eng yaxshi amaliyot”ga muvofiq “komponentlar boyicha maksimal umumy muhimlik” (KMUM) (Maximum Aggregate Component Materiality) metodidan amaliyotda AQShdagi yirik tashkilotlar keng foydalaniladilar. MHXS, BHUS (Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan standartlari (GAAP, AQSh)), AUS (Auditning umumqabul qilingan standartlari (GAAS, AQSh)), AXS, yoki AJHNK (Aktsiyadorlik jamiyatlarining hisobotlari ustidan nazorat Kengashi(PCAOB, AQSh)) standartlarida bu metod xaqida rasmiy ma’lumotlar aks etmagan. Yuqorida sanab o’tilgan standartlarning hech birida muhimlik darajasi chegarasini qanday aniqlanishi boyicha aniq metodika keltirilmagan. Masalan, AQSh audit standartlari auditorlik tekshiruvi maqsadi uchun muhimlik darajasini aniqlashda foydalaniladigan omillar keltirilgan.
Yuqoridakeltirilganmetodnimisolbilanko’ribchiqsak.
10-jadval keltirilgan ma’lumotdan ko’rinib turibdiki, komponent boyicha umumiy muhimlik multiplikatori, guruh boyicha umumiy muhimlik darajasiga nisbatan 1 mln. so’mdan 5 mln. so’m oralig’ida belgilanishi mumkin. Boshqacha so’z bilan aytganda, har bir sho’’ba korxona uchun optimal muhimlik darajasini aniqlash algaritmi multiplikatori aniqlashdan boshlanadi, ya’ni barcha kompanentlar boyicha muhimlik darajasini guruhlar boyicha umumiy muhimlik darajasiga nisbati yo’li bilan aniqlanadi. Komponentlar boyicha muhimlik darajasini aniqlash jarayonida multipliktorni “eng yaxshi amaliyot”da keltirilgan KMUM jadvalidan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 203.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling