5-Mavzu: Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja


Download 27.57 Kb.
bet6/7
Sana20.10.2023
Hajmi27.57 Kb.
#1710659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Mavzu Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja-fayllar.org

1-misol. Audit o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan korxonada risk darajasi past bo‘lib, auditorlik risklar maqbul to‘plamining eng yuqori chegarasi 5% ga teng. Korxona xalq xo‘jaligining nisbatan barqaror tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatganligi uchun ichki xo‘jalik riski (IR) 70%ga teng deb olindi. Nazorat vositalari riski (CR) esa 40% ga teng deb baho-langan. Chunki mijoz-korxonada ichki nazorat tizimining yaxshi yo‘lga qo‘yil-ganligi va oldingi o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlarining natijalariga ko‘ra auditorlar tomonidan jiddiy kamchiliklar ko‘rsatilmaganligi aniqlangan.
Yuqorida tahlil qilingan formulaga muvofiq aniqlan-maslik riski:
Demak, mohiyatan o‘tkaziladigan testlar bo‘yicha auditor uchun ishonchlilik darajasi 82, 1% ga teng (100%-17,9%).

2-misol. Mijoz korxonada auditorlik riski yuqori. Bunda ham auditorlik risklar maqbul to‘plamining eng yuqori chegarasi 5% ga teng deb olingan. Ichki xo‘jalik riski (IR) 90% ga teng deb baholangan. Chunki bu korxona auditor uchun yangi mijoz bo‘lib, uning faoliyat sohasi xorijiy investitsiyalarga asoslangan yuqori texnologiyalar bilan tavsiflanadi. Nazorat vositalarining riski (CR) esa 80% ga teng deb baholangan. Chunki dastlabki test sinovlari va kuzatish natijalariga ko‘ra ichki nazorat tizimining kuchsizligi, korxona rahbarining yakkahokimlik uslubida ish yuritishi hamda auditorlarga tazyiq o‘tkazishi aniqlangan. Bunda aniqlanmaslik riski (DR) qo‘yidagicha:
Bu misolda mohiyatan o‘tkaziladigan tekshiruv (test) lardan kutilayotgan ishonchlilik darajasi 93,1% ga teng (100,0%-6,9%). Demak, auditor tanlash ko‘lamini kengaytirishi zarur.

Ichki xo‘jalik riski va nazorat vositalari riskining turli kombinatsiyalari bilan aniqlanmaslik riski o‘rtasida o‘zaro teskari bog‘liqlik mavjud.




5.4. Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillar
Ichki xo‘jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim.

Birinchi guruhga kiruvchi omillar ishlab chiqarishni yuritish shart-sharoitlari va uslublari bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:


Qattiq raqobat; ishlab chiqarish texnologiyasining tez o‘zgarib turishi; yangi axborot-kommunakatsiya texnologiyalarining joriy etilishi; tarmoqning umumiy ahvoli va bankrotliklar soni; qonunchilikning tez-tez o‘zgarib turishi; qonunda belgilangan cheklashlar yoki atrof muhitni muhofaza qilish bilan yoxud boshqa shart-sharoitlar bilan bog‘liq cheklashlar.
Ichki xo‘jalik riskiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi guruh omillar ishlab chiqarish faoliyatining joylashgan o‘rni bilan bog‘liq.
Uchinchi guruh omillar shtat va biznesni tashkil etish bilan belgilanadi. Bu yerda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin: korxona rahbarining ustunligi (dominantligi) va direktorlar kengashining samarasiz faoliyati; korxona rahbarining moliyaviy muammolari; aksiyadorlar va rahbariyat o‘rtasidagi munosabatlarda vujudga keladigan tortishuv va muammolar natijasida rahbariyat mulkdorlar manfaatini himoya qilgani holda o‘z maqsadlarini ko‘zlaydilar. Bular zamirida qalloblik va suiiste’mol qilishlar yashirinishi mumkin.
Ichki xo‘jalik risklariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga quyidagilar ham kiritilishi mumkin:
  • rahbariyat va xodimlar malakaviy darajalarining pastligi;


  • kelajakka o‘ta ishonch bilan qarash(loqaydlik);


  • rahbarlikning haddan tashqari maydalashtirib yuborilishi oqibatida buxgalteriya ustidan yagona nazorat yo‘qolib, u yerda har bir kishi mas’uliyatni bir-biriga yuklaydilar.


Xodimlar yetishmasligi; auditor yoki yuristlarning tez-tez o‘zgarib turishi; hisob yuritish va ishlab chiqarish xususiyatlari bilan yaxshi tanish bo‘lmagan, yangi ishchilarni yollash; qalloblik va suyiste’mol qilish; xo‘jalik muomalalariga doir jiddiy kelishmovchiliklar; yuristlar, maslahatchi-lar, agentlar va boshqa mutaxassisliklarning bir martalik xizmatlari uchun haddan tashqari yuqori haq to‘lanishi kabilarni ham ushbu guruhga kiritish mumkin.


Kutilmagan va izohlab bo‘lmaydigan muomalalar, hujjat-larning to‘liqsizligi, ularni rasmiylashtirish va tuzatishga rahbariyatning noroziligi, hamda tekshiruvni tez yakunlash maqsadida mijozning auditorga tazyiq o‘tkazishi, noqulay sharoitlarda ishlash, kutulmaganda tekshiruv muddatini kechiktirish, auditor so‘rovlariga rahbariyatning noto‘g‘ri javob berishi kabi sabablar bo‘yicha auditorlik dalil-isbotlarini olish bilan bog‘liq murakkabliklarni ham ta’kidlash zarur.
Mahsulotlarni sotishga doir kutilmagan vaziyatlar kabi omillarga; kutilmagan muomalalar sodir bo‘lishi (yangi agentlar, yangi oldi-sotdi sharoitlari); mahsulotlarni demping (ingl. «Dumping» – tashlash, ya’ni tashqi bozor uchun kurash, raqobatchilarni sindirish maqsadida tovarlarni tannarxidan past bahoda sotish) baholari bo‘yicha xorijda sotishga jiddiy e’tiborni qaratish zarur. Shtat va biznesni tashkil etish bilan bog‘liq risk omillariga quyidagilarni ham kiritish mumkin: tashkilot faoliyatida sho‘ba korxonalari bilan bo‘ladigan muomalalar katta ulushni tashkil etishi; rahbariyat daromadining korxona faoliyati moliyaviy ko‘rsatkichlariga bog‘liqligi; rahbariyatning ishchan doiralardagi obro‘sizligi; soxta, faoliyat ko‘rsatmaydigan filiallar mavjudligi va sh. o‘.
To‘rtinchi guruh omillar daromadlar va operativ faoliyatning rejalari bilan bog‘liq. Ushbu guruh omillar qo‘yida-gilardan iborat:
sotiladigan mahsulotlar miqdori va sifatining pasayishi;
ishlab-chiqarish jarayonidagi katta o‘zgarishlar;
bir yoki bir necha mahsulotlarni ishlab chiqarish, operatsiyalar, debitor va kreditorlarga haddan tashqari bog‘lig‘lik;
marketing siyosatining samarasizligi, ishlab chiqarish quv-vatlaridan yetarli darajada foydalanmaslik, ishlab chiqarishni rivojlantirish oldiga noreal maqsadlar qo‘yilishi;
eskirgan qurilmalarning sust almashtirilishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash sur’atlarining pasayishi. Ushbu guruhga, izohlab bo‘lmaydigan vaziyatlar masalan schyotlar bo‘yicha kutilmagan qoldiqlar, inventarizatsiya natijalari bo‘yicha kutilmagan tafovutlar, kutilmagan aylanuvchanlik koeffitsenti, bundan tash-qari esa yirik yoki kutilmagan muomalalar, asosan yil oxiriga jiddiy natijalar bilan chiqqan muomalalarni ham kiritish zarur.
Mulklar bilan bog‘liq, beshinchi guruh omillar mulklar qiymatining sezilarli darajada pasayishi va ularning yomon saqlanishi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Oltinchi guruh omillar likvidlik va moliyalashtirish bilan bog‘liq holda vujudga keladi; aylanma mablag‘larning yetishmasligi, qarz mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq muomalalar.
Yettinchi guruhga taalluqli omillar favqulodda zararlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular xarid va sotish shartnomalari, uchinchi shaxslarga berilgan kafolatlar, ijara shartnomalari, xorijlik hamkorlar bilan muomalalar, qandaydir istisno tarzidagi vaziyatlar munosabati bilan vujudga keladi.
Tadbirkorlik riski ham ichki xo‘jalik riskining tarkibiy qismi hisoblanadi. U auditorlik tekshiruvi natijalaridan manfaatdor bo‘lgan mijozlar va boshqa tomonlarning da’vo qo‘zg‘atish; ham korxona ichida, ham butun tarmoqda vujudga kelgan murakkab vaziyatdan kelib chiqib auditorlik faoliyatidan ko‘rilgan zararlar ehtimoli bilan bog‘liq. Tadbirkorlik riskini baholash mezonlari jadvalda keltirilgan.
Yuqorida bayon qilinganlardan tashqari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik omillarni; ijobiy jihatlar, kamchiliklar, imkoniyatlar va noxush xolatlarni, hamda «bozorga ta’sir ko‘rsatuvchi beshta kuch»ni (odatda raqobat, yangi raqobatchilar paydo bo‘lishi, o‘rindosh tovarlar, xaridorlar yoki mol yetkazib beruvchilar yakka hoqimligi) tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega.

Download 27.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling